Шахс маънавий маданиятини шакллантиришда миллий ва исломий қадриятларнинг таъсири


AXBOROT MAYDONI GLOBALLASHUVINING SHAXS MA’NAVIY MADANIYATI SHAKLANISHIGA TA’SIRI



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə9/10
tarix17.02.2022
ölçüsü0,61 Mb.
#114556
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
SHAXS MANAVIYATINI SHAKLLANTIRISHDA MAHALLA, TALIM TIZIMI VA JAMOAT TASHKILOTLARINING O’RNI

2.3. AXBOROT MAYDONI GLOBALLASHUVINING SHAXS MA’NAVIY MADANIYATI SHAKLANISHIGA TA’SIRI
Bugungi kunda “globallashuv” so‘zi eng ko‘p ishlatiladigan tushunchalardan biri hisoblanadi. Bu bejiz emas, albatta. Zero, ushbu tushuncha inson va jamiyat hayoti rivojining hozirgi davridagi muhim xususiyatlarni, jumladan, tez sur’atlar bilan o‘zgarib borayotgan, kishilik sivilizatsiyasi bugungi kungacha boshidan kechirgan davrlardan tubdan farq qiladigan o‘ta shiddatli va murakkab bir voqelikni o‘zida mujassam etadi.

Eng umumiy ma’noda, globallashuv muayyan hodisa, jarayonning barcha mintaqalar, davlatlar va butun Er yuzini qamrab olganini hamda ularning insoniyat taqdiriga daxldor ekanini anglatadi. Globallashuv jarayonining hayotimizga tobora tez va chuqur kirib kelayotganining asosiy sababi esa, Prezidentimiz qayd etganlaridek, bugungi kunda har qaysi davlatning taraqqiyoti va ravnaqi nafaqat yaqin va uzoq qo‘shnilar, balki jahon miqyosida boshqa mintaqa va hududlar bilan chambarchas bog‘lanib borayotganidadir. Biron mamlakatning bu jarayondan chetda turishi ijobiy natijalarga olib kelmaydi.



Insoniyat XX asrning so‘nggi o‘n yilligiga kelib dunyo yagona jamiyat sifatida to‘la barqaror rivojlanishi mumkinligini anglab etdi. “Bizning kunlarimizga qadar, insoniyat jamiyati yaxlit bir yagona jamiyat sifatida mavjud emas edi”1, - deb yozgan edi sotsiolog Entoni Giddens. Ikki asr ya’ni XX va XXI asr chegarasida jahonda yuz bergan bir qator ijtimoiy-mafkuraviy holatlar, globallashuv va integratsiya jarayonlari dunyoni bir tomondan ko‘p qutbga ajratgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan esa, bir-biriga uzviy bog‘lab qo‘ydi. Globallashuv bilan bog‘liq jarayonlar dunyo taraqqiyoti va mamlakatlar iqtisodiyoti, siyosati va ma’naviy hayotiga o‘tkazayotgan ta’siri barqarorlik va xavfsizlik masalalarini dolzarblashtirmoqda.

Global tizim - bu shunchaki bir oddiy muhit emas, uning sharoitida turli jamiyatlar ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy aloqalar davlatlar chegaralarini kesib o‘tmoqda hamda u erda yashovchi odamlar taqdiriga ta’sir ko‘rsatib, o‘z hukmini o‘tkazmoqda. Ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy hayotning globallashuvini eng avvalo bugungi dunyo taraqqiyoti makoni va zamonini yangicha asosda vujudga keltirish va rivojlantirish jarayoni sifatida tushunish kerak. Sotsiolog E.Giddens globallashuv jarayon butun dunyoni qamrab olib, alohida xususiyatlarda kechayotganligiga qaramasdan bu jarayon insoniyat uchun yangi xodisa bo‘lmasdan bundan ikki-uch asr avval g‘arb jamiyati butun dunyoga o‘z ta’sirini o‘tkaza boshlagan zamonlardan boshlanganligini ta’kidlaydi. Hozirgi zamon globallashuv jarayoni juda murakkab siyosiy, iqtisodiy hodisadir. Uning mamlakatlar iqtisodiyoti, siyosati va ma’naviy hayotiga salbiy ta’siri bilan birga ijobiy ta’siri ham namoyon bo‘lmoqda. SHu sabab ham xalqaro maydonda global va antiglobal jarayonlar yuz bermoqda. Kuzatishlar va dunyo taraqqiyotining bugungi tajribasi ko‘rsatmoqdaki, glaballashuv bilan bog‘liq jarayonlar mamlakatlar iqtisodiy va siyosiy hayoti bilan uzviy bog‘liq bo‘lmoqda.

Globallashuv jarayoni hozirgi zamon ijtimoiy taraqqiyotini ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy va madaniy qamrab olgan sharoitda shaxs ma’naviy madaniyati rivojiga ehtiyojning oshib borishi tamoyillarini tahlil qilish maqsadga muvofiqdir.

Haqiqatan ham, bu jarayon eng keng qamrovli va murakkab ijtimoiy hodisa hisoblanib, uning rivojlanishi va hayotga tatbiq qilinishining asosiy omillari: a) turli xalq va millatlar o‘rtasidagi baynalmilalchilik xususiyatlarini shakllantirishni; b) shaxs ma’naviy madaniyatini tinimsiz boyitish va yangi sifat darajasiga ko‘tarishni; v) shaxsning manfaati va ehtiyojlarini hisobga olishni; g) milliy va diniy qadriyatlarning xalq ma’naviyati riviojlanishiga kuchli ta’sirini inobatga olish zarur. Demak, shaxsning bu jarayondagi ishtirokining faolligi uning mavjud manfaat va ehtiyojlarni anglaganlik darajasi, ma’naviy madaniyatni rivojlantirishga ehtiyojining oshib borishi bilan bog‘liq bo‘ladi.

Ommaviy axborot vositalarini liberallashtirish, fuqarolar so‘z erkinligi va huquqlarining ta’minlanishi – nafaqat huquq, shu bilan birgalikda OAVlari oldida muayyan majburiyat va mas’uliyat hamdir. Ana shu munosabatlar jarayonida OAVlarining jamiyat siyosiy-huquqiy madaniyatining shakllanishga ta’siri namoyon bo‘ladi.

Fuqarolarning ijtimoiy-siysiy jihatdan etukligi uning davlat va jamiyat hayotida faol ishtirok etishi bilan belgilanadi. YAngi davr ingliz faylasufi Tomas Gobbs ta’kidalaganidek, “Davlatning qandayligi haqida xulosa chiqarish uchun avvalo, odamlarning axloqi, qiziqishlari va fe’l-atvorlarini o‘rganish joizdir”1. Bunda jamiyatning har bir a’zosining qiziqishlari ta’sirida fuqaro-jamiyat-davlat munosabatlari shakllanadi. Zero, fuqarolarning siyosiy-huquqiy madaniyati mamlakatning barcha sohalaridagi taraqqiyotida belgilovchi omil hisoblanadi.

Globallashuv jarayoni shiddat bilan kechayotgan bugungi zamonda har qanday ommaviy axborot vositasining jahon axborot makonida o‘z o‘rniga ega bo‘lishi, rivoj topishi ular oldida turgan eng asosiy vazifa hisoblanadi. SHu bois bugungi dunyoni, uzoq yaqinda yashayotgan odamlarni uzliksiz ommaviy kommunikatsiya vositalarisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. OAV insoniyat hayotining barcha jabhalari bilan uzviy bog‘lanib ketgan. Hozirgi zamon ommaviy axborot vositalari ko‘plab axborot xizmatlarini taqdim qilishi hamda inson dunyoqarashini mutassil boyitib, ijtimoiy hayotda muhim o‘rin egallashi lozim.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Sentati va Qonunchilik palatalarining qo‘shma yig‘ilishidagi “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” to‘g‘risidagi ma’ruzasida ta’kidlanganidek, demokratik jarayonlarni chuqurlashtirish, aholining siyosiy faolligini, shu asosda siyosiy va huquqiy madaniyatni oshirish, fuqarolarning axborot sohasidagi huquq va erkinliklarini ta’minlash, O‘zbekistonda demokratik jamiyat asoslarini barpo etishning muhim sharti hisoblanadi1.

Bugungi kunimiz axborot zamoni. Zamonaviy axborot maydoni tezkor, uning ta’sir doirasi ham shunchalik keng va ta’sirchandir. SHu sabab ham mamlakatimizda ijtimoiy-ma’naviy, siyosiy-huquqiy tarbiyani amalga oshirish jarayonida ommaviy axborot vositalari imkoniyatlarining kengaytirilishi talab etilayapti. Bu esa, bir tomondan ommaviy axborot vositalarining jamoatchilikka ta’siri etarli darajada emasligi bilan izohlansa, ikkinchi tomondan, jamoatchilikning bu jarayonga hali etarli darajada tayyor emasligini ham ko‘rsatadi.

Siyosiy hokimiyat va fuqarolar o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga solib, bog‘lab turuvchi, ular orasidagi shaffoflikni ta’minlab beruvchi birdan-bir vosita ham — bu ommaviy axborot vositalaridar. SHu nuqtai nazardan olib qaralganda, O‘zbekistonda mustaqillikning ilk davridan boshlab ommaviy axborot vositalariga “to‘rtinchi hokimiyat” darajasida e’tibor berilgani bejiz emas, albatta.

YA’ni, matbuot va AOV omma bilan hokimiyat o‘rtasida o‘ziga xos aloqa vositasi vazifasini bajarish bilan birga jamiyatda mavjud yoki vujudga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni aniqlashda yordam beradi. YA’ni, ular bevosita jamoatchilik bilan birga ishlaydi. Jamiyat taraqqiyotiga nisbatan jamoatchilikning fikrini o‘rganadi. SHu orqali ijtimoiy barqarorlikni aniqlash jarayonida ishtirok etadi. SHuning uchun mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi o‘rniga qarab “to‘rtinchi hokimiyat” sifatida e’tirof etiladi.

Demokratik davlatdan fuqarolik jamiyati sari rivojlanayotgan mamlakat sharoitida ijtimoiy muammolar jamoat tashkilotlarining zimmasida bo‘ladi. Bu jarayon asta-sekinlik bilan amalga oshib boradi. Lekin jamoatchilik bilan ishlashda jamoat tashkilotlar ommaviy xborot vositalarining kuchidan etarli darjada foydalanmayapti? Ommaviy axborot vositalari ma’rifiy kuch sifatida jamoatchilik fikrini uyg‘otadigan, siyosiy va huquqiy madaniyatni o‘stirishga xizmat qiladigan vosita hisoblanadi.

SHunday ekan ijtimoiy farovonlikni ta’minlashda aholi ijtimoiy-siyosiy. huquqiy faolligini oshirishda matbuotning kuchidan ko‘proq foydalanish kerak. SHundagina xalqimizni tarix, ma’naviy meros, siyosiy-huquqiy bilimlar bilan qurollantirishning yana bir imkoniyatiga ega bo‘lamiz.

Darhaqiqat, siyosiy-huquqiy madaniyatni shakllantirishda ommaviy axborot vositalarining ta’sirini kengaytirish davr talabiga aylanib bormoqda. Bu uzoq muddatni o‘z ichiga oladigan jarayondir. XXI asrdagi O‘zbekiston davlat va jamoat tashkilotlari oldidagi ustuvor jihatlardan biri ham shundan iborot bo‘lishi kerak. Hozirda mamlakatimizda ommaviy nashr va turli axborot kommunikatsiya tarmoqlari soni to‘xtovsiz ravishda oshib bormoqda. Lekin jomoatchilikning axborotga (siyosiy axborotga) bo‘lgan ehtiyojini qondira olgani, mamlakat va dunyodagi voqea-hodisalar va o‘zgarishlarni o‘z vaqtida hamda etarli darajada etkazib bera olganicha yo‘q. Bugungi axborot zamonida jamoatchilikning informatsiyaga bo‘lgan ehtiyoji esa tobora o‘sib bormoqda. “Sariq matbuot” nomini olgan turli gazeta, teleradio kanallari ko‘proq dam olish, ko‘ngil ochar xususiyatlarga ega. YAngilik va axborot esa to‘xtovsiz yangilanib, boyib boradigan xususiyatga egadir. Jamoatchilikning dunyoqarashini o‘zgartirishda, jamiyat hayotida yangicha tafakkurning shakllanishida yoki aksincha bo‘lishida gazeta va teleradiodanda kuchliroq ta’sir kuchiga ega bo‘lgan vosita hozircha yo‘q.



XULOSA

Mustaqillik yillarida xalqqa uning ma’naviy va madaniy boyliklarini qaytarish borasida ko‘plab ishlar qilinmoqda. Dastlabki, eng muhim qadam «O‘zbek tili haqidagi» qonunning qabul qilinishi bo‘ldi. Bu bilan o‘zbek tilidagi xalqning bebaho madaniy va milliy boyligi maqomi tiklandi. Buxoro va Xiva shaharlaridagi me’morchilik yodgorliklarini ta’mirlash borasida faol ishlar olib borilib, yodgorliklar shu davrda jahon ahamiyatidagi maqomga ega bo‘ldi. Bu shaharlarning 2500 yilligi, Toshkentning 2000 yilligi kabi sanalar katta tantana bilan nishonlandi. Ijtimoiy-iqtisodiy muammolarga qaramasdan milliy madaniyatni asrovchi yangi muzeylar barpo etildi: Temuriylar davri tarixi muzeyi. Olimpiya shon-sharafi muzeyi va O‘zbekiston tarixi muzeyi yangi mazmunda boyitildi. Maqomchilar muzeyi va boshqalar dunyoga mashhur bo‘ldi.

Xalqqa o‘z tarixi va xotirasi qaytarilmoqda. Milliy va jahon madaniyati rivojiga ulkan hissa qo‘shgan vatandoshlarimizning xizmatlari haqida yubiley tantanalari o‘tkazildi. O‘tgan yillarda Navoiy, Bobur, Qodiriy, Behzod, A. Farg‘oniy yubileylari nishonlandi. Alohida tantanalar bilan xalqaro miqiyosda Mirzo Ulug‘bek tavolludining 600 yilligi, Amir Temur tavolludining 660 yilligi, Imom Buxoriyning 1225 yilligi o‘tkazildi. Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligi va “Alpomish” eposining 1000 yilligi keng nishonlandi. Ayniqsa katog‘on qurbonlarining begunoh xotirasi tiklanishi katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Ular orasida ko‘plab madaniyat arboblarining nomlari bor: jadidchilik harakatining yo‘lboshchilari, shoir va yozuvchilar-Munavvarqori Abdurashidxonov, A. Fitrat, CHo‘lpon, Ramziy, Botu va boshqalar.

Milliy an’analarni tiklash bo‘yicha ham ko‘plab ishlar qilindi. Navro‘z, hayit kabi qadimgi xalq va diniy bayramlar rasman hayotga qaytdi. Hayr muruvvat udumlarini davom ettirish va yosh avlodni barkamol o‘stirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘lom avlod uchun jamg‘armasini tashkil qilib, dastlabki ordenini ham shunday atadi. Nogiron bolalar uchun “Mehribonlik” kabi sahovat festivali muntazam o‘tkazib kelinmoqda. O‘zbekistonda xalqaro kino, teatr va “SHarq taronalari” kabi musiqali festivallar o‘tkazish yaxshi an’anaga aylanib qoldi. Xalq bahshichilik san’atiga e’tibor kuchayib Respublika konkurslari o‘tkazildi. SHuningdek milliy kurashimiz xalqaro maqomga ega bo‘lib, jahon chepionatlari o‘tkazilmoqda.

YUqorida ta’kidlanganidek, madaniy qadriyatlardagi vorislik jarayoni nafaqat milliy madaniyatlar rivojidagi vorislik bo‘lmay, balki boshqa xalqlar madaniyatidagi yutuqlarni umumlashtirishdan ham iboratdir. Markaziy Osiyo mintaqasida yashovchi xalqlarning madaniyati qadim zamonlarda ham Farb va SHarq mamlakatlari bilan yaqin madaniy aloqalar asosida rivojlangan. Madaniy hamkorlikning keng ko‘lami, etnik va diniy mazmundagi cheklanmaganlik Vatanimiz madaniyatining asosiy xususiyatidir. Hozirgi davrda ham milliy madaniyatni tiklashga asosiy e’tiborni qaratgan holda O‘zbekiston xalqi jahon madaniyati va sivilizatsiyasining zamonaviy yutuqlarini egallashga harakat qilib, jahon madaniyati rivojiga hissa qo‘shmoqda. Bu borada jadal amaliy ishlar qilinmoqda: xalqaro konkurs va festivallar o‘tkazildi, chet mamlakatlar madaniyat kunlari va san’at asarlari ko‘rgazmasi namoyish qilindi, hind madaniyat markazi, fransuz madaniyat uyi singari doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi madaniyat markazlari ochildi; o‘z o‘rnida O‘zbekiston madaniyatining o‘ziga xos xususiyatlarini nazariy asoslash va uning jahon madaniyatidagi o‘rnini munosib baholash ishtiyoqi ham kuchli. Buning dalili sifatida “Mirzo Ulug‘bek va uning jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan hissasi” (1994). “O‘zbekistonning jahonda tutgan o‘rni va roli. Buxoro va jahon madaniyati” (1995), “O‘rta Osiyo va jahon sivilizatsiyasi” (1998) kabi mavzularda o‘tkazilgan xalqaro konferensiya va seminarlarni ko‘rsatish mumkin.


Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin