Samarqand iqtisodiyot va servis instituti marketing kafedrasi


-mavzu: B2B bozorida marketing strategiyasini shakllantirish



Yüklə 0,88 Mb.
səhifə33/119
tarix04.11.2022
ölçüsü0,88 Mb.
#118984
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   119
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti marketing kafedrasi

6-mavzu: B2B bozorida marketing strategiyasini shakllantirish
Reja:
6.1. B2B bozorida mahsulot portfelini shakllantirish.
6.2. “Mahsulot-bozor”, “O’sish-ulush” matrisalari asosida marketing strategiyalarini ishlab chiqish.
6.3. Marketing kompleksi elementlari doirasida tovar, narx, sotish va kommunikasiya strategiyalarini shakllantirish


6.1. B2B bozorida mahsulot portfelini shakllantirish.

«Mahsulot-bozor» strategiyasi alternativ strategiyalar guruhiga kirib, korxonaning yangi bozorlarga chiqishi va yangi mahsulotlarni o‘zlashtirishiga qaratilgan. Bu strategiya korxonaning imkoniyatlari, mahsulotlari, bozorlar, raqobat holati, iste’molchilar va faoliyat yo‘nalishiga bog‘liq holda shakllanadi. Asosiysi korxona o‘zining resurslari va rivojlanuvchi tarmoqlari bo‘yicha marketing strategiyalarini ishlab chiqadi.


6.1-jadval
«Mahsulot-bozor» yoki Ansoff matritsasi



Mahsulot/bozor

Mavjud

Yangi

Mavjud

Bozorga
kirish
strategiyasi

Bozor rivojlanish strategiyasi

Yangi

Mahsulot rivojlanish strategiyasi

Diversifikatsiya strategiyasi



Bozorga kirish strategiyasi, qoida bo‘yicha, an’anaviy haridorlar bilan tovarlarni rag‘batlantirish, bozor ulushini ko‘paytirish, raqobatchilardan haridorlarni yoki yangi iste’molchilarni jalb qilish.
Bozor rivojlanish strategiyasi — bu asosan yangi iste’molchi segmentlarga, yangi hududiy bozorlarga va yangi sotish tarmoqlariga chiqish.
Mahsulot rivojlanish strategiyasi yaxshilangan yoki yangi tovarlarni tayyorlash (innovatsiya, yangi marka, assortiment modifikatsiyasi, mahsulot parametrlarini yaxshilash, instrumental va emotsional tavsiflarni rivojlantirish) hisobiga sotuv o‘sishiga yo‘naltirilgan.
Diversifikatsiya strategiyasi yangi bozorlar uchun mo‘ljallangan yangi mahsulotlar bilan bog‘liq. Albatta, bu strategiya qiyin va hatarli, chunki u korxonani yangi sohalarga olib chiqadi. Ularning muvaffaqiyati uchun yirik kadr va moliya resurslarini jalb qilish talab etiladi.


Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin