Ko`rdim.
O`TIBDO`:
Direktor:
.09.2015.
9.09.2015. Ona tili. 6-sinf.
7-dars. SO‘ZLARNING SHAKL VA MA’NO MUNOSABATIGA KO‘RA TURLARI
Darsning maqsadi:
So‘zlarning shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra turlari yuzasidan o‘rganilganlarni takrorlash va mustahkamlash.
O‘quvchilarga axloqiy tarbiya berish.
O‘quvchilarda bahslashish, musobaqalashish madaniyatini, mustaqil va ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish.
Darsning metodi: sinov, musobaqa, o‘yin.
Darsning jihozi:
6-sinf ona tili darsligi.
Rasmlar va boshqotirmalar aks ettirilgan ko‘rgazmalar.
Musobaqa, bahs, munozara, suhbat, grammatik o‘yin shaklidagi darslar o‘quvchilar faolligini oshiradi. Bunday darslarda o‘quvchilar bir-birlarining fikr, mulohaza va javoblarini eshitadilar, bahslashadilar va bir-birini tinglashni hamda bahslashish madaniyatini o‘rganadilar. Shu bois ayrim ona tili mashg‘ulotlarini xuddi shunday shakllarda o‘tkazish maqsadga muvofiq. Jumladan, so‘zlarning shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra turlari yuzasidan takrorlash darsini "Topqirlar va zukkolar bahsi" tarzida o‘tkazish mumkin. Darsning bu tartibda o‘tishi o‘quvchilarga bir hafta yoki bir necha kun avval yetkaziladi. Sinf o‘quvchilari "Topqirlar" va "Zukkolar" guruhiga bo‘linadilar, guruhlarga sardorlar tayinlanadi yoki saylanadi. O‘quvchilarni guruhlarga ajratishda har ikki guruh o‘quvchilarining bilim darajasi teng bo‘lishiga e’tibor qaratish lozim. Bu o‘yin darsining adolatli va qiziqarli o‘tishini ta’minlaydi. Guruhlar mavzu yuzasidan musobaqalashadilar, dars o‘yin tarzida o‘tadi. O‘quvchilar quyidagi o‘yin shartlari bilan tanishtiriladi:
1.Mavzuga oid nazariy qoidalarni puxta o‘rganish va qo‘shimcha savol-topshiriqlarni, mashqlarni, boshqotirmalarni bajarishga tayyorlanish.
2.Javoblarning aniq, sodda, ilmiy, tushunarli va lo‘nda bo‘lishiga
erishish.
3.Raqib (boshqa guruhdagi) larni va o‘z guruhidagi o‘quvchilarni hurmat bilan tinglash.
4.Boshqalarning fikrini bo‘lmaslik, navbat bilan so‘zlash, guruhdoshlar bilan hamkorlikda ish olib borish.
5.Belgilangan vaqtga qat’iy rioya qilish va boshqalar.
Bunday darslarda guruhlar doira va boshqa shakllarda davra hosil qilib ham o‘tirishi yaxshi natija beradi. Har bir guruh o‘z jamoasi nomi yozilgan taxtachani va ramziy nishonini davra (doira shaklidagi stol) o‘rtasiga qo‘yadi. Sinfda "Topqirlar" va " Zukkolar" guruhlaridan tashqari iqtidorli o‘quvchilardan hakamlar hay’ati ham belgilanadi. Hakamlar hay’atini o‘qituvchi boshqaradi.
O‘qituvchi mavzu mohiyatidan kelib chiqib, darslikdagi savol va topshiriqlar tizimini tuzadi. Bizningcha, topshiriqlar quyidagi izchil tartibda bo‘lishi yaxshi samara beradi.
Dostları ilə paylaş: |