Reja: Kirish O‘z moliyaviy maqsadlarimizni qanday aniqlashimiz kerak?


O‘z moliyaviy maqsadlarimizga erishish strategiyasini qanday tanlash kerak?



Yüklə 23,13 Kb.
səhifə5/6
tarix24.11.2023
ölçüsü23,13 Kb.
#134048
1   2   3   4   5   6
5.O‘z moliyaviy maqsadlarimizga erishish strategiyasini qanday tanlash kerak?
Har qanday sohada bo‘lgani kabi shaxsiy moliyada ham mahorat (mohirlik)ning bir necha darajasi bor. Joriy xarajatlarni amalga oshirish uchun o‘z pullarimizdan foydalana olishimiz bu – mahorat (mohirlik)ning birinchi darajasidir. Bu xarajatlar daromadlar chegarasi darajasida qoladi, demakdir. Bunda o‘z pulimizni nimaga aynan sarflashimiz zarurligini bilamiz va byudjetimizni shunga muvofiq yuritamiz. Mahorat (mohirlik)ning ikkinchi darajasi – bu kritik riskdan bizning himoyalanganligimizdir. Bunda biz daromadsiz qolgan paytimizda ham hayotimizning bir necha oyiga yetadigan zahira fondiga ega bo‘lishimiz zarur. Shuningdek, bunda eng muhim aktivlarimiz, masalan, uyjoyimiz, mashinamiz va o‘z sog‘lig‘imiz sug‘urta qilinganlik bilan himoyalangan bo‘lishi kerak. O‘z kapitalimizni ko‘paytirish (orttirish) uchun investitsiya qiladigan bo‘lsak, u holda biz mahorat (mohirlik)ning eng yuqori – uchinchi – darajasiga ega bo‘lgan bo‘lamiz. Bu bizga daromadning yangi manbaini beradiki, u boshqa manbalar tugaganda, bizni qo‘llab-quvvatlaydi. Muvaffaqiyatli investitsiyalashtirish, biz ishlashdan to‘xtaganimizda va pensiyaga chiqqanimizdan so‘ng ham, o‘zimizni xafa qilmaslik uchun yetarli bo‘lgan kapitalni jamg‘arishimizga imkon beradi. Jamg‘arilgan kapitalning bir qismini boshqa maqsadlar, masalan, ota-onamizni qo‘llabquvvatlash va bolalarimizni o‘qitishga ham foydalanishimiz mumkin. Qanday qilib shaxsiy moliyaning mohir “usta”siga yoki “as”iga aylansa bo‘ladi? Buni iloji – unchalik murakkab emas. Shaxsiy moliya “as”iga aylanish uchun, eng avvalo, o‘z daromadlarimizni kapitalning quyidagi turlarini shakllantirishga yo‘naltirishimiz kerak: • Joriy kapitalga; • Zahira kapitalga; • Investitsion kapitalga. Shuningdek, u yoki bu kapital uchun mo‘ljallangan moliyaviy instrumentlarning sir-asrorlariga.
Joriy kapital – barcha insonlarda bor. Bu kishilarning kundalik xarajatlariga sarflayotgan pullaridir. Shuningdek, ular vaqti kelib, yirik sotib olinmalarga ham xarj qilinishi mumkin. O‘z xarajatlarimizni samarali boshqarishimiz uchun biz bank kartalari va bank xizmatlarining boshqa turlaridan ham foydalansak bo‘ladi. Ularni biz 5-bobda muhokama qilamiz. Agar yirik sotib olinmalar to‘g‘risida gap ketadigan bo‘lsa, biz jamg‘arilma qilishimiz yoki pullarni qarzga olishimiz darkor. Buning uchun bizga bank depozit (omonat)lari (3-bob) va kreditlar (4-bob) yordam beradi. Afsuski, ko‘pchilik odamlarda joriy kapitaldan boshqa hech vaqo bo‘lmaydi. Ular hayot kechirish uchun daromadlarining yetarli bo‘lmayotganligidan shikoyat qiladilar. Jamg‘arilma to‘g‘risida esa, faqat va faqat daromadlar oshirilgan taqdirdagina o‘ylab ko‘rish mumkin, deb hisoblaydilar. Lekin daromadlarining oshganligi ularga yordam berolmaydi. Zero, bu bilan bir vaqtning o‘zida, xarajatlar ham oshadi. Shunday qilib, o‘ziga xos bo‘lgan yopiq “doira” yoki “aylana” vujudga keladi. To‘satdan paydo bo‘lgan muammoni (masalan, davolanishga) hal etish pul kerak bo‘ladi, yo belni “mahkam bog‘lash”ga yoki yordam so‘rab do‘stlarga murojjat qilishga to‘g‘ri keladi. Pensiyaga chiqqandan so‘ng esa ular keskin kamaygan daromadlar doirasida yashashga majbur bo‘ladilar. Mahorat (mohirlik) boshqa darajasiga o‘tishning yakka-yuyagona usuli – jamg‘arilma qilishni boshlab yuborish. Mutaxassislar hisob-kitoblarining ko‘rsatishicha, o‘ziga hech qanday zarar (ziyon) yetkazmasdan turib, har qanday inson o‘z daromadining 10%ini jamg‘arib borishi mumkin. Agar byudjet yordamida o‘z xarajatlarimizni nazorat qilaolsak, buning uddasidan chiqish – unchalik murakkab ish emas. Va yana bir qoida: byudjetni rejalashtirishda jamg‘arilmalar, barcha xarajatlardan oldin, birinchi qatordan o‘rin olmog‘i lozim. Jamg‘arilmalar – bular shunday pullarki, ulardan Siz o‘z strategik maqsadlaringizga erishish uchun so‘ng, eng oxirgi navbatda foydalanasiz. Agar Siz ko‘proq miqdordagi (masalan, daromadingizning 20%ini) pullaringizni jamg‘arish imkoniga ega bo‘lsangiz, ishonchingiz komil bo‘lsin: o‘zlagan o‘z maqsadlaringizga tezroq erishasiz.
Ko‘pchilik jamg‘arish (jamg‘arilma qilish) uchun pul yetishmaydi, deb o‘ylashadi. Lekin, “nega”dir shunday xayolga boruvchilar gazlangan suv, tamaki mahsulotlari yoki yaltiroq jurnal uchun har doim pul topa oladilar. “Bular hech narsani hal qilmaydi. Shunday kichik summalar bilan nima ham qilish mumkin?”, - deb hisoblaydilar ham. Qanchalik yoqimli yoki nojiddiy bo‘lishiga qaramasdan, bunday tasdiqqa shaxsiy moliya bo‘yicha ekspertlar sira qo‘shilmaydilar. Ulardan biri, masalan, Devid Bax bestseller bo‘lgan o‘z kitobida 23 yoshli qiz tarixini yozish bilan buni osongina isbotlab bera olgan. O‘sha qiz oylikdan oylikkacha yashaganligi uchun jamg‘arilma qilishga imkoni yo‘q, deb hisoblaydi. Shunda Devid undan tipik kunlik xarajatlarining ro‘yxatini tuzib chiqishni so‘raydi. Unga ko‘ra qiz har kuni 11,0 AQSh dollarini har xil mayda-chuydalarga (bir qultum kofe, sok, shokolad, pirojinoye va b.) sarflayotgan ekan. Shunda Devid qizdan ayrim mayda-chuyda narsalarni iste'mol qilishga chek qo‘yib, kuniga 5,0 AQSh dollarini iqtisod qilishi mumkin yoki mumkin emasligini so‘raydi. Qiz “Albatta, buning iloji bor. Lekin u nima berishi mumkin?”,- deb javob beradi. Shunda Devid oddiygina hisob-kitoblarni amalga oshiradi: kuniga 5,0 AQSh dollaridan iqtisod qilish, bu oyiga 150,0 AQSh dollarini tejab-tergash demakdir. Agar ana summani 40 yil davomida yillik 10%lik stavkada investitsiya qiladigan bo‘lsa, u holda ana shu davrning oxiriga kelib u 1 000 000 AQSh dollarini jamg‘argan bo‘lar edi. Shunday qilib, hech qanday murakkab bir ishni amalga oshirmasdan u pensiyaga chiqadigan muddatga kelib qiz millionerga aylanardi. Kimdir, “Men kofe ichmayman” yoki “Shokolad ham iste'mol qilmayman”, - deyishi mumkin, albatta. Mayli, shunday bo‘laqolsin ham. Lekin har birimizda o‘z-o‘zimizga zarar (ziyon) yetkazmasdan voz kechishimiz mumkin bo‘lgan qandaydir mayda xarajatlarimiz, baribir, bor-ku!? Ana shu pullarni jamg‘arib borib, eng katta maqsadlarga erishishimizni yaqinlashtirishimiz mumkin. Nima desangiz – deng: hayot ob'ektiv realligi shundan iborat. Buning aynan shundayligini o‘zbekona aytilgan quyidagi maqollarimiz ham to‘liq tasdiqlaydi: “Toma-toma – ko‘l bo‘lur” yoki “Qatra-qatra yig‘ilib – daryo bo‘lur”. Axolini extiyojini qisish emas balki daromadlarini oshirish, inflyatsiyadan ximoyalash misollarini keltirish zarur.
Jamg‘arilmalarni, birinchi navbatda, zahira kapitalini shakllantirishga yo‘naltirmoq lozim. Zero, u, eng avvalo, ko‘zda tutilmagan xarajatlarni amalga oshirish zaruriyati vujudga kelganda Sizni qo‘llab-quvvatlashga mo‘ljallangan. Byudjetingizda, qanchalik harakat qilmang, barcha xarajatlaringizni to‘liq ko‘zda tutishning iloji yo‘q. Masalan, do‘stingiz tug‘ilgan kunini nishonlashga taklif qildi – sovg‘a sotib olish kerak; mashinangizning qaysidir bir detali ishdan chiqdi – avtoservisga kirib o‘tmasa, bo‘lmaydi... Bularning barchasi ishingizni yo‘qotganingiz yoki kasal bo‘lganingiz bilan taqqoslanganda – hali “holva”. Bunday ko‘lamdagi muammolarni hal qilish uchun ancha katta miqdordagi mablag‘lar talab qilinishi mumkin. Shuning uchun ham ekspertlar zahira fondining hajmini aholi har oylik daromadlarining 3 oydan 6 oygacha miqdorida bo‘lib turishini tavsiya etadilar. Bunday miqdordagi mablag‘lar aynan Siz ishlab topolmaydigan vaqtdagi xarajatlaringizni qoplashga yetadi.
Sizda zahira kapitali bo‘lsa, o‘zingizni eng muhim risklardan himoyalangandek his etasiz. So‘ng esa, endi investitsion kapitalni shakllantirish to‘g‘risida o‘ylasangiz ham bo‘ladi. Investitsiyalashtirishdan maqsad – qo‘shimcha daromad keltirgan holda o‘z pulingizni (aniqrog‘i – jamg‘arilmalaringizni) Sizning foydangizga ishlashga majbur qilishdir. Investitsiyalashtirish uchun ob'ektlar to‘plami esa – nihoyatda ko‘p. Bular qatoriga bank depozitlari, ko‘chmas mulk, qimmatli metallar, biznesdagi hissa, qimmatli qog‘ozlar va yana boshqa ko‘plab narsalarni kiritish mumkin. Biroq, esingizdan chiqmasin – investitsiyalashtirish bilan risklar doimo bir-birining hamrohidir. O‘z moliyaviy rejangizda kapitalning yuqoridagi uch turi mavjud bo‘lganidan so‘ng (mayli amalda emas – qog‘ozda bo‘lsa ham), endi aniq bir maqsadga erishishning strategiyasi to‘g‘risida o‘ylaversangiz ham bo‘laveradi. Ularning ayrimlari (masalan, ust-bosh sotib olish) qisqa muddatni talab qiladi. Bularni joriy kapital doirasida hal qilishingiz mumkin. Ulkan (ulug‘vor) maqsadlarni amalga oshirish uchun esa – katta miqdordagi mablag‘lar taqozo etiladi. Mablag‘larni faqat ishlab topishning o‘zi bu yerda yetarli emas. Ularni mos keladigan moliyaviy instrumentlardan foydalangan holda to‘g‘ri taqsimlash va asrash ham kerak. Biroq, eng muhimi – Sizning irodangiz, qat'iyatli ekanligingiz, o‘z tartib-intizomingiz va hisobkitob qilishingiz bo‘lib, ular shaxsiy moliyada muvaffaqiyat qozonishingizga, albatta, yordam beradi.


Yüklə 23,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin