Nazorat savollari 1. Sanoat xavfsizligi talablariga rioya etilishi ustidan ishlab chiqarish nazorati?
2. Sanoat xavfsizligi deklaratsiyasi nima?
4- ma’ruza Xavfli ishlab chiqarish ob’yektlarsda avariya holati sodir bo’lganda atrof-muhitga tarqalishiga yo’l qo’ymaslik va uni bartaraf etish bo’yicha sanoat xavfsizlik talablari. Reja: 1.O’zbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqarish korxonalarida bo’lishi mumkin bo’lgan avariya va falokat turlari. 2. Sanoat xavfsizligi talablari.
Portlash va yong’in xavfli mavjud obyektlardagi avariyalar.
Temir yo’l va boshqa transport vositalardagi avariyalar.
O’zbekiston xududida 5 ta yirik xavfli kimyoviy korxonalar bor. Bular Chirchiq, Olmaliq, Navoiy, Samarqand va Farg’ona shaharlarida joylashgan. Bu besh korxona O’zbekistondagi o’ta zaharli moddalarning 80 % ishlatiladi. Agar birortasida avariya sodir bo’lsa, O’ZM ning tarqalish chuqurligi 40-45 km ni va tarqalish maydoni 450 km 2 ni tashkil qiladi. Respublikada uran rudasi qazib olinadi. Qibrayda o’rtacha quvvatdagi ilmiy tadqiqot reaktori ishlab turibdi. Olmaliq shahrida radioaktiv chiqindilarni ko’mish bo’yicha Respublika markazi ishlab turibdi. Bu barcha obyektlar ma’lum bir sharoitda radioaktiv nurlanish xavfini tug’dirishi mumkin.
Sanoat xavfsizligi talablari Sanoat xavfsizligi talablari qonun hujjatlarida, shuningdek normativ texnik hujjatlarda nazarda tutilgan shartlar, taqiqlar, cheklashlar va boshqa majburiy talablar bo‘lib, ularga rioya etilishi sanoat xavfsizligini ta’minlaydi.