Sentabrning yettinchi kuni 6-sinf. Ona tili 1-dars. O‘zbekistonda davlat tili va boshqa


So‘ng o‘qituvchi yozuv taxtasiga mavzuga oid ko‘rgazmani o‘rnatadi



Yüklə 499,5 Kb.
səhifə37/82
tarix04.01.2022
ölçüsü499,5 Kb.
#113681
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   82
1-chorak ona tili 6 sinf uchun

So‘ng o‘qituvchi yozuv taxtasiga mavzuga oid ko‘rgazmani o‘rnatadi.

Tub va yasama so‘zlar

suv

ish

xabar

suvchi, suvsiz , sersuv 

ishchi, ishchan

bexabar xabardor,

O‘qituvchi ko‘rgazma asosida quyidagi savollar doirasida suhbat o‘tkazadi:

  1. Ko‘rgazmaning ikki tomonida berilgan so‘zlar nimaga ko‘ra farqlanadi?

  1. O‘ng tomondagi so‘zlar tarkiban nimalardan iborat? Ma’noli qismlarga bo‘linadimi?

  1. Chap tomondagi so‘zlar qanday ma’noli qismlarga bo‘linadi?

  1. Ko‘rgazmaning o‘ng tomonidagi so‘zlarni tub so‘zlar va chap 
    tomonidagisini yasama so‘zlar deb atasak, ularga qanday ta’rif berish 
    mumkin?

O‘qituvchi ana shu savollar asosida o‘quvchilarni amaliy mashqlardan nazariy xulosalarga, xususiylikdan umumiylikka olib keladi. O‘quvchilar fikrini umumlashtirib, mavzuni tushuntiradi:

Masalan, ishchi, yozuvchi, xabardor, bexabar, sana, sonsiz kabi.

Mavzuni mustahkamlash uchun 58-, 59-, 60-, 61-mashqlar yozma va og‘zaki bajartiriladi.

59-mashq topshirig‘iga ko‘ra ostiga chizilgan so‘zlarning tarkibini izohlaydilar.

N a m u n a : Bozorchilar qatorida xaltani ochib, mayizimni maqtab-maqtab o‘tirdim. (Tog‘ay Murod) Bozorchilar — yasama so‘z, bozor — asos, -chi — shaxs oti yasovchi qo‘shimcha, -lar — shakl yasovchi, ya’ni, ko‘plik  qo‘shimchasi.

Dars so‘ngida 62-mashqqa ko‘ra «O‘qituvchilar va murabbiylar kuni» mavzusida matn tuzish, unda tub va yasama so‘zlardan foydalanish uyga vazifa qilib beriladi


17-dars. SHAKL YASOVCHI QO‘SHIMCHALAR VA ULARNING TASNIFI

 Darsning maqsadi:



  1. Shakl yasovchi qo‘shimcha va uning turlari haqida nazariy hamda amaliy bilim berish.

  1. O‘quvchilarga do‘stlashish, do‘st tutish odobini o‘rgatish.

3.O‘quvchilarda til hodisalarini qiyoslab o‘rganish ko‘nikmalarini shakllantirish 
     Darsning metodi: 
ko‘rgazmalilik, induktiv usul.

 Darsning jihozi:

1. 6-sinf  ona  tili  darsligi.

2 «Shakl yasovchi qo‘shimchalar» nomli ko‘rgazma.

Dars amaliy mashqlardan nazariy xulosalarga borish tamoyili asosida boshlanadi. O‘quvchilarga darslikdagi 1-topshiriqqa ko‘ra Halimjon, qalamim, daftarlar, rasmga, kitobcha so‘zlarini ma’noli qismlarga ajratish, qo‘shimchalarning asos ma’nosiga qanday ta’sir qilayotganini izohlash topshiriladi va namuna ko‘rsatiladi. Namuna: Halimjon so‘zida Halim-asos, jon-erkalash qo‘shimchasi. Mazkur qo‘shimcha so‘zning lug‘aviy (atash) ma’nosini o‘zgartirmagan, faqat uning shaklini o‘zgartirib, unda erkalash shaklini ifodalashga xizmat qilgan.

Rasmga so‘zida rasm -asos, -ga — jo‘nalish kelishigi qo‘shimchasi. Bu qo‘shimcha so‘zning lug‘aviy ma’nosiga ta’sir qilmagan, uni boshqa so‘zlar bilan bog‘lash uchun xizmat qiladi. Masalan, rasmga tushmoq, rasmga qaramoq kabi.

O‘quvchilar xuddi shu tarzda berilgan so‘zlarni tahlil qilishgach, o‘qituvchi ularga «So‘z shakli yasovchi qo‘shimchalarga qanday ta’rif bersak bo‘ladi?» — deya murojaat qiladi. O‘quvchilar ta’rif yaratishga harakat qiladilar. O‘qituvchi ularning fikrini to‘ldirib quyidagilarni bayon etadi:



Asosga qo‘shilib, uning ma’nosiga qo‘shimcha ma’no yuklash yoki o‘zi qo‘shilayotgan so‘zni boshqa so‘zga bog‘lash vazifasini bajaruvchi qo‘shimchalar shakl yasovchi qo‘shimchalar deyiladi.

Shu o‘rinda o‘qituvchi shakl yasovchi qo‘shimchalarning vazifasiga ko‘ra tasniflaydi, har bir turini dalillar asosida izohlaydi. Bunda quyidagi ko‘rgazmadan foydalanish maqsadga muvofiq.




Yüklə 499,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin