Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə111/170
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#139763
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   170
Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N

Frantsuz dirijizmi
. O`sha davrlardagi Frantsiyada dirijizm siyosati amalga 
oshirilib, bu siyosat, keynschilikka nisbatan ko`proq darajada davlatning 
iqtisodiyotga aralashuvini ko`zda tutar edi. Mazkur siyosat retseptlari, qisman 
institutsional yo`nalish doirasida ishlab chiqarilib, bu yo`nalish urushdan so`nggi 
o`sha davrlarda ko`proq ahamiyatga ega edi. Dirijizm siyosatining keynschilikdan 
printsipial farqi Shundaki, dirijizm antisiklik nazorat talablari bilan bir qatorda 
muvaffaqiyatli ravnaq o`sishini ta`minlash bo`yicha vazifani davlat zimmasiga 
qo`yadi (Fransua Perru (1903-1987) kontseptsiyasi). Mazkur vazifa o`z tarkibiga 
iqtisodiyotning institutsional qayta tuzilishi, iqtisodiy tuzilishlar yaratilishi yoki 
qo`llab - quvvatlanishi (o`sish polyuslari) kabi o`z zimmasiga olib, bu tushunchalar 
butun iqtisodiyot rivojlanishida mo„ayyan rol` o`ynashi ilgari surilgan. Frantsuz 


170 
dirijizmi o`ziga xos xususiyatlaridan birining natijasida davlat bo`ylab indikativ 
rejalashtirish usullari qo`llanila boshlandi. 
 
20. 3. «Ijtimoiy bozor xo`jaligi» Germaniya doktrinasi 
Ikkinchi jahon urushidan so`ng dunyoda keynschilikni yetakchiligi va 
davlatning keng nazorati g`oyalari doirasida, ayniqsa GFR ajralib chiqdi, zero 
davlatda «Ijtimoiy bozor xo`jaligi» doktrinasi hukmronlik surar edi. Mazkur 
doktrina asoslari urush o`rtalarida German ordoliberalizmi doirasida shakllanib, 
uning boshida nemis iqtisodchisi institutsionalizm namoyandasi Val`ter Oyken 
(1891-1950) turgan edi. Uning asosiy g`oyalari, «Milliy iqtisodiyot asoslari» 
(1940) va «Iqtisodiy siyosat asosiy printsiplari» asarlarida ilgari surilib, mazkur 
kitoblar 1952 yilda muallif o`limidan so`ng nashr etildi. 1933 yildan 1945 yilgacha 
Germaniyada natsional - sotsializm g`oyalari hukmronlik qilganligi sababli, 
ordoliberalizm g`oyalari 1940-* yillarning oxirigacha keng tarqalmagan. 
V. Oyken asosiy g`oyalari Shunda ediki, iqtisodiy tuzilish tasodifan 
shakllanmaydi, va Shu sababli, tasodifiy ravishda shakllanishi mumkin ham emas. 
Uning fikricha, iqtisodiy tizim, millat tomonidan uning madaniy, tarixiy, va 
ma`naviy an`analariga muvofiq tanlanib, jamiyatda hukumatning maqsadli siyosati 
yordamida belgilanishi kerak. Germaniya iqtisodiyotini o`ziga xosligini tadqiq etar 
ekan V. Oyken birinchi navbatda natsizm siyosatini markazlashtirishgan davlat 
g`oyalari uchun tanqid qilgan. U hukumatning iqtisodiyotga aralashuviga qarshi 
emas edi, ammo Shu bilan birgalikda, bunday tuzilish, Germaniyaning 
protestantlik ma`naviy an`analariga zid ekanligini aytib o`tgan. Shu bilan 
birgalikda, uning fikricha, Germaniya uchun liberal iqtisodiyot modeli ham mos 
tushmaydi. 
Uning tomonidan iqtisodiy hayotni tashkillashtirilishining uchinchi yo`li 
taklif etilib, bu yo`nalish “iqtisodiy gumanizm” nomini oldi. Iqtisodiyotning 
mazkur modeli besh asosda qurilgan: 
1.
xususiy mulskning saqlab qolinishi; 
2.
ochiq bozor printsiplariga rioya qilish, aynan Shu holat davlat tomonidan 
monopolizatsiya jarayonining qattiq cheklovini ko`zda tutar edi; 
3.
erkin kelishuvlar printsipi - iqtisodiy liberalizm; 
4.
o`z xo`jalik faoliyati uchun javobgarlik printsipi; 
5.
jamiyatda kam ta`minlangan qatlamlarining resurslar adolatli taqsimlanishi 
orqali ta`minlashga yo`naltirilgan keng ijtimoiy siyosat. 
Iqtisodiyotning mazkur modelida davlatni roli, antimonopoliya siyosatini 
amalga oshirish, bozorning eokin raqobatchiligini himoya qilish, hamda keng 
ijtimoiy dasturlarini amalga oshirish doirasida cheklangan. 


171 
1950-yillarda, ordoliberalizm g`oyalari ko`plab nemis iqtisodchilari 
asarlarida rivojlantirilgan. Ular orasida ayniqsa muhim ahamiyatga Al`fred 
Myuller – Armak (1901-1978) asarlari e`tiborga molik bo`lib, mazkur muallif, V. 
Oykenning uchinchi yo`li g`oyasini qo`llab, uning asosida iqtisodiy siyosat 
kontseptsiyasini shakllantirdi va bu kontseptsiya iqtisodiyot fanida ijtimoiy bozor 
xo`jaligi nomini oldi. Mazkur kontseptsiyaning asosiy holatlari, urushdan so`nggi 
Germaniyada Lyudvig Erxard (1897-1977) siyosati sababli realizatsiya etildi, zero 
Lyudvig Erxard o`sha davrlarda avval iqtisodiyot vaziri vazifasini, keyin esa 
(1963-1966) GFR federal kantsleri vazifasida ishlagan. Real ravishda amalga 
oshirilgan siyosat juda qattiq edi. Xususan davlat nafaqat o`yin qoidalarini 
belgilaydi, balki investitsion jarayonlarda faol ishtirok etib, ayniqsa daromadli 
sohalarni qo`llab - quvvatladi (qishloq xo`jaligi, qurilish). Shu bilan birgalikda, 
aholi kambag`al qatlamlarini qo`llab - quvvatlash nazariyada deklaratsiya 
etilganidek keng emas edi. Umuman olganda, mazkur siyosat, iqtisodiyotning 
uchinchi turini yaratishga qaratilib, mazkur tur, bozor xo`jaligini davlat ijtimoiy 
dasturlari bilan bog`lashi kerak edi. 
Iqtisodiy nazariya. 1940-1960-yillar davomida keynschilik, nafaqat iqtisodiy 
siyosatda, balki iqtisodiyot fanida ham yetakchilik qilar edi. Shu bilan birgalikda, 
makroiqtisodiy nazariya ham faol ravishda rivojlanib kelayotgan edi: iqtisodiy 
o`sish va iqtisodiy siklni turli modellari yaratildi. Iqtisodiyotning nomutanosib 
holati sifatida, nafaqat pasayish fazasi, balki sikl fazalari ham ko`rib chiqildi. 
Davlat antisiklik siyosati mexanizmlari rivojlanib, iqtisodiy kon`yunkturaga kredit 
- pul va byudjet usullari ta`siri o`rganildi. 
Keynschilik maktabiga ommaviylik bo`yicha ancha orqada qolgan 
neoklasssik yo`nalish ham, rivojlanishda davom etdi. mazkur rivojlanishning 
muhim yo`nalishlaridan biri, keynschilar tomonidan ilgari surilgan g`oyalarning 
qayta ko`rilishi bo`ldi. Neomumtoz oqim ularni o`z nazariyasiga moslashtirishga 
harakat qildi. Natijada, neomumtoz sintez kontseptsiyasi yaratildi (Dj. Xiks, P. 
Samuel`son) uning vazifasi Shundan iborat ediki, keynschilik nazariyaning 
neoklasssik nazariya muhim qismlaridan biri sifatida ilgari surish bo`ldi. 
Neomumtoz va kenyschilik nazariyalari iqtisodiyotningning turli yo`nalishlari 
doirasida tadqiq etilganligi sababli, birinchisi to`liq bandlik holatini tadqiq etsa, 
ikkinchisi to`liq bo`lgan bandlikni tadqiq etib, bunday sintez keynschilik 
nazariyasi, neomumtoz nazariyasining xususiy holati sifatida o`rganilib, to`liq 
bo`lmagan 
bandlik 
sharoitlarida 
iqtisodiyotning 
o`ziga 
xos 
holatiga 
bag`ishlanadigan bo`lsa mumkin edi. Shunga o`xshash, har ikkala maktab amaliy 
tavsiyalari ham sintezlashtirildi. Agar iqtisodiyot depressiv holatda bo`lsa, 
keynschilik choralari qo`llaniladi. To`liq bandlik holati yuzaga kelishi bilan, 
neomumtozlar tomonidan taklif etilgan retseptlar kuchga kiradi. 


172 
Marjinalistik yo`nalishlar rivojlanishi bilan parallel ravishda (neomumtozlar 
va keynschilik) institutsional nazariya ham rivojlanishda ham davom etdi. 1940-
1960-yillar davomida mazkur yo`nalish iqtisodchilarini band qilgan asosiy mavzu, 
ilmiy - texnik progress va u bilan bog`liq bo`lgan iqtisodiyotdagi institutsional 
o`rganishlar bo`ldi, ya`ni mulkdorlik shakllari transformatsiyasi, iqtisodiy 
hukmronlik almashinuvi, yirik korporatsiyalar faoliyatidagi o`zgarishlar va 
boshqalar. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   170




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin