«Sabotul-ojizin»ning Siz azizlarga taqdim qilinayotgan ushbu nusxasi O‘zR FASHI fondida saqlanayotgan, turli davrlarda ko‘chirilgan 94 ta qo‘lyozma, 61 ta toshbosma va shaxsiy kutubxonalarda mavjud matnlarni o‘zaro qiyoslash natijasida tayyorlandi. Muqoyasa jarayonida matn tarixi yaxlit kontekstual, paleografik, xronologik, biografik va geografik aspektda atroflicha o‘rganildi. Tadqiqotga jalb etilgan 150 dan ortiq nusxaning umumiy va farqli jihatlari matnshunoslik nuqtai nazaridan izchil tekshirildi va 25 ta (15 ta ko‘lyozma, 10 ta toshbosma) nusxa qiyosiy taxlil ob’yekti sifatida tanlandi. Uzluksiz murojaat uchun saralangan bu manbalar muayyan prinsipial xususiyatlariga ko‘ra uch qismga ajratildi:

Qismlar:
1.A - asos nusxa (3 ta); 2.B - tayanch nusxa (8 ta); 3.V - yordamchi nusxa (14 ta).
Mazkur nusxalarninghar biri o‘z guruhida bitta yetakchi nusxa atrofida markazlashdi. Ma’lumki, ko‘p nusxali matn ustida ishlash, ayniqsa, uning ilmiy-tanqidiy matnini tayyorlash butun «injiqlik»lari bilan o‘ta nozikva mas’uliyatli, to‘xtovsiz aniqlik va intizom talab etuvchi «zahmatyalari bilan o‘ta mashaqqatli, ammo sermahsul mehnatdir. Mehnatimizni samarali qilgan Zotga shukrlar bo‘lsinki, bugun «Sabotul-ojizinyaning imkon qadar asliyatga yaqin, ilmiy izohlar bilan ta’minlangan ishonchli matni yuzaga keldi. Shak yo‘kki, har qanday ishda Yaratuvchidan bo‘lak hech kim mukammallik da’vosini qilolmaydi.