Xulosa O‘z moliyaviy maqsadlarimizga erishishda muqobil usullarni qanday tanlab olishimiz kerak? Bu savolning javobini topishda quyidagi oddiy bir vaziyatga e'tibor beraylik: aytaylik, Sizda faqat birgina maqsad bor. U aniq ifodalangan. Erishish muddati (davri, vaqti) ham aniq. Qancha pul talab qilinishi ham – oldindan ma'lum. Masalan, tanlagan oliy ta'lim dargohida o‘qishingizning birinchi yili haqini to‘lash uchun ikki yildan so‘ng 10,0 mln. so‘m jamg‘armoqchisiz. Bu maqsadga qanday qilib erishish mumkin? Zero, otaonangiz Sizga unchalik ko‘p pul berishmayapti. Katta miqdordagi jamg‘arilmaga esa – shu paytgacha ega bo‘lmagansiz. Agar shunday davom etadigan bo‘lsa, mutlaqo aniqki, Sizda sezilarli jamg‘arilma paydo bo‘lmaydi. Bunday vaziyatda oldingizda qanday muqobil variantlar borligini ko‘ra olasizmi? Mana ularning eng umumiy ko‘rinishlari:
Birinchidan, xarajatlarni qisqartirsa bo‘ladi. Masalan, har oyiga 50,0 ming so‘mdan. Agar ularni jamg‘arilmada to‘plasangiz, bir yildan so‘ng 600,0 ming so‘mga, ikki yildan so‘ng esa – 1 200,0 ming so‘mga ega bo‘lasiz. Bu summa uncha kichik summa bo‘lmasa-da, baribir, Sizga kerak bo‘ladigan summadan ancha kamdir. Buning ustiga, ana shu summaga ega bo‘laman deb, Siz o‘zingizga yoqadigan bir necha “yaxshi” narsalardan voz kechishingizga to‘g‘ri keldi.
Foydalanilgan adabiyotlar 1. «Pul nazariyasi» fani bo'yicha tayyorlangan o'quv-uslubiy majmua. Tuzuv- chilar: M. Yaxshiyeva., A. Adashev. — Т.: TDIU. 2010.
2. Shodmonov Sh.Sh., Yaxshiyeva М. Т., Yusupov R.A. Pul nazariyasi, m a’ruzalar m atni.-T .: TDIU. 2009.
Internet saytlari: 1. www.stat.uz - O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining rasmiy sayti.