Jumladan, Fozil shoirning «Qahatchilik», «CHigirtka» kabi termalari shunday
asarlardandir. Ularda kambag`al dehqonning og`ir ahvoli, turmush qiyinchiligi real
aks ettiriladi.
Istiqlol o`zbek fol`klorshunosligining jahoniy miqyosga intilishida keng
yo`l ochib berdi. Milliy hurlik baxsh etgan ijod erkinligi tufayli xalq og`zaki ijodi
namunalarini uzoq ajdodlarimizning tarixi, turmush tarzi, ibtidoiy, diniy va
e`tiqodiy qarashlari bilan bog`liq holda o`rganish imkoniyatlari tug`ildi. Natijada
ilgari sho`ro mafkurasi taqiqi tufayli nashr etilmagan ―SHoh Mashrab qissasi‖
(1991), ―Ibrohim Adham qissasi‖(1991), ―Hazrati Ali haqida qissalar‖ (1992),
―Abu Muslim jangnomasi‖ (1992) va ―Bobo Ravshan‖ (1992) singari diniy-
axloqiy xarakterdagi xalq kitoblari keng jamoatchilik hukmiga etkazildi.
SHo`ro mafkurasi qatag`on qilgan Navro`z qayta tiklandi. SHu munosabat
bilan har yili Respublika miqyosida ulkan xalq sayllari o`tkazish an`anaga aylanib
bormoqda. Bunda xalq etnografik dastalari faol qatnashmoqda. SHu ommaviy
harakat tufayli juda ko`p unutilib borayotgan an`anaviy xalq ijodi namunalari, urf-
odatlari qayta tiklanib, xalqimiz mentalitetini ifoda etuvchi milliy qadriyatlar
sifatida e`zozlana boshlandi. Bu jihatdan, ayniqsa, har yili bahorda Boysunda
o`tkaziladigan ―Boysun bahori‖ ko`rik-tanlovi, xalq baxshilari ko`riklari, Jizzax
viloyatining Forish tumanida o`tkaziladigan ―O`zbek xalq o`yinlari‖ va Termizda
o`tkaziladigan ―Alpomish o`yinlari‖ tadbirlari ayricha ahamiyat kasb etmoqda.
SHunisi quvonchliki, ―Boysun bahori‖ HNESKO qarori bilan xalqaro festival
maqomini oldi va nodir ma`naviy yodgorlik sifatida ro`yxatga olindi.
SHuningdek, YUNESKO qarori bilan 1999 yilda o`zbek xalqining
qahramonlik eposi ―Alpomish‖ yaratilganligining 1000 va xalqimiz mifologik
tafakkurining nodir durdonasi ―Avesto‖ yaratilganligining 2700 yilliklari o`zbek
fol`klorshunosligi taraqqiyotida ayricha ahamiyatga ega bo`lib, jahon miqyosida
o`zbek fol`kloriga qiziqishni kuchaytirdi.
Xullas, XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asrning boshlari – o`zbek
fol`klori taraqkiyotida alohida bir bosqichni tashkil etadi. Bu davrda yaratilgan
og`zaki ijod namunalarida davrning muhim ijtimoiy – siyosiy voqealarini kuylash,
xalq ommasining sinfiy va siyosiy ongi hksala borishini ko`rsatishga intilish,
ozodlik harakatlarini tasvirlash muhim o`rin tutadi.
Dostları ilə paylaş: