N a m u n a: «Donolar» guruhiga: -li, iroda kabi. O‘quvchilar berilganlar asosida yangi so‘zlar yasaydilar, yozuv taxtasiga yozadilar.
III. O‘tilganlarni takrorlash yuzasidan bahs.
Bahs jarayonida guruhlarga quyidagi savollar berilishi mumkin:
Asos deb nimaga aytiladi? Qo‘shimcha nima?
So‘z yasovchi qo‘shimcha deb qanday qo‘shimchaga aytiladi’?
Shakl yasovchi qo‘shimcha deganda qanday qo‘shimchalar tushuniladi?
So‘z tarkibi nimalardan iborat? So‘z qanday ma’nolarni anglatadi.
IV. «Kim birinchi va to‘g‘ri hal qiladi?» o‘yini tarzida yangi mavzu yuzasidan muammoli savollarni hal qilish bahsi.
O‘qituvchi yangi mavzu yuzasidan quyidagicha muammolar qo‘yadi.
Tashvish, tashvishsiz, sertashvish, tashvishlanmoq so‘zlari qanday umumiy xususiyatga ega?
Bir umumiy asosga ega bo‘lgan so‘zlar qanday so‘zlar hisoblanadi.
3.Bir asosli so‘zlarga qanday misollar keltira olasiz?
Shu muammoli savollarni hal qilish asosida yangi mavzu tushuntiriladi: Tashvish, tashvishsiz, sertashvish, tashvishlanmoq so‘zlar bir umumiy asostashvish asosida yasalgan.
Bir umumiy asosga ega bo‘lgan yasama so‘zlar bir asosli (asos dosh) so‘zlar deyiladi. Demak, yuqoridagi so‘zlar bir asosli so‘zlardir.
Dostları ilə paylaş: |