va hind rupiyalari qiymati, shuningdek, bu valutalar kursi ularning
tarkibida boMgan kumush qiymatidan katta edi. Muomaladagi pul
qiymati bilan uning tarkibidagi metall qiymati o'rtasidagi farq nominal
pul nazariyasining rivojlanishiga turtki bo‘ldi. Imperializm davrida bu
nazariya ustunlikka ega bo'ldi. Neometallistlarning urushdan keyingi
davrda pulning metallistik nazariyasini, oltin standartini qayta tiklash
uchun qilgan harakatlari muvaffaqiyatli bo‘lib chiqmadi, chunki buning
uchun na iqtisodiy, na siyosiy sharoitlar mavjud edi. Bu pul tizimlarini
oltin ishlab chiqarishga bog‘liq qilib qo‘ygan va tezavratsiya xavflni
(pulga talab) yaratgan bo‘lardi. Jahon valuta inqirozi va dunyodagi
yetakchi mamlakatlarda to ‘lov balansi inqirozi XX asrning 60—70-
yillarida pulning metallistik nazariyasiga uzil-kesil nuqta qo‘ydi.
Dostları ilə paylaş: