Mavzuning o‘rganilish darajasining qiyosiy tahlili. SHaxs ma’naviyati masalasi jamiyat taraqqiyotining ilk davrlaridan boshlab, insoniyat oldida turgan muhim yo‘nalishlardan bo‘lgan. Zero, qadimgi dunyo faylasuflaridan tortib, hozirgi davr tadqiqotchilarigacha umuman insoniyat tarbiyasi, xususan, shaxs kamoloti haqida tadqiqotlar o‘tkazib, bu masalaga salmoqli hissa qo‘shib kelmoqdalar. Qadimgi xitoy mutafakkuri Konfutsiy, yunon faylasuflari Demokrit, Platon, Gerodot, Aristotel va boshqalar shaxs kamoloti jamiyat taraqqiyoti uchun muhim masala deb qaraganlar. Jumladan, Aristotel nuqtai nazariga ko‘ra jamiyat taraqqiyoti uchun ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar qanchalik ahamiyatli bo‘lsa, fuqarolarning tarbiyasi ham undan kam emas2. Markaziy Osiyolik allomalar Ibn Sino, A.R.Beruniy, A.N.Forobiy, Marg‘inoniy, Imom Buxoriy, Abu Abdurahmon Nasoiy, Hakim Termiziy, Ahmad YAssaviy, Pahlavon Mahmud, A.Navoiy3, XX asr boshlarida Munavvar Qori Abdurashidxon o‘g‘li, M.Behbudiy, A.Fitrat, A.Avloniy, S.Ayniy va boshqa ma’naviyat va ma’rifat sohiblari yoshlar ongiga ma’rifat, madaniyat, milliy urf-odat, milliylik xususiyatlarini singdirishga harakat qilganlar.
SHaxs ma’naviyatini shakllantirish masalalari jamiyat taraqqiyotining barcha bosqichlarida o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. XIX asrda shaxs va jamiyat munosabatlari G‘arb olimlaridan G.Spenser, E.Dyurkgeym, D.Gegel, M.Veber va boshqalar qarashlarida o‘ziga xos tarzda ifodalangan.
Mustaqillikka erishilgandan so‘ng yoshlar tarbiyasi, ayniqsa, komil insonni shakllantirish masalasi muhim tadqiqot ob’ektiga aylandi. J.Tulenov, E.YUsupov, X.SHayxova, Q.Nazarov, S.Otamuratov, A.Ochildiev, A.Ibrohimov, T.Rahmonov, U.Qoraboev, M.Yo‘ldoshev kabi mamlakatimiz olimlari milliy madaniy merosni madaniyatning tarkibiy qismi sifatida tahlil qildilar1.
Milliy va umuminsoniy qadriyatlarni hamda madaniy merosning yoshlar ijtimoiy qiyofasiga, dunyoqarashiga ta’siri masalalarining ayrim qirralari E.YUnusova, A.CHoriev, Z.Qodirova, F.Musaev, F.Atamuradova, X.Ahmedova, F.Yo‘ldosheva, A.Erkaev, S.Jo‘raevlarning ilmiy tadqiqotlarida o‘z ifodasini topgan2.
Ma’naviy madaniyat muammosini tadqiq etish va unda milliy hamda islomiy qadriyatlarning o‘rni va roli masalasi mamlakatimiz faylasuf, jamiyatshunos, islomshunos olimlari A.Abdusamedov, V.Alimasov, H.Aliqulov, A.Begmatov, I.Jabborov, Z.Davronov, N.Komilov, A.Qodirov, T.Mahmudov, I.Saifnazarov, S.SHermuhammedov, M.Xayrullaev, I.Xo‘jamurodov, Z.Husniddinov, Hoji Ismatulloh Abdulloh, J.YAxshilikov va boshqa olimlarning ilmiy izlanishlarida muayyan o‘rin olgan3.
Ma’naviy madaniyat va barkamol shaxsni shakllantirish masalasi juda keng va murakkab muammolardan bo‘lganligi, ayniqsa, milliy va islom qadriyatlarining shaxs ijtimoiy qiyofasiga, uning dunyoqarashiga ta’sirining turli qirralarini tadqiq etishga qaratilgan alohida ilmiy tadqiqotlar ham amalga oshirilgan.
Z.Markaev, F.YUldosheva, N.Temirova, B.Tolipovlar4 tomonidan amalga oshirilgan ilmiy tadqiqotlarda ma’naviy madaniyatning tarixiy taraqqiyotiga, ajdodlar madaniy merosining ahamiyati e’tibor qaratilgan.
Dostları ilə paylaş: |