Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/170
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#139763
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   170
Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N

Predmet va uslub
. Ouen fikricha iqtisodiyot tadqiqotlari predmeti va asosi 
mumtoz siyosiy iqtisod namoyandalarining barchasi kabi ishlab chiqarish sohasi 
bo`lib, uning metodologiyasi esa mo„ayyan farqlarga ega bo`lgan. 
Birinchidan, uning fikricha tabiiy tuzilish, kapitalizm emas, kichik tovar 
ishlab chiqarish bo`lib, sotsializm g`oyasini Ouen agrar va ishlab chiqarish va 
kooperativ korxonalariga ega bo`lgan jamoalar tizimi sifatida tasavvur qilgan. 
Ikkinchidan, Sismondidan farqli o`laroq, Ouen iqtisodiy munosabatlarda 
ma`naviy - etik yondashuvni xush ko`rib, avvalambor adolat tushunchalaridan 
kelib chiqgan.
Asosiy nazariy holatlar
. Narx va mablag`. Ouen qiymatning mehnat 
nazariyasiga tayanib, Smitdan farqli o`laroq, uning fikricha qiymatni belgilanishi 
bevosita mehnat xarajatlariga asoslangan holda amalga oshirilishi kerak. 
«Insonlarning o`rtacha jismoniy kuchi, - deb yozgan edi u, - o`lchanishi 
mumkinligi kabi, o`rtacha inson mehnati ham aniqlanishi mumkin. Demakki 
alohida mahsulotda ham, uning qiymati belgilanib, buning asosida uning 
almashinuv narxini ham aniqlanishi mumkin. Shunday qilib, inson mehnati 
o`zining tabiiy va ichki narxiga ega bo`lishi mumkin». Ouenning fikricha, 
mablag`, yomonlik maksimumi va ezgulik minimumi erishilishi uchun yolg`on 
ishlatilishidir. Ouen mablag`ni narx va almashinuv vositasi sifatida inkor etgan. 


68 
«To`g`ri va ratsional ravishda tuzilgan jamiyatda, - deb yozgan edi, u - oltin, 
kumush yoki kredit qog`ozlari almashinuv vositasi sifatida hech - qachon 
ishlatilishi mumkin emas». Ouenning normativ nisbatga yondashgan almashinuvi, 
xususan uning «Almashinuv, mehnat xarajatlariga mutanosib ravishda amalga 
oshirilib, adolatsiz kapitalistik jamiyatda mehnat narxi qonuniyati buzilishi 
kuzatiladi. Ba`zi tovarlar, ularga mehnat sarflanganligiga qaramay, sotilmaydi, 
boshqa tovarlar uchun esa xarajat qilingan narxdan pastroq baho belgilashadi».
Adolatsiz kapitalistik bozorga muqobil bozor sifatida, Ouen 1832 yilda 
adolatli almashinuv milliy bozorini tashkil etishni taklif etadi. Mazkur bozorga 
ishlab chiqaruvchi o`z tovarini olib keladi va uning tovarni obro`li komissiya 
tomonidan baholanadi xamda tovar narxi haqida ma`lumotnoma beriladi (mehnat 
mablag`lari). So`ngra, ishlab chiqaruvchi tovarini bozor omborxonasiga adolatli 
almashinuv uchun topshirib, ishlab chiqaruvchi mazkur ma`lumotnoma asosida, 
ilgari topshirilgan tovarlar qatoridan o`z tovariga teng narxda boshqa tovar olishi 
mumkin edi. Ammo bozorning faoliyati uzoq davom etmadi, Chunki
omb`orxonada sotilish imkoniyati mavjud bo`lmagan tovarlar yig`ilishi bilan u o`z 
faoliyatini tugatdi. Nima bo`lganida ham, bunday bozorlarni tashkillashtirishga 
qaratilgan yana ikki harakat Angliyada Dj. Brey va Frantsiyada P.J. Prudon 
tomonidan amalga oshirilib, natija esa o`sha - o`sha bo`lib qolaverdi. 
Daromadlar
. Qiymatning mehnat nazariyasiga muvofiq Ouen, daromadni 
uchta sinflar orasida ish haqi, daromad va rentaga bo`linishini adolatsiz deb 
hisoblagan. «Ishchi o`zi ishlab chiqargan mahsulotga sarflagan mehnatiga muvofiq 
ravishda maosh olishi kerak». 
Realizatsiya
. Sismondi kabi, Ouen ham kapitalizm sharoitlarida to`la realizatsiya 
mavjudligini tan olmagan, va talabning taklifdan orqada qolishini inqiroz belgisi 
sifatida qabul qilgan. Bunday qoloqlik sababini u kapitalizmda daromadlarning 
adolatsiz ravishda taqdirlanishida deb bilgan. «Jamiyatda mavjud bo`lgan tuzilish, 
- deb yozgan edi u, - ishchiga mehnati uchun etarli darajadagi mukofotni 
ta`minlab bera olmaydi, va buning oqibatida bozorlar rivojlanmaydi». 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   170




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin