taqsimlash va nazorat funksiyalarini bajarishini e’tirof etishadi.
Iqtisodiy subyektlarning asosiy maqsadi foyda olish hisoblanadi. Foyda markazlashtirilmagan pul fondlarining asosiy moliyaviy manbai hisoblanadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida mulkchilik
ning ko‘p ukladli shakllarini paydo bo‘lishi va bozor iqtisodiyotining amal
qilishi to‘liq iqtisodiy mustaqillikni ta’minlovchi demokratik tizimni shakllantirishni obyektiv zarur qilib qo‘yadi.
Bunday sharoitda iqtisodiy subyektlar faoliyatining moliyaviy natijalari, ya’ni tadbirkorlik foydasini taqsimlash ular tomonidan qabul
qilinadigan moliyaviy qarorlarga
bog‘liqdir.
Taqsim-
lash
Nazorat
Moliyaning mohiyati uning funktsiyalari orqali namoyon bo’ladi. Moliya quyidagi ikki funktsiyani bajaradi:
Moliyaning taqsimlash funktsiyasi MDni taqsimlashda, “asosiy yoki birlamchi daromadlar” deb nom olganlarni yaratish (tashkil etish) sodir bo’lganda namoyon bo’ladi. Ularning yig’indisi MDga tengdir. Asosiy daromadlar MDni moddiy ishlab chiqarish ishtirokchilari o’rtasida taqsimlash jarayonida shakllanadi. Ular ikki guruhga bo’linadi:
moddiy ishlab chiqarish sohasida band bo’lgan ishchi va xizmatchilarning ish haqi, fermer va h.k.larning daromadlari;
moddiy ishlab chiqarish sohasidagi korxonalarning daromadlari.
xo’jalik yurituvchi subyektlar daromadlari va jamg’armalaridan eng samarali va oqilona foydalanish maqsadida mablag’larni tarmoqlararo va hududiy qayta taqsimlash bilan;
ishlab chiqarish sohasi bilan bir qatorda noishlab chiqarish sohasining (maorif, sog’liqni saqlash, ijtimoiy sug’urta va ijtimoiy ta’minot, boshqaruv va h.k.) ham mavjudligi bilan;
aholining turli ijtimoiy qatlamlari o’rtasida daromadlarni qayta taqsimlash bilan.
Biroq, bunda birlamchi daromadlar milliy xo’jalik ustuvor tarmoqlarini rivojlantirish, mamlakat mudofaa qudratini ta’minlash, aholining moddiy va madaniy ehtiyojlarini qondirish uchun ijtimoiy pul fondlarining shakllanishini ta’minlay olmaydi. Buning uchun quyidagilar bilan bog’langan holda MDni yanada taqsimlash va qayta taqsimlash zarur:
Moliyaning taqsimlash funktsiyasi yordamida davlat faqatgina MDni qayta taqsimlashga emas, balki ishlab chiqarishga, kapitalning jamg’arilishiga, iste’mol sohasiga ham o’z ta’sirini ko’rsatadi. Shu ma’noda, moliya iqtisodiyotning davlat va xususiy sektorlarini, ishlab chiqarish va sotsial infrastrukturani, ilmiy-texnika taraqqiyotini va h.k.larni rivojlantirishda hal qiluvchi rolni o’ynaydi.
Umuman, moliyaning taqsimlash funktsiyasi:
xo’jalik sub’ektlari, aholi, davlat va mahalliy o’z-o’zini boshqarish organlari darajasida maqsadli pul mablag’lari fondlarini shakllantirishga;
xo’jalik ichida, tarmoq ichida, tarmoqlararo, hududlararo, shuningdek ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalari, aholi ijtimoiy guruhlari o’rtasida qayta taqsimlashni sodir etishga;
xo’jalik subyekti va davlat darajasida zahiralar yaratishga, fuqarolar tomonidan jamg’arishni amalga oshirishga imkoniyat va shart-sharoit yaratib beradi.
Moliya nazorat funktsiyasining asosini moliyaviy resurslarning harakati tashkil etadi. Ana shu harakatning xarkteridan kelib chiqqan holda jamiyat pul mablag’larini taqsimlashda qanday proportsiyalarning (nisbatlarning) vujudga kelayotganligi, xo’jalik yurituvchi subyektlar ixtiyoriga moliyaviy resurslarning o’z vaqtida kelib tushishi qanday ta’minlanayotganligi xususida ma’lumotga ega bo’lishi kerak. Agar moliyaning nazorat funktsiyasi amaliyotda amalga oshirilmasa, moliya taqsimlash funktsiyasining samaradorligini baholashning ham iloji yo’qki, bu narsa yuqoridagi har ikki funktsiya koordinatsiya qilinishining zarurligi to’g’risida darak berayotir.
Bozor munosabatlariga o’tish sharoitida moliyaning nazorat funktsiyasi ijtimoiy va xususiy ishlab chiqarishning dinamik rivojlanishini ta’minlashga, ilmiy-texnika taraqqiyotini jadallashtirishga, milliy xo’jalikning barcha bo’g’inlarida ish sifatini uzluksiz yaxshilashga yo’naltirilgan. U ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalarini to’liq qamrab oladi. Iqtisodiy rag’batlantirishni oshirish, moddiy, mehnat, moliyaviy resurslar va tabiiy boyliklardan oqilona va tejamkor foydalanish, noishlab chiqarish xarajatlari va yo’qotmalarni qisqartirish, xo’jasizlik va isrofgarchilikning oldini olish moliya nazorat funktsiyasining maqsadlaridandir.
Moliyaning funktsiyalari moliya mexanizmi orqali amalga oshiriladi.
Bozor islohotlarini chuqurlashtirish sharoitida sifat jihatidan yangi bo’lgan moliya mexanizmi qo’laniladi. Bu, eng avvalo, xo’jalik yurituvchi subyektlar va aholining byudjet tizimi, nobyudjet fondlari, mulkiy va shaxsiy sug’urta organlari va boshqalar bilan bo’lgan o’zaro munosabatlarga tegishlidir.
Bu mexanizm milliy xo’jalikdagi moliyaviy munosabatlar tashkiliy shakllarining majmuini, markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan pul mablag’-lari fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini, moliyaviy rejalashtirish metodlarini, moliya va moliya tizimini boshqarish shakllarini, moliyaviy qonunchilikni o’z ichiga oladi.
Takror ishlab chiqarish jarayonining har bir ishtirokchisi o’ziga tegishli bo’lgan daromadni quyidagi ikki qismga bo’ladi:
iste’mol fondi;
jamg’arish fondi.
Lekin bu bosqichga qadar taqsimlash jarayoniga davlat aralashib, soliqlar, qarzlar, sug’urta to’lovlari (badallari) kabi iqtisodiy instrumentlardan foydalangan holda individual va jamoa daromadlaridan o’zining hissasini (o’ziga tegishli bo’lgan qismni) ajratib oladi.
Qayd etish joizki, daromadlar qancha qismini olishning “ostonasi”ni aniqlashda jamiyat ishtirok etadi. U jamo-atchilik tashkilotlari, partiyalar va shunga o’xshashlar orqali, qonunchilik va ijroiya hokimiyatini shakllantirish yo’li bilan davlat faoliyatining chegarasini aniqlashga harakat qiladi. O’z navbatida, davlat ham o’zining harakat doirasini (sohasini) kengaytirishga harakat qiladi. Uning funktsiyalari qancha keng bo’lsa, jamiyat a’zolari daromadlarining shuncha katta summalariga davlat da’vo-garlik qiladi. Shu munosabat bilan iste’mol proportsiyalari (nisbatlari) ham o’zgaradi.
1.
2.
Malikov T.S. Moliya. O’quv qo’llanma. – T.: “Iqtisod-moliya”, 2018 y. – 266 b.
Malikov Т.S., Sherov А.B. Moliya. Elektron o’quv qo’llanma. 2019.
3.
4.
Борщевский Г.А. “Государственно-частное партнерство:учебник и практикум для бакалавриата и магистратуры” – М.: «Юрайт», 2018.
Elmirzaev S. Korporativ moliya. O’quv qo’llanma / O’zRO va O’MTV TMI. –T: “Iqtisod-moliya”, 2015. 272 bet.
5.
6.
Nurmuxamedova B.I. Davlat byudjeti. Darslik. – T.: “IQTISOD-MOLIYa”, 2018. – 630 b.
Fozilchaev Sh.Q., Xidirov N.G’. Moliyaviy risklar nazariyasi. O’q’uv qo’llanma . –Т.: “IQTISOD-MOLIYA”, 2019. -240 b.
Tavsiya etiladigan adabiyotlar ro’yhati
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!!! Fikr-mulohazalar uchun quyidagi elektron manzilga murojaat qilishingiz mumkin. ismailovank1275@gmail.com