Reja: Tilshunoslik fani, uning vazifalari


FONETIKA VA FONOLOGIYA; NUTQ APPARATI; ONA TILINING UNLI TOVUSHLAR TIZIMI



Yüklə 38,56 Kb.
səhifə2/8
tarix15.12.2022
ölçüsü38,56 Kb.
#121125
1   2   3   4   5   6   7   8
Til ijtimoiy, doim o`zgarib,rivojlanib turuvchi hodisadir

FONETIKA VA FONOLOGIYA; NUTQ APPARATI; ONA TILINING UNLI TOVUSHLAR TIZIMI
 
REJA:
1.Fonetika haqida ma'lumot.
2.Nutq a’zolari, nutq apparati.
3.Artikulyatsiya haqida ma'lumot.
4.Tilning fonetik vositalari.
5.Nutq tovushlarining tasnifi
6. Unli tovushlar va ularning tasnifi haqida ma'lumot.
7. Ayrim unli tovushlar tavsifi haqida ma'lumot
8.Undosh tovushlar va ularning xususiyatlari.
9. Hosil bo‘lish o‘rniga ko‘ra undosh tovushlar tasnifi.
10. Hosil bo‘lish usuliga ko‘ra undosh tovushlar tasnifi.
11. Ovoz va shovqinning ishtirokiga ko‘ra undosh tovushlar tasnifi.
12. Undosh tovushlar tavsifi
 
Fonetika trilshunoslikning bir bo‘limi bo‘lib, unda nutq tovushlari, ularning hosil bo‘lishi, turlari, o‘zgarishi, so‘z ma’nolarini farqlashdagi roli, shuningdek, urg‘u, intonatsiya(ohang) nutqning fonetik bo‘linishi kabi masalalar o‘rganiladi.
Fonetika ham o‘rganish obyektining hajmiga ko‘ra ikki turga bo‘linadi:
1. Umumiy fonetikada dunyodagi barcha tillarning tovush tomoni va u bilan bog`liq hodisalarni o`rganadi. Bularga barcha tillarda unli va undosh tovushlarning mavjudligi, nutq apparati, tovush o`zgarishlari kabilar kiradi.  
2. Xususiy fonetikada muayyan bir tilning fonetik xususiyatlari o`rganiladi. Masalan, o`zbek tili fonetikasi, turkman tili fonetikasi, ingliz tili fonetikasi kabi. Fonetikaning bu  turi tilning fonetik tomonini qay tarzda o`rgashiga qarab ikki turga bo`linadi: 1) tavsifiy fonetikada muayyan tilning fonetik tizimi tarixiy jarayon va dalillarga bog`lanmagan holda o`rganiladi. 2) tarixiy fonetikada ma’lum bir tilning fonetik tizimi til tarixi bilan bog`liq tarzda o`rganiladi.
3. Qiyosiy fonetikada bir-biriga yaqin tillarning fonetik xususiyatlari qiyoslab o`rganiladi. Masalan, o`zbek va rus tillarini qiyoslab o`rganish maktablarda shu tillarni o`qitishning metodik muammolarini hal qilishda yordam beradi.

Yüklə 38,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin