Respublika bo‘yicha yong‘inlar sodir bo‘lishi va ularda ko‘riladigan zararlar to‘g‘risida statistik ma’lumotlar tahlili Reja


impulsiga ko`ra issiqlik, tutun, yorug`lik, aralash va ultratovush xabarlagichlariga



Yüklə 1,12 Mb.
səhifə20/20
tarix07.02.2022
ölçüsü1,12 Mb.
#114272
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
YONG\'IN

impulsiga ko`ra issiqlik, tutun, yorug`lik, aralash va ultratovush xabarlagichlariga bo`linadi.

АТИМ turidagi issiqlik xabarlagichlari issiqqa sezgir asboblardir (12.14 – rasm). Bu asbob plastina ko`rinishida bo`lib, u qiziganda deformatsiyalanadi, natijada xabarlagichning nazorat toki tutashadi.

Yorug`lik hisobiagichlari (CИ – 1) ochiq alanga nurlanishini sezadi (12.15 – rasm). Ushbu xabarlagich­larning ishlashi yonayotgan jismlarning o`zidan infraqizil va ultrabinafsharang nurlar chiqarish xossasiga asoslagan. Aralash xabarlagichIar (KИ – 1) issiqlik va tutun xabarlagichlari vazifasini bir o`zi boshqaradi (12.16 – rasm). Ular issiqlik xabarlagichi uchun zarur bo`lgan elеktr sxemasi elementlarini qo`shgan holda tutun xabarlagichlari asosida yaratilgan bo`lib, ular 100 m2 maydonni nazorat qilib tura oladi.

O‘zbekistonda 2019-yilning 10 oyi mobaynida sodir bo‘lgan 9384 ta yong‘inda 88 kishi halok bo‘ldi. O‘zbekiston Yong‘in xavfsizligi xizmati xodimlari tomonidan 2019-yilning o‘tgan 10 oyi davomida o‘tkazilgan profilaktik ishlari natijasida 15 586 ta bino va inshootlarda yong‘in kelib chiqish xavfi oldi olingan. Sodir bo‘lgan yong‘inlarni o‘chirish vaqtida ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida 35 nafar kishi qutqarilgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Yong‘in xavfsizligi bosh boshqarmasi xabar berdi.

Xabar berilishicha, ko‘rilgan choralar natijasida 1 271 bosh uy hayvoni, 123 xil texnika, 289 milliard so‘mdan ziyod bino va inshootlar va 95 milliard so‘mdan ortiq moddiy boyliklar saqlab qolingan.

2019-yilning o‘tgan 10 oyi davomida sodir bo‘lgan yong‘inlar 2018-yilning mos davriga nisbatan 345 taga, yong‘inlarda insonlarning halok bo‘lishi 10 taga va tan jarohati olishi 56 taga kamaygan. Lekin olib borilayotgan ishlarga qaramasdan 2019-yilning mazkur davri davomida respublika hududida jami 9 384 ta yong‘in qayd etilib, ushbu yong‘inlarda 88 kishi halok bo‘lgan va 240 kishi tan jarohati olgan.

Jami sodir bo‘lgan yong‘inlarning 69,3 foizi aholi yashash joylarida, 9,5 foizi tadbirkorga tegishli obyektlarida, 5,3 foizi transport vositalarida va 1,3 foizi davlat tasarrufidagi obyektlarda yuzaga kelgan. Yong‘inlarning 38,9 foizi ochiq olovdan ehtiyotsizlik bilan foydalanish, 30,1 foizi elektr uskunalaridan foydalanish qoidalarining buzilishi, 11,1 foizi isitish pechlarining nosozligi yoki ulardan noto‘g‘ri foydalanish, 9,9 foizi bolalarning sho‘xligi va 4 foizi transport vositalaridan foydalanish va tuzilishi qoidalarining buzilishidan sodir bo‘lgan.

2017-yil iyun oyidan beri O'zbekistonda haftaning har chorshanbasi yong'in profilaktikasi kuni sifatida o'tkazib kelinmoqda. 2017-yili respublikada 12507 ta yong'in kuzatilgan bo'lsa, unda 141 nafar inson halok bo'lgan. 2018-yilda kuzatilgan yong'inlar va uning profilaktikasiga bag'ishlangan tadbirlarning natijasi bo'yicha tahliliy ma'lumotlarni e'tiboringizga havola qilamiz.

Profilaktik tadbirlar natijasida 2018-yilning o'tgan 5 oyi davomida jami 4144 ta yong'in sodir bo'lgan. O'tgan yilning mos davriga nisbatan ushbu ko'rsatkich 175 taga kamaygan. Kuzatilgan yong'inlarda esa 71 nafar kishi halok bo'lib, 2017 yilga nisbatan 21 nafarga kamaygan. 156 nafar shaxs yong'inlarda tan jarohati olgan. Aytish joiz, ushbu ko'rsatkichning 61 nafarga kamayishiga erishilgan.

O'tgan hafta davomida esa respublikada jami 181 ta yong'in qayd etildi. Unda 2 nafar fuqaro kuyish tan jarohati olgan.

Yong'inlarning 128 tasi yashash uylarida, 17 tasi tadbirkorlik sub'ektlarida, 3 tasi davlat tasarrufidagi ob'ektlarda, 12 tasi avtomobillarda va 4 tasi boshqa ob'ektlarda sodir bo'lgan. Shuningdek, 17 tasi ochiq maydonlardagi holatlar bilan bog'liqdir.

Yashash uylarida sodir bo'lgan yong'inlarning 128 tasi ya'ni 71 foizi ushbu uylardagi yordamchi va ho'jalik bino hamda xonalarda sodir bo'lganligini alohida ta'kidlab o'tish zarur. Shuningdek, o'tgan xafta Toshkent shahrida sodir bo'lgan 15 ta yong'inlarning 6 tasi ya'ni 40 foizi yashash uylarida yuz bergan.

Statistik ma'lumotlar respublika bo'yicha sodir bo'lgan yong'inlarning ko'p qismi fuqarolarning xavfsizlik choralariga e'tiborsizligi oqibatida kelib chiqqanini ko'rsatmoqda.

Nizom «Yong`in xavfsizligi to`g`risida»gi O`zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq davlat yong`in nazorati organlari va mansabdor shaxslarining ro`yxatini, ularning vazifalari, huquq va majburiyatlarini belgilaydi. Davlat yong`in nazorati davlat va xo`jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari, tashkilotlar, ularning mansabdor shaxslari, shuningdek, fuqarolar tomonidan yong`in xavfsizligi talablariga rioya qilinishini tekshirish va tekshiruv natijalari bo`yicha chora-tadbirlar ko`rish maqsadida amalga oshiriladi.

Ushbu Nizomda qo`llaniladigan asosiy tushunchalar

Yong`in xavfsizligi talablariga rioya qilinishini tekshirish — davlat va xo`jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari, tashkilotlar, ularning mansabdor shaxslari, shuningdek, fuqarolarning yong`in xavfsizligi talablarini bajarishlari yuzasidan davlat yong`in nazorati organlari tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladigan nazorat shakli va aniqlangan qoida buzishlarni bartaraf etish va (yoki) ularning oldini olish choralarini ko`rish Yozma ko`rsatma — yong`in nazorati bo`yicha davlat inspektorining yong`in xavfsizligi talablari buzilishini bartaraf etish, shu jumladan qurilayotgan korxonalar va ob’ektlarning, shuningdek tovarlarni ishlab chiqarish (ishlarni bajarish, xizmatlar ko`rsatish)da yong`in xavfsizligini ta’minlash bo`yicha tadbirlarning belgilangan muddatlarda tegishli mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo`lgan yozma farmoyishi;

ob’ekt — yuridik yoki jismoniy shaxsning mulkiy kompleksi (yoki uning bir qismi), shu jumladan ular uchun yong`in xavfsizligi talablari belgilangan binolar, inshootlar, transport vositalari, texnologik qurilmalar, asbob-uskuna, agregatlar, buyumlar va boshqa mol-mulk;

Tadbirkorlik sub’ektiga tegishli bo`lgan ob’ektning yong`in-profilaktik ko`rigi — keyinchalik tadbirkorlik sub’ektiga yong`in kelib chiqishi kuchayishining (tarqalishining) oldini olishga qaratilgan yozma tavsiyalar berish uchun ob’ektning yong`in xavfsizligi talablariga muvofiqligini aniqlash maqsadida o`tkaziladigan tadbir Davlat yong`in xavfsizligi xizmati davlat yong`in nazorati organlarining faoliyatiga metodik rahbarlik qilishni, uni muvofiqlashtirish va nazorat qilishni ta’minlaydi.

Davlat yong`in nazorati organlari faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish tartibi O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. Davlat yong`in nazorati organlari va ularning mansabdor shaxslari nazorat bo`yicha funksiyalarni amalga oshirishda yong`in xavfsizligini ta’minlash bo`yicha talablar mavjud bo`lgan qonunlarga va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga hamda normativ hujjatlarga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladilar Davlat yong`in nazorati organlari belgilangan namunadagi o`z nomi yozilgan muhrlar, shtamplar va blankalarga ega bo`ladilar. Davlat yong`in nazorati organlarining tizimi

O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Yong`in xavfsizligi bosh boshqarmasi (keyingi o`rinlarda — Yong`in xavfsizligi bosh boshqarmasi deb ataladi);

Qoraqalpog`iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari, Yong`in xavfsizligi bosh boshqarmasiga bevosita bo`ysunuvchi yong`in xavfsizligi boshqarmalari (keyingi o`rinlarda — yong`in xavfsizligi boshqarmalari deb ataladi) o`ta muhim davlat ahamiyatiga molik yoki yong`in va portlash xavfi yuqori bo`lgan ob’ektlardagi yong`in xavfsizligi boshqarmalariga bevosita bo`ysunuvchi yong`in xavfsizligi bo`limlari (bo`linmalar, guruhlar, alohida postlar); Davlat yong`in nazorati organlarining asosiy vazifalari

Konun hujjatlarida belgilangan tartibda yong`inlar va yong`in xavfsizligi talablari buzilishiga oid ishlar yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o`tkazish;

qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yong`inlarni va ularning oqibatlarini hisobga olish, shuningdek yong`inlarga doir axborotlarni to`plash hamda o`zaro almashish ishlarini olib borish;

davlat va xo`jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari, boshqa tashkilotlar va fuqarolar bilan yong`in xavfsizligini ta’minlash masalalari bo`yicha hamkorlikni amalga oshirish;

barcha turdagi yong`indan saqlash xizmati bo`linmalarining yong`inlarni o`chirishga shayligi holati va yong`inlar profilaktikasi o`tkazilishiga doir ishlarning bajarilishi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish;

yong`in xavfsizligi sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etish;

Kurilish uchun maydonlar (trassalar) tanlash (ajratish) komissiyalari, shuningdek qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan ob’ektlarni va yong`inga qarshi himoya tizimlarini qabul qilib olish komissiyalari tarkibida ishtirok etish;

yong`in xavfsizligi sohasidagi texnik reglamentlar, standartlar, normalar, qoidalar va boshqa normativ hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etish;

tashkilotlarning xodimlariga, sug`urtalangan shaxslarga, maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarga va boshqa ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan shaxslarga yong`in xavfsizligi chora-tadbirlarini qo`llashni o`rgatish sifati va tashkil etilishini nazorat qilish;

yong`in xavfsizligi sohasidagi ishlarni bajarish va xizmatlar ko`rsatish sifatininazorat qilish;

fuqarolar va tashkilotlarning yong`in xavfsizligini ta’minlash masalalari bo`yicha murojaatlarini ko`rib chiqish.

Davlat yong`in nazorati organlari mansabdor shaxslarining huquq va majburiyatlari

O`z vakolatlari doirasida tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan yong`in xavfsizligi talablariga rioya qilinishi bo`yicha nazoratni amalga oshirish, yong`in nazorati bo`yicha yuqori davlat inspektorlari tomonidan nazorat amalga oshiriladigan tashkilotlar va mansabdor shaxslar bundan mustasno;

yong`in xavfsizligi talablariga rioya etilishini nazorat qilish hamda ularning buzilishiga yo`l qo`ymaslik maqsadida tashkilotlar va boshqa ob’ektlarning hududlarida, binolarida, inshootlarida, xonalarida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tekshiruvlar o`tkazish;

tashkilotlardan yong`in xavfsizligi holatini tavsiflovchi hujjatlarni, yong`inlar to`g`risidagi ma’lumotlarni, yong`in chiqish xavfi bo`lgan materiallar va mahsulotlar haqidagi texnik hujjatlarni (agarda ular tekshiruvga aloqador bo`lsa) so`rab olish;

yong`in kelib chiqishiga, tarqalishiga olib keluvchi yoki uni bartaraf etishni qiyinlashtiruvchi va (yoki) odamlarning xavfsizligiga tahdid soluvchi yong`in xavfsizligi talablarining buzilishi aniqlangan hollarda, agar ular bino (inshoot)ning yoki umuman ishlab chiqarishning ishini to`xtatishga olib kelmasa, ishlab chiqarish uchastkalarining ishini, alohida xonalardan, asbob-uskunalardan va boshqa agregatlardan foydalanishni, ayrim yong`in xavfiga qarshi ishlarni olib borishni belgilangan tartibda qisman yoki butunlay to`xtatib qo`yish. Nazarda tutilgan chora-tadbir faqat yong`in xavfsizligi talablariga rioya qilinishi bo`yicha o`tkaziladigan tekshirishlarda qo`llaniladi;

Tadbirkorlik sub’ektlariga tegishli ob’ektlarni, inshootlarni qurish, mukammal ta’mirlash, rekonstruksiya qilish, kengaytirish, texnik jihozlash davrida yong`in xavfsizligi talablariga rioya qilinishini o`rganish maqsadida yong`in-profilaktika ko`rigidan o`tkazish, ularga yong`inlar kelib chiqishi va kuchayishi (tarqalishi)ning oldini olishga qaratilgan tavsiyalar berish;

xususiy mulk egalari (ular yo`qligida — voyaga etgan oila a’zolari) yoki yollovchilar (ijarachilar)ning roziligi bilan ularga tegishli bo`lgan yashash xonalarini yoki boshqa xo`jalik qurilmalarining yong`inga qarshi holatini tekshirish va ko`rikdan o`tkazish; istalgan vaqtda ma’muriyat vakillari yoki ob’ektlarning mas’ul shaxslari bilan birgalikda tungi vaqtda odamlar ommaviy bo`ladigan ob’ektlarda navbatchi xodimlar yong`in sodir bo`lganda harakat qilishga tayyorgarliklari, evakuasiya yo`llarining holatini hamda yong`in signalizasiyasi va yong`in haqida odamlarga xabar beradigan moslamalarning sozligini aniqlash bo`yicha yong`in-profilaktika ko`riklari o`tkazish.

Davlat yong`inni nazorat qilish respublika Ichki ishlar Vazirligining yong`indan muhofaza qilish Bosh boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi. Davlat yong`inni nazorat qilish organlari zimmasiga yong`indan muhofaza qilishga oid qoidalar, qo`llanmalar ishlab chiqish va nashr qilish, yong`inni oldini olishga oid qoida va me'yorlar, tadbirlarning hamma korxonalar, hamda aloxida shaxslar tomonidan bajarilishini nazorat qilish, loyihalash, qurish



vaqtida yong`inni oldini olishga oid talablarning bajarilishini tekshirish (xulosalar berish), o`t o`chiruvchi bo`linmalarning ishga shay turishini hamda o`t o`chirish vositalarining benuqsonligini tekshirish vazifalari yuklanadi.

Davlat yong`inni nazorat qilish organlari yong`inni oldini olishga oid qoida, me'yor va ko`rsatmalarining buzilishiga aybdor bo`lgan mas'ul shaxslarni ma'muriy yoki jinoiy javobgarlikka tortish, yong`in xavfi tug`ilganda ob'ektdagi ishlarni qisman yoki butunlay to`xtatib qo`yish huquqiga ega. Shaharlar va shahar tipidagi qishloq yong`in muhofazasi, shuningdek, o`zlarida o`t o`chiruvchi qismlar bo`lmagan korxonalarda, yangi qurilishlarda, turar joy va jamoat binolarida yong`inni oldini olish nazoratini amalga oshiradi. Elektr yong`in xabar bergichlar yangi qurilayotgan, qayta qurilayotgan va mavjud sanoat, ishloq xo`jaligi bino va inshootlariga o`rnatiladi. Ularning asosiy qismlari: xabar bergichlar yong`in xabar bergich stansiyasi, elektr toki bilan ta'minlash tuzilmasi va aloqa chizig`i bo`ladi. Yong`indan xabar bergichlar issiqlik (tashqi muhit haroratini ko`tarilishini sezuvchi); tutunli (yonayotgan mahsulotlarning tutunini sezuvchi); yorug`lik (alanganing yorug`lik nurini sezuvchi); kombinasiya qilingan (issiqlik va tutunni sezuvchi); ultratovushli (yonishdagi ultratovush maydonining o`zgarishini sezuvchi) va boshqalar bo`ladi.
Yüklə 1,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin