Releli himoya o’rnatmalarini hisoblash



Yüklə 35,71 Kb.
səhifə2/8
tarix11.11.2023
ölçüsü35,71 Kb.
#131794
1   2   3   4   5   6   7   8
1. Tugun sxema bo’yicha ta’minlangan o`zgaruvchan tokdagi ikki yo’lli uchastkaning tortuvchi nimstansiyalarida va seksiyalash postida kontakt tarmog’ining fiderlarini himoyalash
O`zgaruvchan tok fiderlari ish rejimlarining hususiyatlari bo’lib, odatda yuklama maksimal toklarining qisqa tutashuv minimal toklari bilan birgalikda o`lchanishi hisoblanadi. Chunki bu hollarda maksimal tokli himoya selektiv ishlashni ta’minlay olmaydi. Shu sababli kontakt tarmog`i fiderlarini himoyalash uchun distansion himoyalar qo`llanadi. Bu himoyaning ishlab ketishi himoya o`rnatilgan joydagi kuchlanish bilan oqib o’tayotgan tok qiymatining nisbatiga hamda kuchlanish va tok orasidagi siljish burchagiga bog`liq.

Tortuvchi nimstansiyalar va seksiyalash postlarining kontakt tarmog`i fiderlarida elektr ta`minot ishonchliligini oshirish uchun bir martalik avtomatik qayta ulash (AQU) qo`llanadi.


Hozirgi vaqtda o`zgaruvchan tokda elektrlashtirilgan temir yo`llarda kontakt tarmog`i fiderlarining elektron himoyasi qo`llanadi. Kontakt tarmog`i fiderlarining elektron himoyasi teleblokirovka bilan to`ldirilishi mumkin. O`zgaruvchan kontakt tarmog`i fiderlarining elektron himoyasi ikki turda tayyorlanadi: UEZFT – tortuvchi nimstansiyada qo`llash uchun va UEZFP – seksiyalash postida qo`llash uchun. Ularda o`lchash va ishga tushirish organi sifatida “Seyma“ seriyasidagi namunaviy yarim o’tkazgichli elementlar qo`llanadi.
Kurs ishining topshirig’i ana shu to’plamlarning o’rnatmalarini aniqlash hisoblanadi. Buning uchun avvalo, ushbu to’plamlarda qo’llanadigan himoya turlarini ko’rib chiqamiz.
2. O`zgaruvchan tok tortuvchi nimstansiyasi fiderining himoya to’plami
O`zgaruvchan tok tortuvchi nimstansiya fiderining himoyasi ikki pog’onali bo’lib, uning struktura sxemasi 2-rasmda keltirilgan.

Himoyaningbirinchipog`onasiyo’naltirilmagandistansionhimoyaДС1 (датчиксопротивления) bo`lib, qisqatutashuvvaqtida “nimstansiya-seksiyalashposti” zonasining 80-85% qismini (teleblokirovkabo`lsa, 50 % qismini) kutishvaqtisizuzadi. Birinchipog`onaningtavsifi – radiusibirinchipog`onaningishlabketishqarshiligigatengvamarkaziqarshiliklarkomplekstekisligikoordinatasiningboshidajoylashganaylanahisoblanadi.


Qo`shni yo`lda qisqa tutashuv sodir bo`lganda kuchlanishning sezilarli pasayishidan himoyaning birinchi pog`onasi yolg`on ishlab ketmasligi uchun, ДС1 datchigini tok datchigi rejimiga avtomatik o’tkazish ko’zda tutilgan. Bu hollarda, ya’ni kuchlanish transformatoridan kelayotgan kuchlanishning sezilarli pasayganda ДС1 sxemadagi tok stabillashgan kuchlanish Ust orqali aniqlanadi, shuning uchun ДС1 tok datchigiga aylanadi.

2-rasm
Himoyaning birinchi pog`onasi 30-60 ms hususiy ishlab ketish vaqtiga ega bo`lgani uchun, katta toklar kuzatiladigan qisqa tutashuvni o’chirishga ketadigan vaqtni kamaytirish maqsadida qo`shimcha ravishda hususiy ishlab ketish vaqti 5-10 ms ga teng tezlashgan tokli uzish (УТО – ускореннаятоковаяотсечка, TTU) qo`llangan.

Himoyaning ikkinchi pog`onasi qo`shni nimstansiyaning shinalarigacha bo`lgan zonani himoyalaydi va 0,4-0,5 sekund kutish vaqtiga ega yo’naltirilgan distansion himoya hisoblanadi.
Bu pog`onada radiusi ikkinchi pog`onaning ishlab ketish qarshiligiga teng bo`lgan aylana tavsifli to`la qarshilik datchigi ДС2 va burchakning berilgan diapazonda (45 95) ikkinchi pog`onaning ishlab ketishini ta`minlovchi faza organiФТН qo`llanadi. Shunday qilib, ikkinchi pog`onaning tavsifi markazi koordinataningboshida bo`lgan sektor ko’rinishida bo’ladi.
Nimstansiyadagi kontakt tarmog’i fideri elektron himoyasining umumiy tavsifi birinchi va ikkinchi pog`onalarning tavsiflarini ustma-ustlash yo`li bilan olinadi va “qulf teshigi” ko’rinishida bo’ladi.
Struktura sxemada “ИЛИ”mantiqiy elementi “1” soni bilan belgilanadi va uning mantiqiy formulasi quyidagi ko’rinishga ega: Y=x1 V x 2 Vx3,
bunda V – diz’yunksiya – “ИЛИ”mantiqiy funksiyaning belgilanishi.
“И“ mantiqiy element & simvol bilan belgilanadi va uning mantiqiy formulasi quyidagicha bo’ladi:
Y=x1 Λ x 2 Λx3,
bu yerda Λ – kon’yunksiya – “И“ mantiqiy funksiyaning belgilanishi.
Kutish vaqti elementi (vaqt relesi) “D1” simvol bilan belgilanadi va uning mantiqiy formulasi quyidagicha:
Y=D1,
bunda D1– signalning chiqishini ti vaqtga kechiktirish operatori.
Tortuvchi nimstansiya fideri elektron himoyasining ishlashi quyidagicha ifodalananishi mumkin:
Y=(ДС1 V УТО V ДС1 ( U↓)) V ((ДС2 Λ ФТН) D1), (1)
bu yerda Y – nimstansiya federining uzgichini o’chirish uchun chiqish signali.



Yüklə 35,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin