O`t o`chirishning dastlabki vositalari endi boshlanayotgan yong`inlarni o`chirish uchun ishlatiladi. Ular binoning ichida yoki kiraverishida, omborlar yonida, qizil rangga bo`yalgan maxsus taxta shitlariga osib qo`yiladi. Bu vositalarga o`t o`chirish uchun ishlatiladigan asboblar (bolta, belkurak, misrang, changak, chelak), asbest matosi yoki texnik kigiz, bochkada suv, yashikda qum va o`t o`chiruvchi (ko`pikli, karbonat angidridli va kukunli) asboblar, shu bilan birga o`t o`chirishning ichki vodoprovod tizimi ham kiradi.
GOST 12.1.004-85(90) MXSM «Yong`in xavfsizligi. Umumiy talablar»ga binoan barcha ishlab chiqarish xonalari va omborlar dastlabki o`t o`chirish vositalari bilan ta`minlanishi kerak.
Dostları ilə paylaş: |