Keyns modeli makroiqtisodiy agregatlar yordamida ifodalanadi.
Bunda agregatsiyalashning ikki turidan foydalaniladi:
1) model xususiy sektordagi firmalar va individlarning xulq-atvori
va davlat sektorining xulq-atvorini aks ettiradi (keyns modeli xorijiy
sektorni ham qamrab oladi, biroq bunga hali qaytiladi);
2) modelda m a’lum bir tovar turlari va o‘zgaruvchilar tarkibiy
qismlarga birlashadi, shuning uchun iste’mol tovariga belgilangan
umumiy talab (aytaylik X,) emas, balki barcha iste’mol tovarlariga
umumiy talab (5) tahlil qilinadi.
Eski keyns modelida investitsion tovarlar iste’mol tovarlaridan
prinsipial farq qilmaydigan tovarlar bozori mavjudligi ko'zda tutilgan.
Model barcha turdagi bozorlarni bitta bozorga birlashtiradi. Bundan
tashqari, alohida pul bozori va obligatsiyalar bozori ham mavjud.
Obligatsiyalar bozori barcha turdagi obligatsiyalar va pulsiz moliyaviy
aktivlarni birlashtirishni ifodalaydi. Va nihoyat, modeldagi to ‘rtinchi
bozor bu — ishchi kuchi bozori. Modelda bu bozorlarning har biri
faoliyati va ular o ‘rtasidagi aloqalari belgilab berilgan.
Ishchi kuchi bozorini tahlil qilar ekan, Keyns shunday xulosaga keldiki,
garchi real ish haqi —
Dostları ilə paylaş: