12-MAVZU. Ijtimoiy pedagogikada “me'yor” va “me'yordan og`ish” tushunchasi
REJA:
Me'yor va me'yordan og‘ish: tushuncha va tavsif.
Me'yordan og‘ish turlari.
Chekinish (og‘ish) nazariyasi.
Tayanch tushunchalari: Norma, normadan orqada qolish, ijtimoiy burilishlar, psixik kommunikatsiya, immunizatsiya, xulq-atvor.
Har qanday jamiyatda, u jamiyat qaysi rivojlanish bosqichida bo’lishidan qat’iy nazar, doimiy e’tiborga muhtoj odamlar bor. Bular o’z jismoniy, ruhiy va ijtimoiy rivojlanishida chetga chiqish, og’ish bor bo’lgan odamlardir. Bunaqa odamlar doim bir guruh bo’lib ajralishgan, jamiyat va davlatda ularga nisbatan alohida munosabat shakllangan. Zamonaviy AQSH va Yevropa davlatlarida u yoki bu og’ishlarga ega jamiyatga integratsiyalashuvi konsepsiyasi amalga oshirilmoqda. U konsepsiyaga ko’ra bu odamlar ham jamiyatning teng huquqli biroq ba’zi bir muammo yoki cheklangan imkoniyatlarga ega a’zosi sifatida ko’riladi. Hozirda cheklangan imkoniyatli shaxslar soni butun dunyoda shu jumladan, O’zbekistonda ham ortib borayotgani sababli, bu muammo yanada jiddiylashmoqda. Shuning uchun bunaqa odamlar avvalambor bolalarning ko’payishini rejali ijtimoiy hal qilishni talab qiluvchi doimiy omil sifatida qarash lozim. Tibbiyot, psixologiya, sotsiologiyada “norma”ning o’z ko’rsatgichlari, o’z me’yorlari mavjud. Normaga mos kelmaydigan jihatni-“og’ish”, “chetga chiqish” deyishadi. Ijtimoiy pedagogika uchun “norma” va “normadan og’ish” tushunchalari nihoyatda ahamiyatlidir. Ular bola xulq-atvori va rivojlanish jarayonini xarakterlash uchun qo’llanadi. Og’ish ham ijobiy ham salbiy xarakterga ega bo’lishi mumkin. Masalan, bola rivojlanishida aqliy qoloqlik ham, qobiliyatlilik ham normadan og’ish hisoblanadi. Xulq-atvordagi jinoyatchilik, aroqxo’rlik, giyohvandlik va boshqa salbiy og’ishlar ham shaxsning ijtimoiy shakllanish jarayoniga ham jamiyat rivojlanishiga ham salbiy ta’sir ko’rsatadi.
Me'yor va me'yorlardan chekinish(og`ish) tushunchasi
Me'yor tushunchasi tibbiyot, psixologiya, pedagogika va sotsiologiya fanlarida keng qo`llaniladi. Unga aniq bir ta'rif berish juda qiyin. Masalan bitta tibbiyotning o`zidagina me'yor tushunchasiga 200dan ortiq ta'rif berilgan. Umumiy holda me'yor- bu ob`ektiv voqelikni belgilovchi ideal bilim, real voqealikni tavsiflovchi o`rtacha statistik ko`rsatkichdir. Tibbiyotda, psixologiyada, sotsiologiyada me'yorlarning o`z tasnifi, parametrlar, ko`rsatkichlari mavjud. Belgilangan,jamiyat tomonidan qabul qilingan va tan olingan me'yorlarga mos kelmaslik jarayoni ikkinchi bir tushuncha-chekinish yoki og`ish bilan belgilanadi. Ijtimoiy pedagogika “me'yor”hamda “me'yorlardan chekinish” masalalari muhim ahamiyat kasb etadi. Ular bolalarning ijtimoiy xulqi va rivojlanish jarayoninini tavsiflashda yordam beradi. Chekinishlar asosan, negativ va pozitiv xarakterga ega.
Negativ chekinishlarga aqli zayiflik, shuningdek, narkomaniya, alkogolizim, jinoyatchilik singani insoning ijtimoiylashuviga, umuman jamiyatga salbiy ta'sir ko`rsatadigan xarakterlar kiradi.
Dostları ilə paylaş: |