Rivojlantirish



Yüklə 300,46 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/2
tarix14.05.2023
ölçüsü300,46 Kb.
#126935
1   2
1.2-тема маруза матни

Pedagogik kreativlik. Pedagogning an‟anaviy pedagogik fikrlashdan farqli 
ravishda ta‟lim va tarbiya jarayonini samaradorligini ta‟minlashga xizmat qiluvchi 
yangi g„oyalarni yaratish, shuningdek, mavjud pedagogik muammolarni ijobiy hal 
qilishga bо„lgan tayyorgarligini tavsiflovchi qobiliyati.
Pedagoglarda kreativ faoliyatni tashkil etishga imkon beradigan 
malakalar guruhlari:
1) bilishga oid (gnostik) malakalar;
2) loyihalash malakalari;
3) ijodiy-amaliy (konstruktiv) malakalar;
4) tadqiqotchilik malakalari;
5) muloqotga kiruvchanlik (kommunikativ) malakalari;



6) tashkilotchilik malakalari;
7) izchillikni ta‟minlovchi (protsesssual) malakalar;
8) texnik-texnologik malakalar.

2. Ona tili darslarini tashkil etishda о„qituvchi krеativligini 
oshiruvchi omillar. 
Kreativ sifatlarni rivojlantirish yo„llari. Quyida mazkur yo„llarning mohiyati 
xususida so„z yuritiladi.
1-yo„l: kreativ fikrlash ko„nikmasini shakllantirish. Bunda asosiy urg„u 
kreativ fikrlash ko„nikmalarini shakllantirish asosiy e‟tibor markazida bo„lib, 
o„quvchilar fe‟llar yordamida kreativ xarakterdagi harakatlarning mohiyatini 
ifodalashga yo„naltiriladi. Xususan, o„qituvchilar kreativ fikrlash ko„nikmasini 
samarali shakllantirish maqsadida o„quvchilarga ularni fikrlashga undovchi 
savollar tarkibida zarur fe‟llarning bo„lishiga e‟tibor qaratiladi.
Nazorat savollarini berishda o„quvchilarni fikrlashga undovchi so„z 
(fe‟l)lardan foydalanish ularning kreativ fikrlashlarini osonlashtiradi. Shu sababli 
shaxsda kreativ sifatlarni shakllantirishning birinchi yo„liga ko„ra pedagoglar turli, 
antiqa, noan‟anaviy hamda puxta javobni berishga majbur qiluvchi so„z 
(fe‟l)lardan foyalanishlari maqsadga muvofiqdir.
Masalan: “bog„liqlikni toping”, “yarating”, “bashorat qiling”, “fikrni 
mantiqan bayon eting”, “tasavvur qiling” kabi so„z (fe‟l)lardan foydalanish amaliy 
jihatdan samarali sanaladi.
Boshlang„ich sinflarda o„qituvchi ona tili darslarida o„quvchilardan “so„z 
turkumlarining ta‟rifini aytish”ni talab qilish o„rniga, “so„z turkumlari o„rtasidagi 
bog„liqlikni ta‟riflab berish”ni so„rasa o„quvchilar ham mavjud bilimlarni 
umumlashtirish, ham yangi fikr va g„oyalarni ilgari surish imkoniyatiga ega 
bo„ladi.
2-yo„l: amaliy kreativ harakat ko„nikmalarini rivojlantirish. O„qituvchilar 
o„quvchilarda kreativ harakat ko„nikmalarini shakllantirish va rivojlantirishda 



ko„rsatmali metod va usullardan foydalanadi. Bu o„rinda savollardan foydalanish 
faqat qisqa muddatda yordam berishi mumkin, biroq, o„quvchilarda interfaollik va 
kirishimlilikni rivojlantirmaydi.
3-yo„l: kreativ faoliyat jarayonlarni tashkil etish. Mazkur yo„l o„quvchilarni 
muammoni yechish va innovatsion g„oyalarni ilgari surish jarayonida kreativ
ijodiy fikrlashga urg„u beradi. Mazkur jarayonlarda kreativ metod va usullar faol 
qo„llanilmasa-da, kreativ fikrlash yuz beradi. Topshiriqni bajarar ekan, o„quvchilar 
til hodisasi bilan bog„liq turli muammolarni tahlil qiladi. Natijada ushbu jarayonda 
ko„p tomonlama fikrlash, mushohada yuritish ro„y beradi.
4-yo„l: kreativ mahsulot (ishlanma)lardan foydalanish. Bu yo„lni tutishda 
o„qituvchi o„quvchilarga masalan, “Ot so„z turkumining xususiyatlari” mavzusida
taqdimot yaratish topshirig„ini berishi mumkin. Taqdimotni tayyorlash jarayonida 
o„quvchilarda kreativ fikrlash ko„nikmalari faol rivojlanadi. O„quvchilar 
o„zlarining kreativ fikrlash qobiliyatlarini qulay muhitda to„la namoyon qilishlari 
mumkin. Agar o„quvchilarda muvaffaqiyatsizlikka uchrash qo„rquv hissi mavjud 
bo„lsa, fikrni noto„g„ri ifodalashdan hadiksirasalar, tanqidga uchrasalar bunday 
vaziyatda ularda kreativ fikrlash ko„nikmalarini samarali shakllantirish yoki 
rivojlantirish mumkin bo„lmaydi. O„quvchilarda kreativlikni odatga aylantirish 
orqaligina kreativ fikrlash ko„nikmasini muvaffaqiyatli shakllantirish mumkin. 
О„quvchilarni kreativ fikrlashga о„rgatish, ularda kreativ tafakkurni 
shakllantira olish uchun avvalo о„qituvchining о„zi kreativ, ijodkor shaxs bо„lishi 
zarur. Bordi-yu, uning о„zi kreativlik sifatlariga ega bо„lmasa, u holda qanday 
qilib, о„quvchilarni kreativ fikrlashga rag„batlantira oladi. Chiqariladigan yagona 
xulosa quyidagicha: о„qituvchining о„zi kreativ, ijodkor bо„lsagina, о„quvchilar 
ham shunday bо„la oladi. О„qituvchining ijodkor va kreativ bо„lishi yoki 
bо„lmasligi emas, balki darslarni ijodkorlik, kreativlik ruhida tashkil etishi, yangi 
g„oyalarni ta‟lim jarayonida sinab kо„rishga intilishi zarur. Mashg„ulotlarda 
о„qituvchi “kreativlik yо„l xaritasi”ga kо„ra quyidagi tо„rtta yо„nalish bо„yicha 
harakatlanadi va ulardagi harakatlar pedagoglarning kreativligini ifodalovchi 
belgilar sanaladi:



1) ijodiy fikrlash kо„nikmalarini namoyon etish;
2) о„quvchilarni о„quv fanlarini qiziqish bilan о„zlashtirishga
rag„batlantiruvchi strategiya (metod va vositalar)dan foydalana olish;
3) innovatsion yondashuv va pedagogik masala (muammo)larning
yechimini topishga kreativ yondashish;
4) kutiladigan natija.
Pedagogning kreativlik potensiali uning umumiy xususiyati sifatida aks 
etadi. U ijodiy faoliyatning dastlabki sharti va natijasi sanaladi. Mazkur sifat 
shaxsning о„z-о„zini namoyon qilish layoqatiga egalikni va tayyorlikni ifodalaydi. 
Qolaversa, kreativ potensial negizida har bir mutaxassisning shaxsiy qobiliyatlari, 
tabiiy va ijtimoiy quvvati yaxlit holda namoyon bо„ladi. Kreativ potensial bilish 
jarayoniga yо„naltirilgan ijodkorlik bilan chambarchas bog„liq.
 
Nazorat uchun savollar: 
1. Kreativlik deganda nimani tushunasiz? 
2. Ona tili darslarida oqituvchining kreativligi nimada namoyon bo„ladi? 

Yüklə 300,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin