Reja: I. Kirish >II. Asosiy qism



Yüklə 27,17 Kb.
səhifə2/3
tarix02.02.2023
ölçüsü27,17 Kb.
#122901
1   2   3
Reja I. Kirish II. Asosiy qism

Dengiz floti. 1810-yillarning boshlarida dengiz flotini tuzish ishlarini amalga oshirishga kirishilgan. Anatoliya va Misrning o’zidan yog’ochlar Bulokdagi sanoat uyiga keltirilib kemalarning qismlari tayyorlangan va tuyalarda Suvayshga olib borilib, u yerda yig’ilgan. Yog’ochlar 10 minglab tuyalarda tashilgan va 10 oy ichida 18 ta harbiy kema suvga tushirilgan.
Ta’lim va ilmiy taraqqiyot. Muhammad Alining ijobiy ishlarini bayon etishda uning ilmlar va adbiyotni qayta tiklashga qo’shgan ulkan hissasini aytish lozim. Ilm va irfonni tarqatishda o’z zamonasidagi Yevropa tizimidan foydalanilgan. O’sha davrda Misr markazi bo’lib, al-Azharda barcha mamlakatlardan borib ta’lim olganlar.
1816-yilda Qal’ada injenerlik, 1834-yilda Bulokda muhandislik, 1836-yilda Tillar bilim yurti ta’sis etilgan.
Misr iqtisodiyoti asosan qishloq xo’jaligiga ixtisoslashgani bois Muhammad Ali Misrda uning mohiyatini to’g’ri tushungani uchun barcha diqqat e’tiborini yer egalari va dehqonlarning unga munosabati masalasiga qaratgan.
Muhammad Ali birinchi qadamni 1811-yilda Misrdagi aksariyati mamluklar ixtiyoridagi yerlarni uni ishlatishga qodir dehqonlarga 3-5 feddondan qilib bo’lib berishdan boshladi.
1813-yilda bo’lib berilgan yer egalarining mulki bo’lib, u meros sifatida farzandlariga o’tishi belgilandi.
Bu yerlar quyidagicha edi:
I. Katta bo’laklar
* Jafolik
* Abodiyot
* Al-Avosiy
II. O’rta bo’laklar
III. Xaroj yerlari

Muhammad Ali hukmronligi davrida davlat boshqaruvi


Muhammad Ali davridan boshlab 1837-1842 yillar mobaynida mamlakatning yangi taruxida burjua tabaqasi paydo bo’ldi. Bu holat hokim tuzum, konstitutsiyalar, qonunlar, fikr, din va boshqa jabhalardagi gorizontal taraqqiyotni belgilashda katta rol o’ynadi.
Muhammad Ali davlatning yangi nizomi, markaziy idoraviy va harbiy hukumat boshqaruvini tashkil etdi. Qohirada ta’lim, sog’liqni saqlash, irrigatsiya, qishloq xo’jaligi, savdo va boshqa barcha tashkilotlar bo’ysunadigan ijroiya rahbarligini tuzdi va uni o’zi boshqardi. Mamlakatda mutlaq boshqaruvni amalga oshirish uchun voliy ( keyinchalik u “Xediv devoni” degan nomni olgan, ya’ni, umumiy devon va yana uchta, jami 4 ta devon tuzib, ularga tegishli topshiriqlarni ishlab chiqqan.

Yüklə 27,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin