Sentabrning yettinchi kuni 6-sinf. Ona tili 1-dars. O‘zbekistonda davlat tili va boshqa



Yüklə 499,5 Kb.
səhifə40/82
tarix04.01.2022
ölçüsü499,5 Kb.
#113681
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   82
1-chorak ona tili 6 sinf uchun

Ko`rdim.

O`TIBDO`:

23.09.2015.
25.09.2015. Ona tili. 6-sinf.
18-dars. SO‘Z TARKIBIDA TARTIB

Darsning jihozi:

  1. O‘quvchilarga so‘z tarkibida asos va qo‘shimchalarning joylashish tartibini o‘rgatish.

  1. O‘quvchilarga axloqiy va huquqiy tarbiya berish.

  1. O‘quvchilarda amaliy mashqlardan nazariy xulosalar chiqarish ko‘nikmalarini shakllantirish.

Darsning metodi: muammoli ta’lim, ko‘rgazmalilik. 

Darsning jihozi:

  1.  6-sinf ona til darsligi.

  1.  «So‘z tarkibida ma’noli qismlar tartibi» nomli ko‘rgazma.

  1.  «O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi» matni.

Dars quyidagi matn asosida diktant yozdirish bilan boshlanadi.

                                                     MASOFA



Dunyoning ishlari qiziq. Odamlar bir-birlariga yanada yaqinlashishlari uchun goho bir-birlaridan uzoqlashishlari ham kerakka o‘xshaydi. Ana shunda ular bir-birlarini til, shevasini, diydorini sog‘inadi. Kimni va nimani yo‘qotganini anglaydi. Bir-birlariga talpina boshlaydi. (G‘aybullon As-Salom, Saydi Umr. «Tolibnoma»)

O‘qituvchi matn asosida inson o‘z atrofidagi insonlarni qadrlashi,e’zozlashi va ularga qo‘ldan kelganicha, yordam berishi lozimligini, ular g‘animatligini tushuntiradi. Shu tarzda ularda odamlarga, yaqinlari va do‘stlariga mehr-oqibat tuyg‘usi tarbiyalanadi. So‘ng ularga diktant matnidagi ayrim so‘zlarni ma’noli qismlarga ajratish topshiriladi.

Namuna: dunyoning — dunyo — asos, -ning — sintaktik shakl yasovchi.

Xuddi shu tarzda mavzuga oid darslikdagi topshiriqda berilgan so‘zlar ham ma’noli qismlarga ajratiladi: yigitcha, siyohdon, qalamcha, mashinasozlik, ipakchilik, bilimdonlar, zakovatli kabi.

Keyin o‘qituvchi o‘quvchilarni muammoli vaziyatga tayyorlash uchun ularga diktant matnida asosga qo‘shimchalarning qo‘shilish tartibini kuzatishni topshiradi. So‘ng «So‘z tarkibida ma’noli qisimlar qanday joylashadi?» - deya muammo qo‘yadi. O‘quvchilar bahslashish asosida muammoni hal qilishga intiladilar. O‘qituvchi ularning javoblarini eshitadi, so‘ng quyidagi ko‘rgazmani namoyish etadi hamda mavzuni tushuntiradi.



Yüklə 499,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin