Lug‘at diktant uchun so‘zlar:
shaharlik, yuvuqsiz, yugurik, yuzma-yuz, shukuhli, shuursiz, shuhrat-paras, shovullamoq, shogird, sehrgar, raqqosa, rahmdil.
Diktantni bir o‘quvchi yozuv taxtasiga, qolgan o‘quvchilar daftarlariga yozadi, o‘qituvchi yozuv taxtasidagi so‘zlarni tekshirib, o‘quvchilarning xatolarini ko‘rsatadi, uning yuzaga kelish sabablarini tushuntiradi va bartaraf etish yuzasidan topshiriqlar beradi. Boshqa o‘quvchilar yozuv taxtasi asosida o‘z yozganlarini tekshiradilar. Shu tarzda ularni o‘z-o‘zini tekshirish, baholash, xulosa chiqarishga odatlantiriladi. So‘ng mazkur so‘zlar asosida gaplar tuzdiriladi: Yuvuqsiz yurish aqlli bolalar uchun uyatdir. Odamlar yuzma-yuz kelganda bir-birlariga salom berishlari lozim kabi. O‘qituvchi mazkur gaplar asosida O‘quvchilarga toza yurish, salomlashish odobi yuzasidan tarbiya beradi.
O‘qituvchi darsda izchillikni ta’minlash uchun lug‘at diktantdagi so‘zlarni asos va qo‘shimchalarga ajratish mashqini bajartiradi: shahar-lik, yuvuq-siz, yuz-ma-yuz kabi.
So‘ngra o‘quvchilar yuqorida orttirilgan tajriba asosida topshiriqda berilgan oqla, gulchi, gulni, gullar kabi so‘zlarni ma’noli qismlarga ajratadilar hamda ma’nolaridagi farqlarni izohlaydilar.
N a m u n a: oq+la-oqla so‘zida oq asosiga -la qo‘shimchasining qo‘shilishi bilan «oq rangga kirit» ma’nosidagi yangi ma’noli so‘z yasalgan.
Gullar so‘zida esa gul asosiga qo‘shilgan -lar asos ma’nosidan boshqa yangi ma’no yasamaydi, balki gulning birdan ortiq ekanligini, ko‘pligini bildiradi. Shunday
tahlillar asosida qo‘shimchalar ma’no va vazifasiga ko‘ra quyidagi ikki turga bo‘linishi aytiladi:
so‘z yasovchi qo‘shimchalar;
shakl yasovchi qo ‘shimchalar.
Ko‘rgazma asosida ularning har biriga ta’rif beriladi.
Dostları ilə paylaş: |