Reja: Iqtisodiy tahlilning mohiyati 2



Yüklə 24,17 Kb.
səhifə1/3
tarix29.11.2022
ölçüsü24,17 Kb.
#120121
  1   2   3
Iqtisodiy tahlilning asosiy bo‘limlari


  • Mavzu: Iqtisodiy tahlilning asosiy bo‘limlari: moliyaviy hisobot tahlili, investitsion tahlil, qimmatli qog‘ozlar bozoridagi jarayonlar tahlili, moliyaviy hisobotni bashoratlash.


Reja:
1. Iqtisodiy tahlilning mohiyati
2. Iqtisodiy tahlilning turlarga bo’linishi
3. Moliyaviy hisobot tahlili
4. Investitsion tahlil, qimmatli qog‘ozlar bozoridagi jarayonlar tahlili
Xulosa
Adabiyotlar

Iqtisodiy tahlilning mohiyati
Jahonda 2008-yildan so‘ng ro‘y bergan global moliyaviy-iqtisodiy inqirozni ilmiy tadqiq qilish asosida uning boshlanishiga sabab bo‘lgan voqeliklar birma-bir topilib, ularning shakli hamda mazmuni aniqlanib, salbiy hodisaga ko‘rsatgan ta’sirlar o‘rganilmoqda.
Respublikamizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini tezlashtirish innovatsion yangiliklar va uni zudlik bilan amalda qo‘llash asosida bo‘ladi. Natijada mavjud moddiy, mehnat va moliyaviy resurslardan oqilona hamda samarali foydalanilib, turli xildagi yangi, arzon va sifatli mahsulotlar ishlab chiqishga erishiladi. Mahsulotlar divertsifikatsiyasi tufayli bozordagi turli xil ehtiyojlarni qondirishga harakat qilinadi. Shu asosda maqbul foyda hajmiga erishish, moliyaviy holatni yaxshilash, mehnat unumdorligini oshirish kabi ijobiy natijalar qo‘lga kiritiladi hamda korxonalarning raqobatdoshligi ta’minlanadi.
Qayd etib o‘tilgan maqsadga erishish hamda vazifalarni muvaffaqiyatli bajarilishida xo‘jalik mexanizmining bo‘g‘ini bo‘lgan iqtisodiy tahlil muhim vosita bo‘lib ishtirok etadi. Iqtisodiy tahlil iqtisodiy axborot hamda ma’lumotlarini o‘rganib, ularni qayta ishlab korxona faoliyatini ilmiy asosda yo‘lga solib turadi. Biroq iqtisodiy munosabatlarda korxona murakkab tuzilish va faoliyatga ega bo‘lgan obyekt bo‘lganligi uchun u tahlil vositasida kompleks, tizimli, joriy, tezkor, istiqbolli, mavzuga qaratilgan va shu kabi jihatlar asosida o‘rganiladi. Chunki har bir yondashuvning obyektni alohida hamda birgalikda o‘rganishda o‘ziga xos ijobiy tomonlari mavjud. Tahlil uchun tanlab olingan muayyan yondashuv belgilangan maqsad va vazifalariga ko‘ra obyektning aniq, ishonchli, keng ko‘lamda hamda ilmiy asosda tadqiq etib, zarur xulosalarni beradi. Turli yodashuvlar esa o‘zaro biror-bir tahlil turi bajargan ishlarni aynan qaytarib bera olmaydi yoki bu borada jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘yilishi mumkin.
Demak, korxonalar faoliyatini to‘liq va samarali o‘rganish uchun iqtisodiy tahlilni turlarga ajratish hamda har bir tahlil turini to‘liq o‘rganish zarur ekan. Bu bilan iqtisodiy tahlilni analitiklik tavsifi yanada oshadi hamda boshqaruv maqsadlari uchun yetarli ma’lumotlarni yetkazib bera oladi. Iqtisodiy tahlilni turlarga ajratish zarurati zamirida boshqaruv funksiyalari va ularning murakkabligi yotadi.

Yüklə 24,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin