Sh. Sodiqova



Yüklə 7,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə98/175
tarix21.10.2023
ölçüsü7,72 Mb.
#130634
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   175
Sodiqova SH.Maktabgacha pedagogika

M aktabgacha ta’lim 
. .
. .
,. 
,

. .

tarbiyasining asosiy m aqsadi m aktabgacha 
m uassasalarida musiqa
. . . .
, . 
. . 
yoshdagi bolalarning dunvoqarashini shakllan-
ta limi va tarbiyasining . . , , 
,
, , 

tirish ham da musiqiy didini o 'stin b , bolalarga 
m aqsad ham da 
. . .
. , 
, .
vazifalari 
m usiqam o rgatish jarayonida unda hayot o z
aksini topishini anglatishdir. Shuni alohida ta ’- 
kidlash lozimki, m usiqa m ashg'ulotlari oldiga qo'yilgan pedagogik maqsad 
va vazifalam i am alga oshirish uchun, avvalo, bolalarning musiqiy uquvi 
va qobiliyatlarini muntazam ravishda o ‘stirib borish lozim. Bolalarning 
musiqiy uquv va qobiliyatlari quyidagi faoliyatlardan iborat:
>
musiqiy uquv (musiqiy tovushlar baland-pastligini his etish qobi- 
liyati)
>
tem br uquvi (musiqiy tovushlarni bir-biridan farq qilish);
>
ritm tuyg'usi (m usiqaga mos harakat bajarish. qadam tashlab, cha- 
pak chalib musiqani xotirada saqlab, his etish va ifodalash).
Bolalarning musiqiy qobiliyatlari musiqiy m ashg‘ulotlarning barcha 
elemaentlarini amalga oshirish jarayonida muntazam ravishda rivojlanib 
boradi.
M aktabgacha ta ’lim m uassasalarida olib boriladigan m usiqa ta ’lim- 
tarbiyasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
>
bolalam i musiqaga bo'lgan qiziqishlarini o'stirish;
>
musiqiy asarlar bilan tanishtirish jarayonida bolalarda emotsional 
his-tuyg‘ularini hosil qilish y o ‘li bilan ulam ing musiqa haqidagi tasav- 
vurlarini boyitish;
>
bolalarning m usiqa tinglash, qo'shiq kuylash, musiqa ostida ritmik 
harakatlami bajarish, bolalar cholg'u asboblarida jo 'r bo ‘lish faoliyatlari 
yordamida ijodiy qobiliyatlarini shakllantirib borish:
>
bolalar ovozini asrab tarbiyalash, qo‘shiqlarni sodda, ravon, erkin, 
tabiiy va ifodali kuylash o'rgatish va odatlantirish;
>
musiqiy asarlardan zavq olishni, shu asosda musiqiy did va badiiy 
fikr yuritishni rivojlantirish;
148


>
musiqa m ashg‘ulotlari jarayonida musiqiy asardagi badiiy obrazlar- 
ni o'yin va raqs shaklida ifoda etishga o'rgatish;
>
musiqa m ashg‘ulotlari jarayonida bolalarni milliy qadriyatlarimiz 
bilan tanishtirish, milliy cholg‘u asboblarimiz jo'rligida milliy musiqiy - rit- 
mik harakatlarni bajarishga o ‘rgatish;
>
musiqa mashg*ulotlari mazmunini bog‘cha hayoti bilan bog‘lash, 
maktabgacha ta’lim muassasasida o’tkaziladigan tadbirlarda o'rganilgan kuy 
va qo‘shiqlar bilan ishtirok etish.
Musiqa m ashg‘ulotlarida bola hayotni, tevarak-atrofni musiqiy obraz- 
lar orqali idrok etib boradi. Maktabgacha ta'lim muassasida musiqiy tarbiya 
ishlari badiiy adabiyot va tasviriy san’at bilan uzviy ravishda bog‘langan 
holda amalga oshiriladi.
Musiqa o 'z tabiatiga ko‘ra insonlar hayotini, ularning turli voqealarga nis­
batan munosabati va ichki kechinmalarini xilma-xil tovush bo‘yoqlari orqali 
badiiy obrazlar vositasida tasvirlaydi. M usiqa bolalar hissiyotiga kuchli 
ta’sir eta olish bilan birga ularni nafosat olamiga olib kiradi. Buning uchun 
musiqa rahbari tomonidan tashkil etilgan musiqiy tarbiya bolalarni barkamol 
inson bo‘lib yetishishlariga ijobiy ta’sir etadi. Musiqa m ashg1 ulotlarini 
gigienik talablarga javob beradigan darajada olib borish musiqa rahbarining 
asosiy vazifalaridan hisoblanadi. Musiqiy mashg‘ulotlar oldiga qo'yilgan 
maqsad va vazifalarni amalga oshirish, aw alo, musiqa rahbarining 
pedagogik tayyorgarligiga bogMiq. Musiqiy m ashg‘ulotlami olib borishda 
musiqa rahbari bolalarning yoshi va qiziqishlarini e’tiborga olishi lozim. 
Mashg1 ulotning tuzilishi o'quv materiallarining mazmunidan kelib chiqishi 
kerak. Bunda asarlaming ta’limiy, tarbiyaviy ahamiyati, badiiy saviyasi, 
bolalar yoshiga mosligining hisobga olinishi muhim ahamiyat kasb etadi. 
Musiqiy mashg'ulotlarining tuzilishi quyidagi faoliyat turlaridan iborat:
❖ 
musiqiy-ritmik harakatlarni bajarish;
❖ 
musiqa tinglash;
❖ 
musiqa savodi;
❖ 
qo'sbiq kuylash;
❖ 
bolalar cholg'u asboblarida j o ‘r bo‘lish.
Maktabgacha ta'lim muassasalarida musiqa mashg1 ulotlarining davo- 
miyligi bolalarning yosh xususiyatlarini inobatga olgan holda olib boriladi. 
Shunga muvofiq mashg'ulotlar kichik guruh - 15-20 daqiqa, o ‘rta gurahda
- 20-25 daqiqa, katta guruhda - 25-30 daqiqa, tayyorlov guruhida - 30-35 
daqiqa davomida olib boriladi.
149


M ashg‘ulotlar davomida bolalar qo'shiq kuylashga, musiqa tinglashga, 
musiqiy-ritmik harakatlarni bajarish va cholg‘u asboblari va ularga jo ‘r bo‘- 
lishni o‘rganib boradilar. Q o‘shiq kuylash musiqa m ashg‘ulotining asosini 
tashkil etadi. H ar bir qo‘shiq m a’lum pedagogik maqsadlami amalga 
oshirishni ko‘zda tutib tanlanadi. Qo'shiqlami m a’lum bir tizimga solishda 
oddiydan murakkabga qarab borishga rioya qilish kerak. Q o‘shiq kuylash 
yengil va oson amalga oshirilishi tufayli bolalar diqqatini tez jalb etadi. M u­
siqa ijrochiligida ovoz eng qulay vositadir, chunki qo‘shiq kuylashni turli 
sharoitlarda tez va oson tashkil etish mumkin. Q o'shiq kuylash jarayonida 
bolaning fikrlash qobiliyati, nutqi, idroki o'sadi. Bolalar ovozini asrab tar- 
biyalashning zarur shartlaridan biri qo‘shiqlami ularning yoshiga va ovoz 
diapazoniga qat’iy rioya etib tanlashdan iborat.
Musiqa
bolalarni go‘zallikni idrok eta olishlarigakuchli ta ’sir ko'rsatuvchi 
vositadir. Estetik tarbiyaning mazkur vositasi bolalarda musiqaviy didni 
shakllantiradi, zamonaviy va mumtoz kuylami idrok eta olishga tayyorlaydi. 
Ana shu sababli bolalarni qo‘shiq aytish va raqsga tushishga o'rgatishda faqat 
to‘g ‘ri aytish va harakat qilishni emas, balki ifodali ijro etish hamda yengil, 
chiroyli va latofat bilan raqsga tushishga o ‘rgatib borish maqsadga muvofiq.
Q o‘shiq kuylab raqsga tushishda asosan, xalq og‘zaki ijodi asarlaridan 
foydalaniladi, bu bolalarni axloqiy-estetik tarbiyalash uchun g'oyat qimmatli 
vositadir.
Xalq qo'shiqlari orasida esa bolani dunyoga kelgan kunidan boshlab 
uning xarakteri, milliy ruhiyati, fe’l-atvori va dunyoqarashini shakllanti- 
risbda g'oyaviy-estetik asos vazifasini o'tovchi 
allalsr
alohida o ‘rin tuta- 
di. Allalar bola shaxsiga kuchli ta ’sir etish xususiyatiga ega bo'lib, o ‘zida 
ovutish, nimagadir qiziqtirish, go'zal hislami to 'у ish. so‘z go'zalliklaridan 
bahramand boiishn i o ‘zida aks ettiradi.
Allalarda ifodalangan g ‘oya, ohang, shuningdek, uni ijro etishda sodir 
etiladigan amaliy harakatlar o‘ziga xos estetik jihatdan tarbiyaviy kuch va 
imkoniyatga ega. Buyuk mutafakkir Abu Ali ibn Sino o ‘z davrida allaning 
bolani m a’naviy-estetik jihatdan rivojlanishiga ta ’sirini quyidagicha bayon 
etgan: “Bolaning mijozini kuchaytirmoq uchun unga ikki narsani qo'llam oq 
kerak. Biri bolani sekin-sekin tebratish, ikkinchisi uni uxlatish uchun odat 
bo'lgan musiqa va allalashdir. Shu ikkisini qabul qilish miqdoriga qarab, 
bolaning tanasi bilan badantarbiyaga va mhi bilan musiqaga bo‘lgan iste’dodi 
hosil bo'ladi”35.
35 Ibn Sino, Abu Ali. Tib qonunlari. 1-jild. -Т.: «Xalq m e’rosi» nashriyoti, 1992. - 77-b
150


B olalarning kuylash imkoniyatlaridan k o ’ra, tinglash im koniyatlari 
kengroq bo'ladi. M usiqa tinglash orqali bolalarning badiiy idroki rivoj- 
lanadi. M usiqashunos olim lar bolalarni m usiqiy tarbiyalashda m usiqa 
tinglash faoliyatiga alohida e ’tibor beradilar. Chunki, har bir insonning 
m usiqa m adaniyatini shakllantirish va rivojlantirishda m usiqa tinglash 
ko'nikm asi m uhim o ’rin egallaydi. M usiqa tinglash uchun tavsiya etil- 
gan va repertuarga kiritilgan m usiqiy asarlar m usiqiy obrazlar orqali 
bolalarda jonajon Vatanga muhabbat, m ehnatsevarlik, tabiatni e'zozlash, 
ham jihatlik, rahm -shafqat kabi xislatlarni shakllantirishga qaratilgan. 
M usiqa m ashg'ulotlarida m usiqiy-ritm ik harakatlarni bajarish bolalarning 
axloqiy-m a’naviy rivojlanishida m uhim aham iyat kasb etadi. M usiqaga 
mos raqs, o’yin harakatlarini bajarish bolalarning diqqatini jam lash, 
xotirasini m ustahkam lash va jism onan so g'lom o'sishlariga yordam be­
radi. Eng muhimi, raqs va ritm ik harakatlar vositasida bolalarning m u­
siqiy iqtidori, ritm ik tu y g 'u lar shakllanadi, xotirasi charxlanadi. Mu- 
siqiy-ritm ik harakatlar bolaning harakatchan, chaqqon bo'lishiga yordam
beradi, qom atining to 'g 'r i o'sishiga ta ’sir ko'rsatadi. B olaga tetiklik va 
g" ay rat bag'ishlab, turli em otsional hislarini uyg'otadi. Raqs kuylari esa 
bolalarda ajoyib ichki his-tuyg’ular. kechinm alar hosil qilib, beixtiyor 
raqsga tushishga undaydi va ularni behand zavqlantiradi. M usiqa m ash­
g'ulotlari davom ida bolalar m usiqa cho lg 'u asboblarida j o 'r bo'lishi 
bolalar uchun g'oy atda yoqimlidir, chunki m usiqa ch olg'u asboblari, 
tovushli o'yinchoqlar sifatida har bir bolani qiziqtiradi. B olalar m usiqa 
ch alg'u asboblari, birinchi navbatda, bolalarda ijrochilik m ahorati, m u­
siqiy uquvi va qiziqishni o'stiradi. M usiqa asarlarini diqqat bilan ting­
lash, m usiqaning xarakterini his etish m usiqa cho lg 'u asboblarini 
farqlashga, tovush balandligini bilishga o'rgatadi. B olalar qo'shiqni 
kuydan ajrata olishga, q o 'sh iq so'zlarini aniq, tushunarli kuylashga, 
kirish qism idan so 'n g qo'shiqni birga boshlash va tugallashga, metal- 
lofonda oddiy kuylarni, doirada oddiy ritm larni ijro etishga harakat qila- 
dilar. M usiqa m ashg'ulotlarida bolalar guruhidan bolalar m usiqa chol­
g 'u asboblari orkestri, vokal ansam bllari tuzish m um kin b o ’ladi. Kichik 
hajm dagi o ’zbek xalq kuylaridan boshlab, kattaroq asarlargacha bolalar 
shiqildoqchalar, doirachalar va rum balardan turli ritm ik usullarni cha- 
lishni o'rganadilar.
151



Yüklə 7,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin