Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə165/170
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#139763
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   170
Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N

Institusionalizm
- lotincha «urf-odat», «muassasa», «ko„rsatma», ya‟ni 
ayrim institutlar (oila, davlat, monopoliya, kasaba uyushmasi) ijtimoiy 
taraqqiyotning asosi deb qabul qilgan nazariya.XX asrning 20-30-yillarida 
AQShda keng tarqaldi. T.Veblen (1857-1920), J.R.Kommons (1862-1945), 
U.K.Mitchell (1874-1948), J.Gobson (1858-1940) va boshqalar bu nazariyaning 
20-30-yillardagi vakillaridir, keyingilari yesa Klark, Berli, G.Minz (50-yillar), 
Lou, Myurdal, Gelbreyt, Xeylbroner (60-yillar va hozirgi davr) obektiv iqtisodiy 
qonunlarning mavjudligini inkor yetadilar. 
Buyuk depressiya - 1929-1933 yy. va hatto 1940 yilgacha AQSh va jahondagi 
yirik iqtisodiy inqiroz, ishlab chiqarish 50% kamaygan, ishsizlik 25% oshgan (17 
mln.). 
Keyns Jon Meynard 
(1883-1946) - ingliz iqtisodchisi, keynschilikning 
asoschisi, 1929-1933 yillarda Buyuk inqirozni tahlil yetib, jamoat ishlab chiqarish 
jarayonining uzluksizligini ta‟minlash maqsadida davlatni kapitalistik 
iqtisodiyotni boshqarishiga asoslangan nazariyasini yaratdi. Milliy daromad, 
kapital mablag„, ish bilan bandlik, iste‟mol, jamg„arish va boshqa iqtisodiy 
miqdorlarning tahliliga alohida ye‟tibor berdi. «Boshqariladigan kapitalizm»ning 
tarafdori bo„ldi, turli yo„nalishlari mavjud. A.Marshallning do„sti, marksizmning 


255 
ashaddiy dushmani, «aralash iqtisodiyot»ning otasi va «Iqtisodiy jurnal»ning 
muharriri. Asosiy asari «Ish bilan bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi» 
(1936). 
Multiplikator
formulasini taklif yetgan, investisiyalarning o„sishi, bandlik 
va daromadlarning o„sishi o„rtasidagi nisbatni ko„rsatgan, masalan, AQSh uchun 
o„sha davrda bu ko„rsatkich 2.5 bo„lgan, ya‟ni investisiya qilingan 1 dollar 2.5 
dollar daromad keltirgan. 
Likvidlik - moddiy ne‟matlar va boshqa resurslarning tez pulga aylana olish 
qobilyati; korxonani o„z majburiyatlarini o„z vaqtida to„lay olish qobiliyati 
balansning aktiv punktlarini pulga aylantirish. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   170




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin