Samarqand davlat universiteti pedagogika kafedrasi


I.V.Mudrikning fikricha psixologik va ijtimoiy psixologik mexanizmlarga quyidagilarni kiritsa bo’ladi



Yüklə 1,17 Mb.
səhifə60/96
tarix23.09.2023
ölçüsü1,17 Mb.
#129297
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   96
2587 (1)

I.V.Mudrikning fikricha psixologik va ijtimoiy psixologik mexanizmlarga quyidagilarni kiritsa bo’ladi:

imprinting (xotirada saqlab qolish)-insonga ta’sir qiladigan hayotiy muhim obyektlarni eslab qolishi. Bu mexanizm odatda go’daklik davrida ko’p qo’llaniladi. Biroq keyingi yosh davrlarida ham imprintingni kuzatishimiz mumkin.
eksiztensial bosim mexanizmi-tilni o’zlashtirish va munosabatga kirishganda kerak bo’ladigan ijtimoiy xulq-atvor normalariga anglamagan holda ega bo’lish.
taqlid-biror bir namunaga o’xshashga harakat qilish. Bu holat insonning ijtimoiy tajriba to’plashining ixtiyoriy va asosan ixtiyorsiz yo’llaridan biridir.
refleksiya mexanizmi-ichki suhbat. Unda inson jamiyatning turli institutlari, oila, tengdoshlar jamoasi, obro’-e’tiborli shaxslarga xos xususiyatlarga baho beradi, ularni ko’rib chiqadi yoki inkor etadi. Refleksiya insonning turli “men” obrazlari orasidagi real va hayoliy shaxslarning ichki suhbatidir. Bu mexanizm yordamida insonning shakllanishi ro’y beradi.
Bundan tashqari ijtimoiylashuvning
1) ijtimoiy pedagogik mexanizmlariga quyidagilarni ham kiritsa bo’ladi: ijtimoiylashuvning an’anaviy mexanizmi inson tomonidan oila, atrof-muhit, qo’shnilar, o’rtoqlariga xos norma, qarash steriotiplarini o’zlashtirishni ko’zda tutadi. Bu o’zlashtirish ongsiz holatda amalga oshib taassurotlar yordamida sodir bo’ladi.
2)institutsional mexanizm insonning jamiyat institutlari va turli tashkilotlari bilan o’zaro munosabati jarayonida kuzatiladi. Bu jarayonda inson turli bilim va tajribalarni to’plashi mumkin.
Ijtimoiy pedagogika predmeti sa`natdan shaxsga ta`sir etadigan g`oyaviy-emostional vositalar kompleksidan keng foydalanish bilan farq qilib turadi. Ijtimoiy pedagogika O`zbekistonda ham, dunyodagi boshqa mamlakatlarda ham ozroq va chuqur an`analarga ega. Shunga qaramay sovet davrida ijtimoiy pedagogik yutuqlari e`tiborga olinmadi. Bunday  muammolarni shaxsga, hamkorlik an`analariga, rahm–shavqatga, milliy an`analarga befarq bo`lish holatlari bilan izohlash mumkin. Bu ijtimoiy tarbiya sohasi mutaxassislari oldida turgan vazifalarni murakkalashtirib yuboradi. Shuning uchun ham ijtimoiy pedagogikani rivojlantirish va mazkur yo`nalishda mutaxassislar tayyorlash muhim ahamiyat kasb etadi. Mana shuning uchun ham ijtimoiy pedagogika yangi soha sifatida faqat ijtimoiy-pedagogik mutaxassislar davlat va jamoat organlari boshqarmalarinigina emas, balki mutaxassislar tayyorlaydigan tizimni, shuningdek ijtimoiy– pedagogik faoliyatining ilmiy-tadqiqot bazasini ham o`z ichiga oladi. Ijtimoiy pedagogika yaqin kelajakda o`qituvchi yoki tibbiy xodim singari ommaviy kasbga aylanadi, chunki ayrim olamning ijtimoiy kasalligini oldini olish va ma`naviy –axloqiy o`gishini davolash «ijtimoiy epidemiya»ga qarshi kurashga nisbatan ancha osondir.
Ijtimoiy pedagogikani fan sifatidagi xususiyatlarini anglash uchun uning
tadqiqot ob`ekti xususiyatlarini o`rganmoq lozim. Shu sabab fanda tadqiqot obe`kti
va predmeti tushunchasi mavjud. Ijtimoiy pedagogikaning tadqiqot ob`ekti va
predmetini tahlil qilishdan avval ijtimoiy pedagogika terminining o`ziga ahamiyat
bermoq kerak. Bu termin ijtimoy va pedagogika so`zlaridan tashkil topib ularni
ma`nosini o`zida jamlayadi. Bu birlik fanda differentsatsiya va integratsiya
hodisalari bilan birgalikda namoyon biladi. Yangi bilimlarning o`sishi ilmiy fikrlarni real hayotga tatbiq etilishi, yangi mualimmlarni yuzaga kelishi jamiyatni ilmga
ehtiyojini yuzaga keltirish darajasi fanning differentsnatsiyasi va maxsuslashtirish
tendentsiyasi kozatiladi. Chunonchi asosiy fan mustaqil rivojlanuvchi xususiy
tarmoqlarga ajratiladi. Shuningdek, bir qator muammolarni hal qilishda to`plam nuqtai nazardan bir ob`ektni o`rganuvchi mustaqil fan birligini ozida namoyon
qiluvchi integratsiya hodisa kuzatiladi. Masalan: pedagogikani boshqa fanlar bilan alokasida tadqiqotning mustaqil ob`ektlari alohida kozatiladi: falsafa bilan
birgalikda ta`lim falsafa psixologiya bilan oz aro munosabatda psixolo-pedagogika, siyosatshunoslik bilan birlikda. Bunday misollarni ko`plab keltirish
mumkin. Pedagogikada keyingi vaqtda differentsiya hodisasi yetarli darajada kuchaydi. Pedagogikaning mustaqil fan sifatidagi tarmoqlari maktabgacha pedagogika, maxsus pedagogika, professional pedagogika rivojlanib, takomillashib
bormoqda. Ijtimoiy pedagogika shular jumlasidandir. Ijtimoiy pedagogikaning tadqiqot ob`ekti pedagogika o`rganadigan jarayon va voqelik bo`lib, u masalani muayyan o`ziga xos aspektda ko`radi. Uning oziga xosligi esa «ijtimoiy» degan sizda ifodalangan. Ijtimoiy pedagogikaning ob`ekti insonning ijtimoiylashuv jarayonidir. Xalqning boy merosi, pedagogikasidan, fan, 
madaniyat, jamiyat yutuqlaridan foydalanib, ijtimoiy pedagogika oz nazariyasini,
metodi va texnologiyasini ishlab chiqadi. Ijtimoiy pedagogiki davlat va jamiyat
institutlarining ma`naviy ma`rifiy markazlari faoliyati sohasidir, bu yerda yana qadriyatlar san`ati shakllantiruvchi va birlashtirib turuvchi faoliyat jamlanadi.
«Ijtimoiy» tushunchasida odamlarning birga yashashi bilan bogliq jarayonlar
ifodalangan, ammo ularning muloqoti va o`zaro aloqalari turli shakllarda boladi.
Demak, pedagogika o`sib kelayotgan avlod tarbiyasi va ta`limi to`g`risidagi fanbo`lib, ijtimoiy pedagogika esa jamiyat a`zosini tarbiyalash va unga ta`lim berish
to`g`risidagi fandir. Ijtimoiy pedagogika jarayon va hodisalarni ma`lum spetsifik aspektda o`rganadi. Pedagogik bilimlarnin bu yang tarmog`i spetsifikasi «ijtimoiy» so`zida namoyon bo`ladi. «Umuminsoniy tushuncha insonlar hayotiy faoliyati, ularning o`zaro muloqat» formalari bilgan narsa-hodisalarni o`zida jamlaydi. Shunday qilib, pedagogika yosh o`sib kelayotgan avlodni tarbiyalovchi va ta`lim beruvchi fan asoslari ijtimoiy pedagogika ta`lim-tarbiya jarayonida bolaning jamiyat hayotiga kiritishni ta`minlaydigan aspektn tadqiq etadi. Insonni atrofdagi muhit bilan o`zaro aloqasiga ta`siri asosida rivojlanishini uning ijtimoiylashish jarayoni deb ta`kidlash mumkin. Zero, ijtimoiy norma -madaniyat qadr-qimmatlar egallashi lozim shuningdek bu jamiyatda insonni o`z qobiliyatlarini realizatsiya qilinish, nazorat qilish ijtimoiy ijtimoiy tajribani egallash (bilimlar qadr-qimmat xulq-atvor qoidalari jarayoni ijtimoiy hodisa deb nomlanadi. Bolani ijtimoiylashtirish murakkab va davomli hodisadir. Bir tomondan har qanday jamiyat o`zining rivojlanish etapida ma`lum ijtimoiy, ma`naviy kadr- qimmat, iz ini titishi, axloqiy qonun qoidalar, normalar ishlab chiqadi. Jamiyat bir avlod shu jamiyatdagi qonun-qoidalarni egallab uning teng huquqli a`zosi sifatida yashab, faoliyat ko`rsatishni ko`zda tutadi. Buning uchun jamiyat ta`lim-tarbiya normasi orqali shaxsga ta`sir ko`rsatadi. Ikkinchi tomondan, atrofdagi olamda sodir etilayotgan
turli hodisalar uning shakllanishga ta`sirini ko`rsatmay qolmaydi. Jamiyat o`zaro
munosabatda bilgan o`zaro harakatlanadigan xilma-xil ijtimoiy institutlarni izida
namoyon qiladi. Shular orqali bola tomonidan ijtimoiy normalarni egallash
jarayoni amalga oshadi. Bulardan ba`zilari bolani rivojlanishi va ijtimoiy
shakllanishiga ta`sir kursatadi, boshqalari esa uning shaxsiy sifatlarini shakllanishiga ijobiy ta`sir ko`rsatadi. Bunday ijtimoiy institutlar qatoriga
oila,ta`lim, madaniyat va din kiradi. O`z qobiliyatini inson tomonidan jamiyatda ko`plab quyidagi jarayonlarda amalga oshadi;
A) Insonni jamiyat bilan stixiyali izaro munosabatda va uning hayotiy
jabshalariga stixiyali ta`lim jarayonida.
B) Insonlarni u yoki bu kategoriyasiga davlat tomonidan pedagogika nimani o`rgatadi. Ijtimoiy pedagogika insonlarning butun egalayotganayotgan davom etayotga amalga oshiradigan ijtimoiy tarbiyani tadkik ta`sir kirsatish jarayonida.
V) Inson rivojlanishi, uni tarbiyalash uchun qulay shart—sharoitlar yaratish.
G) Inson oz ini tarbiyalashi va rivojlantirish jarayonida.
Shunday qilib, rivojlanish insonni shakllanish jarayoni, ijtimoiylashtirish- 
konkret ijtimoiy sharoitlar asosida rivojlantirishdir. Inson tarbiyasi asosan oilada amalga oshiriladi. Bu holatda biz oilaviy pedagogic ob`ekti bilgan oilaviy xususiy tarbiyalarida mulohoza yuritamiz. Tarbiyalash diniy idoralar orqali amalga oshadi. Bunda confessional tarbiyaga duch kelamiz. Tarbiyalash davlat va jamiyat tomonidan shu maqsadida tashkilotlar orqali yuzaga keladi. Bu ijtimoiy pedagogika tadqiqot ob`ekti bilgan ijtimoiy tarbiyalash jarayoni xususida fikrlaymiz. Ijtimoiy tarbiyalash siyosatshunoslik, ijtimoiy: jarayonining tarkibiy qismi hisoblanadi. Ijtimoiy pedagogika matnda uni ijtimoiylashtirish bilan borish oldida o`rganadi ya`ni, planeta, mamlakat maktablardagi inson tarbiyasiga ijtimoiy omillar ta`sir etish ishlab chiqarish tarbiyasida oila, ommaviy axborot vositalar, atrofda odamlar bilan muloqot ornini kurib chiqadi.

Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin