Sh. Sh. Shodmonov


XULOSALAR 1. Pulning iqtisodiyotda o ‘z vazifalarini bajarish jarayonida to ‘xtovsiz



Yüklə 4,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə93/123
tarix28.09.2023
ölçüsü4,78 Mb.
#129512
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   123
SH. SH. Pul nazariyasi

XULOSALAR
1. Pulning iqtisodiyotda o ‘z vazifalarini bajarish jarayonida to ‘xtovsiz
harakatda boMishi, tovarlar va xizmatlar ayirbosh qilish jarayonida
qo‘ldan qo‘lga o ‘tib, aylanib turishi, uning bu to ‘xtovsiz harakati pul
muomalasi deyiladi.
2. Jahonda tarixan shakllangan hamda har bir mamlakat tom onidan
qonuniy ravishda mustahkamlab qo'yilgan pul m uom alasining turli
tizimlari amal qiladi. Mamlakat pu] tizimining muhim tarkibiy qismlari
quyidagilardan iborat: milliy pul birligi; naqd pul muomalasida qonuniy
to'lov vositasi sifatida amal qiluvchi qog‘oz, tanga va kredit pullar
tizim i; pul em issiyasi, y a ’ni belgilangan qon u n iy tartibda pulni
muomalaga chiqarish tizimi; pul muomalasini tartibga soluvchi davlat
idoralari.
3. Pul muomalasi naqd va kredit pullar yordamida amalga oshiriladi.
Naqd pul muomalasiga bank biletlari va metall tangalar (pul belgilari)
xizm at qiladi. Naqd pulsiz hisoblar cheklar, kredit kartochkalari,
veksellar, akkreditivlar, to ‘lov talabnomalari kabilar yordamida amalga
oshiriladi. Bularning hammasi birgalikda pul agregati deb yuritiladi.
4. M uom alani ta’minlash uchun zarur bo'lgan pul miqdori muayyan
davr davomida sotilishi va sotib olinishi lozim bo'lgan tovarlar sum ­
masi, pul birligining aylanish tezligi va kreditning rivojlanishi kabi
omillarga bog'liq bo‘ladi.
5. Kredit bo'sh turgan pul mablag'Iarini ssuda fondi shaklida to'plash va
ularni pulga muhtoj bo'lib turgan huquqiy va jismoniy shaxslarga ishlab
chiqarish va boshqa ehtiyojlari uchun ma’lum muddatga, foiz to ‘lovlari
bilan qaytarish shartida qarzga berish munosabatiarini ifodalaydi.
116


6. Kredit resurslarining asosiy manbalari korxonalarning amortizatsiya 
ajratmalari; mahsulot sotishdan olingan pul tushumlari; korxonalarning 
ishlab chiqarish, fan va texnikani rivojlantirish fondlari, moddiy 
rag‘batlantirish fondlari; korxonalar foydasi; bankdagi budjet muas­
sasalari, kasaba uyushmalari va boshqa ijtimoiy tashkilotlaming joriy 
pul resurslari; aholining bo‘sh pul mablag'laridan iborat.
7. Banklar pul mablag‘larini to‘plash, joylashtirish va ularning harakatini 
tartibga solish bilan shug‘ullanuvchi iqtisodiy muassasadir. Ular kredit 
munosabatlariga xizmat qilib, kreditning har xil shakllarini o‘z ichiga 
olib, kredit muassasalarining asosini tashkil qiladi. Banklar tizimi, 
odatda, ikki bosqichli bo‘lib, o‘z ichiga markaziy (emission) bank va 
tijorat (depozitli) banklarning tarmoq otgan shaxobchalarini oladi.
8. Oxirgi yillarda tijorat banklarining soni, ular b^jaradigan operatsiyalar, 
ularning ustav fondi va quyilmalar salmog'i oshib bormoqda. Hozirgi 
kunda 0 ‘zbekistonda 28 ta tijorat banklari va 893 ta ularning filiallari 
faoliyat ko‘rsatmoqda. Tijorat banklarini tashkil qilishdagi ustav kapitali 
miqdori 2008-yil 1-yanvardan faoliyat ko’rsatuvchi xususiy banklar 
uchun 2,5 mln. yevro ekvivalenti miqdoridagi mablag'ga ega bo'lishi 
kerak, qolgan tijorat banklari uchun 5,0 mln. so‘m ycvro ekvivalenti 
bo‘lishi lozim.

Yüklə 4,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin