O’zbekiston mustaqillikka erishgandan keyingi dastlabki yillardan boshlab
iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida tub islohatlar va yangilanishlar boshlandi. Shu
o’tgan davr mobaynida, mamlakatimiz o’z iqtisodiyotini rivojlantirishda jahon
tajribasidan keng foydalanmoqda. Shu o’rinda turizm sohasida ham tub islohatlar olib
borilib, davlat tomonidan katta imkoniyatlar yaratilmoqda.
Jumladan, O’zbekiston
Respublikasi Prezdentining 1992 yil 27 iyuldagi «O’zbekturizm» milliy
kompaniyasini tashkil etish», 1995 yil iyuldagi «Buyuk ipak yo’lini tiklash va
xalqaro turizmni rivojlantirishda O’zbekiston Respublikasining faol qatnashishini
ta’minlash»ga oid farmonlari, 1997 yil Butunjahon Turistik Tashkiloti (BTT)
ekspertlar guruhi bilan «O’zbekturizm» milliy
kompaniyasi hamkorligidagi
«O’zbekistonda turizmni barqaror rivojlantirish rejasi», 1999 yil qabul qilingan
«Turizm to’g’risida»dagi qonun, hamda «Turizmni 2005 yilgacha rivojlantirish
dasturi», Vazirlar Mahkamasining 2001 yildagi «Chimyon-Chorvoq kurort zonasida
tabiat boyliklarini saqlash, sog’lomlashtirish va dam olishni rivojlantirishni tartibga
solishning qo’shimcha chora-tadbirlari to’g’risida»gi
qarori turizm sohasini
rivojlanishiga katta yo’l ochmoqda.
Yuqoridagi qaror va Farmonlar asosida shu davr mobaynida respublikamizning
ko’pgina mintaqalaridagi tarixiy, diniy obidalar, buyuk siymolar qabrlari, dahmalari,
masjidu madrasalarini qaytadan tiklash va ta’mirlash ishlari keng miqiyosda amalga
oshirildi. Buning natijasida turistik resurslarimiz yanada ko’paydi hamda yaxshilandi.
Turizm faoliyatini yaxshilash maqsadida tashkil etilgan yagona siyosatni amalga
oshiruvchi maxsus davlat organi – «O’zbekturizm» milliy kompaniyasi qoshida
viloyat va mintaqa filiallari ochildi. 1993 yil Bali (Indoneziya) shahrida bo’lib o’tgan
Butunjahon turistik tashkilotini (BTT) 10-sessiyasida «O’zbekturizm» miliy
kompaniyasi ushbu nufuzli tashkilotga to’la huquqli a’zo bo’ldi.
1995 yil BTTning qohirada o’tkazilgan navbatdagi 11-sessiyasida O’zbekiston
«Atrof muhitni muhofaza qilish kometeti»ga a’zo bo’ldi va Istambuldagi 12-
sessiyasida esa Markaziy Osiyo mintaqasi «Buyuk ipak yo’li» dasturida
mamlakatimizning o’rni alohida ta’kidlab o’tildi. Shuningdek, YUNESKOning
O’zbekistondagi
qarorgohi, madaniyat vazirligi va Fanlar akamediyasi bilan
hamkorlikda «Meros» dasturi asosida «Buyuk Ipak yo’li»da joylashgan tarixiy,
arxitektura, arxeologik va boshqa yodgorliklarni tiklash, ta’mirlash va ilmiy o’rganish
bo’yicha amaliy ishlar qilinishi bevosita respublikada turizm rivojlanishi uchun katta
turtki bo’ldi (A.S.Soliyev, M.R.Usmonov, 2005).
Dengiz va okeanlarga chiqish imkoniga ega bo’lish, sayohatchilarning
davlatlarga jalb etilishida alohida o’rin tutadi, biroq O’zbekiston bunday
imkoniyatlarga ega bo’lmasligiga qaramay, u Markaziy Osiyoning yo’llar
tuguni
chorrahasida joylashgan. Bu esa nafaqat harakatlarning, tovar almashish,
texnologiyalar va uskunalar ayirboshlash uchun, balki turizmni rivojlantirish uchun
ham qulay imkoniyatlar yaratadi. Masalan, Buxoro,
Samarqand, Xiva, Qo’qon,
Shaxrisabz kabi qadimiy shaxarlarimiz bugungi kunda butun dunyoga mashhur
Respublikamiz xududidagi 4 mingdan ortiq arxitektura yodgorliklari YUNESKO
himoyasiga olingan. O’zbekistonning rekreasiya resurslari yil mobaynida
sayohatchilarning qabul qilish va ular uchun turli xildagi sayohat yo’nalishlarini
tashkil etish imkoniga ega.
7