Ko`rdim.
O`TIBDO`:
30.09.2015.
5.X.2016. 6-sinf. Ona tili.
23-dars. SO‘Z TURKUMLARI
Darsning maqsadi:
O‘quvchilarga so‘z turkumi, so‘zlarni turkumlarga ajratishda e’tiborga olinadigan xususiyatlar haqida bilim berish.
O‘quvchilarda ilmga muhabbat uyg‘otish.
O‘quvchilarda qiyoslash, taqqoslash asosida xulosa chiqarish ko‘nikmalarini shakllantirish.
Darsning metodi: suhbat, induktiv usul.
Darsning jihozi:
6-sinf ona tili darsligi.
Jadvallar.
Darsda e’tibor qaratiladigan tayanch so‘zlar: guruh, turkum, so‘z turkumi.
Dars mavzuga oid 1-topshiriqni bajarish bilan boshlanadi. Topshiriq yuzasidan quyidagi savollar beriladi:
Quyidagi so‘zlar qanday so‘roqqa javob bo‘ladi va qanday ma’noni anglatadi?
Anglatgan ma’nolariga ko‘ra so‘zlarni qanday guruhlarga ajratish mumkin?
O‘quvchilar savollar asosida topshiriq matnidagi so‘zlarni so‘rog‘iga, anglatgan ma’nosiga ko‘ra quyidagicha tasnif qiladilar:
Shaxsni bildiruvchi so‘zlar: bola, Ahmad, men, siz.
Narsa-buyumni bildiruvchi so‘zlar: daftar. qalam, gul.
1-topshiriqni bajarishda orttirilgan tajriba asosida 2-topshiriq bajariladi.
O‘quvchilar o‘qituvchi yordamida berilgan so‘zlarni jadvalga quyidagicha joylashtiradilar. Buni «Kim zukko va chaqqon?» o‘yini tarzida bajartirish mumkin.
Kim?
|
Nima?
|
Qanday?
|
Necha? Qancha?
|
Qaysi?
|
Nima qildi?
|
Salim
|
Oltin
|
moviy
|
O‘n
|
O‘sha
|
ishladi
|
Tog‘a
|
gilos
|
Yashil
|
ming
|
bu
|
|
So‘ng o‘qituvchi quyidagi savollar asosida suhbat uyushtiradi.
So‘zlar qanday xususiyatlariga ko‘ra bir-biridan farqlanadi?
So‘zlar qanday xususiyatlariga ko‘ra umumiylik kasb etadi?
So‘zlarni tasniflashda, guruhlarga ajratishda qanday xususiyatlarga asoslaniladi?
So‘zlar o‘zi anglatgan lug‘aviy ma’nosi, so‘rog‘iga ko‘ra bir-biridan farqlanadi. Ayrim so‘zlar ma’nosi, javob bo‘ladigan so‘rog‘ining bir xilligiga ko‘ra umumiylik kasb etadi. So‘zlarning so‘rog‘i va qanday umumlashgan ma’no ifodalashiga ko‘ra guruhlarga bo‘linishi so‘z turkumlari hisoblanadi. Demak, tildagi so‘zlar ma’nosi va so‘rog‘iga ko‘ra so‘z turkumlariga bo‘linadi.
So‘ng o‘qituvchi «Siz qanday so‘z turkumlarini bilasiz?» -savoli asosida suhbatni davom ettiradi va 78-mashq shartiga ko‘ra o‘quvchilar so‘zlarga mos so‘roq beradilar, ma’nosini aniqlaydilar va turkumlarga ajratadilar.
Namuna:U-akalari bilan ariq qazib suvsiz cho‘lga suv chiqaribdi. (Ertak) otlar: akalari, cholga, suv kabi.
79-mashq. «Kim tez va to‘g‘ri bajaradi?» musobaqasi tarzida bajartiriladi. O‘qituvchi o‘yinda mashq topshirig‘iga ko‘ra so‘zlarga so‘roq berib, ularni guruhlash lozimligini tushuntiradi va yozuv taxtasiga quyidagi jadvalni chizadi. To‘rt o‘quvchini chaqirib har biriga berilgan so‘zlarni so‘roqlarga mos tarzda jadvalga joylashtirishni topshiradi. O‘yin shartiga ko‘ra o‘ziga berilgan savolga javob bo‘luvchi so‘zlar guruhini tez va to‘g‘ri aniqlagan o‘quvchi g‘olib hisoblanadi.
Namuna:
Kim? Nima?
|
Qanday? Qaysi?
|
Necha? Qancha? Nechanchi?
|
Nima qildi?
|
tabiat
|
harakatchan
|
minglarcha
|
shubhalanmoq
|
80-mashqdagi hikmatli so‘zlar o‘quvchilarning daftarlariga yozdiriladi va undagi so‘zlar yuqorida keltirilgan o‘yin tarzida so‘z turkumlariga ajratiladi.
Namuna: Olimlarning xizmati mangu qoladi. (Ulug‘bek)
81-mashqqa ko‘ra «Ilm — tuganmas xazina» mavzusida matn tuzish, undagi so‘zlarni turkumlarga ajratish uyga vazifa qilib beriladi.
Dostları ilə paylaş: |