REJA: KIRISH 1. UNNING XALQ XO’JALIGIDAGI AHAMIYATI. 2. UN ISHLAB CHIQARISH TEXNALOGIYASI. 3. UNLARNING KIMYOVIY TARKIBI VA OZUQAVIY QIYMATI. 4. UNLAR ASSARTIMENTINING TAVSIFI. 5.UNLARNING SIFAT EKSPERTIZASI VA UNLARNI SAQLASHDA BO’LADIGAN NUQSONLAR. 6. XULOSA VA TAKLIFLAR 7. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
KIRISH “G‘allani yetishtirish va sotishda bozor tamoyilini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi .Qarorga ko‘ra, 2022-yil hosilidan sug‘oriladigan maydonlarning har gektaridan o‘rtacha 2,5 tonnadan jami 2 550 ming tonna bug‘doyning:
1 783,5 ming tonnasi tovar bug‘doy davlat resursi sifatida hamda 266,5 ming tonnasi urug‘lik uchun Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan xarid qilinadi;
500 ming tonnasi fermer xo‘jaliklari hamda boshqa g‘alla yetishtiruvchilar tomonidan keyinchalik birja savdolarida sotish uchun Jamg‘armaning tijorat vakilida vaqtinchalik saqlashga qabul qilinadi.
2022-yil hosili uchun bug‘doy yetishtiruvchilardan tijorat vakilida vaqtinchalik saqlash uchun qabul qilingan tovar bug‘doy 2022-yilning iyul—avgust oylarida birja savdolari orqali sotiladi.
Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan xarid qilingan va bug‘doy yetishtiruvchilardan vaqtinchalik saqlash uchun qabul qilingan:
3 va undan yuqori sinflardagi bug‘doy – birjadan xarid qilingan bug‘doyning 75 foizidan kam bo‘lmagan miqdordagi unni birja savdolari orqali sotish majburiyatini olgan, un ishlab chiqarish quvvatlariga ega tadbirkorlarga;
4- va 5-sinflardagi bug‘doy – barcha tadbirkorlarga Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan grafik asosida birja savdolari orqali hech qanday cheklovlarsiz sotiladi.
Olis, borish qiyin bo‘lgan va tog‘li hududlarga un va un mahsulotlarini yetkazib berish bo‘yicha transport xarajatlarining 50 foizigacha qismi qoplab beriladi.