2.2. KOMIL INSON TARBIYASIDA SHAXS MA’NAVIY MADANIYATINING AXLOQIY VA HUQUQIY JIHATLARI
Kishilarning bilimi oshib, dunyoqarashi o‘zgarib borishi natijasida jamiyatda barqarorlik va taraqqiyotni ta’minlash, boshqacha aytganda ijtimoiy tartibni o‘rnatish va saqlab turish maqsadida inson o‘zi uchun ikkita ijtimoiy regulyatorni, ya’ni huquq va axloqni o‘ylab chiqdi. Huquq va axloq odamlar o‘rtasidagi munosabatlarni murosaga solish va kelishtirish orqali jamiyatda tartib o‘rnatadi. Agar odamlar o‘rtasidagi munosabat huquq va axloq vositasida murosaga solinmasa, jamiyat son-sanoqsiz ziddiyat, qarama-qarshiliklar va urushlardan iborat bo‘lib bunday jamiyat oxir-oqibatda inqirozga yuz tutadi. CHunki, odamlarning manfaatlari, qiziqishlari xilma-xil bo‘lib, ularni qondirish jarayonida tabiiy ravishda ziddiyatlar kelib chiqadi.
Insoniyat bilim asosida jamiyatda tartib o‘rnatadigan huquqiy va axloqiy munosabatlar jamiyat ma’naviy madaniyatining shakllanishi va rivojlanishiga, provardida komil inson tarbiyasining ma’naviy omillariga o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Jamiyatni ilm boshqargan taqdirdagina huquq va axloqqa rioya qilish ta’minlanishi hamda bunday nazorat tizimining shakllanishi ham ilmiy asosda bo‘lishi lozim. Jamiyatda shunday nazorat tizimi shakllanishi kerakki, u huquq va axloqqa rioya qilishni amalda ta’minlashga qodir bo‘lsin.
Jamiyatda huquq va axloq asosida qabul qilingan normagarga rioya qilishni ta’minlashga xizmat qiladi. Demak, nazorat bu huquq va axloq asosida qabul qilingan cheklovlarga, shartlarga rioya qilishni ta’minlash orqali jamiyatda tartib o‘rnatadigan mexanizm faoliyatidir.
Bunday shartlarga, normalarga rioya qilishning buzulishi ijtimoiy tizimning faoliyat olib borishiga zarar etkazadi. Ijtimoiy nazoratning asosiy ob’ektlari bo‘lib huquq va axloq hisoblanadi. Nazorat tizimining samarali ishlashini ta’minlash uchun qonun (huquq)ga va axloqqa rioya qilish nazorat qilinishi kerak. Qonun va axloq ijtimoiy hayotning barcha sohalarida amal qiladi.
Ushbu jarayondagi qonun buzilishi holatlari boshqa ko‘plab ijtimoiy muammolarning sababi bo‘lib hisoblanadi. Buyuk olim va tabib Abu Ali Ibn Sino o‘zining asarlarida kasallikni emas, sababini davolash kerak deb, yozib qoldirgan edi. Sabab bartaraf qilinmasa, oqibat bartaraf qilinmasligi allaqachonlar isbotlangan haqiqatdir. Zamonamiz mohiyati bo‘lgan kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyati sari konsepsiyasi jamiyatda tartib o‘rnatishga xizmat qiladigan huquq va axloqqa rioya qilishni nazorat qilishda davlat nazorati va fuqarolik jamiyati nazorati o‘rtasida ijtimoiy hamkorlikni taqozo etadi. Siyosiy partiyalarning dasturiy hujjatlarida qayd qilingan jamoatchilik nazorati masalalari nazorat tizimining tarkibiy qismi bo‘lib, ijtimoiy nazoratni samarali qilishga xizmat qiladi. Bularning barchasi bo‘lishi uchun jamiyatni ilm va ma’naviyat boshqarishi kerak.
Mamlakatimizda jamiyatni ilm va ma’naviyat asosida boshqarish uchun barcha siyosiy, huquqiy va ma’naviy asoslar yaratilgan. Jamiyatni ilm va ma’naviyat asosida boshqarish ijtimoiy tartibni o‘rnatishga qodir bo‘lgan nazorat tizimini, uni harakatlantiradigan mexanizmni va uning tarkibiy qismi bo‘lgan siyosiy partiyalarning jamoatchilik nazoratini shakllantira oladi. Barcha joyda huquq va axloqqa rioya qilinishi jamiyat rivojini ta’minlab, uni olg‘a etaklovchi omillardan biri sifatida namoyon bo‘ladi. Bu esa ijtimoiy yo‘naltirilgan zamonaviy bozor iqtisodiyoti, demokratik huquqiy davlat va kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etayotgan respublikamiz uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
Ma’naviyat insonga ajdodlar o‘giti bilan birga singdirib boriladi. Ilk o‘rta asr buyuk mutafakkirlaridan biri Abu Nasr Farobiy “Fozil odamlar shahri” nomli asarida inson ma’naviy kamoloti uchun asos bo‘ladigan quyidagi fikrlarni bildirganlar, “… Odamlarga nisbatan ularni birlashtiruvchi boshlang‘ich asos insoniylikdir… U o‘z ruhining g‘ururi va vijdonini qadrlaydigan bo‘lsin, uning ruhi o‘z tabiati bilan past ishlardan yuqori va oliyjanob ishlarga ishlatiladigan bo‘lsin... Haqiqiy baxtga erishish maqsadida o‘zaro yordam qiluvchi kishilarni birlashtirgan shahar – fazilatli shahardir, baxtga erishish maqsadida o‘zaro yordam bergan xalq – fazilatli xalqdir. SHu tartibda barcha xalqlar baxtga erishish uchun bir-birlariga yordam bersalar, butun er yuzi fazilatli bo‘ladi”1. Odamlarni insoniy yuksaklikka, komillikka, ahillikka, mehr-oqibatga, adolatga intilib yashashga da’vat etuvchi bobokalonimizning bunday o‘gitlarini fuqarolar, ayniqsa, yoshlar ongiga singdirib, ularning qalbida bunday o‘gitlarga e’tiqod, mehr uyg‘otishga intilib borsak ayni muddao bo‘lur edi.
Ma’naviy madaniyatning eng asosiy o‘zagi hisoblangan inson huquqlari madaniyati tushunchasi ilk bor muomalda qo‘llanganiga uzoq vaqt bo‘lmagan bo‘lsa-da, shaklu-shamoyili, keng qamrovi bilan jamiyatning ma’naviy madaniyati tarkibiga kirib, tezda huquqiy ong, huquqiy madaniyat va inson huquqlari bilan uzviy bog‘liqlik hosil qila oldi va bugungi kunda mushtarak maqsadlarni o‘zida namoyon etmoqda.
Ammo ta’kidlash joizki, “huquqiy madaniyat” va “inson huquqlari madaniyati” bir xil tushunchalar emas, lekin jamiyat ma’naviy madaniyatining asosiy tarkiblari sifatida bir-biri bilan uzviy bog‘liqdir. SHu bilan birga, jamiyatda huquqiy madaniyatning shakllanishida inson huquqlari madaniyati ahamiyatli rolni bajaradi.
Huquq o‘z-o‘zidan inson huquq va erkinliklarini ro‘yobga chiqarishda eng muhim omillardan biri sanalsa, huquqiy ong va huquqiy madaniyat inson huquqlari real va unumli amalga oshishiga ta’sir qiladi. Inson huquqlari madaniyati esa jamiyatda inson huquqlarini ro‘yobga chiqarish kafolatidir.
Jamiyatda inson huquqlari madaniyatining yuksak pog‘onasiga erishish fuqarolarning o‘ziga bog‘liq bo‘lib, bu – har bir fuqaroning o‘z huquq va erkinliklarini yaxshi bilishi, huquqiy hujjatlardan o‘z vaqtida xabardor bo‘lishi, huquq va erkinliklarini himoya qilish borasida ma’lum bir malaka, qobiliyat va bilimga ega bo‘lishi, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarga o‘z munosabatlarini erkin bildira olishi, qonunlarga so‘zsiz rioya etib, boshqalarning huquqlarini himoya qilishidir.
Inson huquqlari madaniyatining shakllanishiga aholi qatlamlarining mavqei, manfaati, yoshi, bilimi, jinsi, kasb-kori kabi bir qator ijtimoiy omillar ta’sir etadiki, ushbu xususiyatlar inson huquqi madaniyatiga o‘ziga xos yondashishni taqozo qiladi.
Inson huquqlari madaniyati demokratik huquqiy davlatni shakllantirishi va adolatli fuqarolik jamiyatini vujudga keltirishi barobarida shaxsning har tomonlama kamol topishi uchun muhit yaratish, zarur mehnat va hayot sharoitini, siyosiy erkinlikni ta’minlashga yordam beradi. Bu holat, umuminsoniy ahamiyatga ega bo‘lgan huquqiy va ma’naviy kafolotlarni, ya’ni rostgo‘ylik, insof, diyonat, ezgulik, shafqat, vijdon, insoniy qadr-qimmat va tanlov erkinligini qamrab oladi.
SHaxsda inson huquqlari madaniyatini shakllantirish uchun eng birinchi o‘rinda huquqiy tarbiya va huquqiy ta’limga katta ahmiyat berish lozim. Mamlakatimizda istiqlolga erishgan ilk kunlarimizdanoq huquqiy tarbiya dolzarb masalalar qatoriga kiritilgan va bu borada amalga oshirgan ishlarimiz fuqarolik jamiyatini qurishda katta ahamiyat kasb etmoqda.
Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 1997 yil 25 iyundagi “Huquqiy tarbiyani yaxshilash, aholining huquqiy madaniyati darajasini yuksaltirish, huquqshunos kadrlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish, jamoatchilik fikrini o‘rganish ishini yaxshilash haqida”gi farmoni hamda Oliy Majlisning 1997 yil 29 avgustdagi Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish Milliy dasturi1 hozirgi kunga qadar aholini huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yanada yuksaltirishda eng asosiy hujjat sifatida amal qilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisida ta’kidlaganidek, “YUksak huquqiy madaniyat – demokratik jamiyat poydevori va huquqiy tizimning etuklik ko‘rsatkichidir. SHu munosabat bilan, bugungi siyosiy-huquqiy voqelikni hisobga olgan holda, mamlakatimizda huquqiy ta’lim va ma’rifatni, jamiyatda huquqiy bilimlar targ‘ibotini tubdan yaxshilashga yo‘naltirilgan maqsadli keng ko‘lamli chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish zarur. Ushbu dasturning amalga oshirilishi aholining inson huquq va erkinliklariga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo‘lishini, fuqarolarda qonunga itoatkorlik tuyg‘usining yanada ortishini ta’minlaydi, deb o‘ylayman”1.
Ayni chog‘da inson huquqlari madaniyati, umuminsonimy madaniyatining tarkibiy qismi bo‘lib, u umumiy madaniyatining shunchaki bir qismi emas, balki uning o‘zagi, tub negizi va asosidir. Jamiyatimizda inson huquqlari maldaniyatini shakllantirishga faqat farzandlarimizning huquqiy tarbiyasini oshirish va huquqiy targ‘ibotlarning sifat darajasini ko‘tarish orqaligina erishish mumkin.
Milliy qadriyatlar komil insonni tarbiyalashda, ular odob-axloqi va huquqiy ma’daniyatini shakllantirishda asosiy omildir. Jamiyatni yangilashda mustaqillik qadriyatlarini e’zozlash, milliy iftixor tuyg‘ularini to‘la shakllantirish milliy istiqlol g‘oyalariga sodiq bo‘lish alohida ahamiyat kasb etadi. Mustaqillik oliy ne’mat ekanligini tushungan holda ushbu tushuncha va g‘oyalarni yanada teran his etish jamiyat a’zolariga o‘ta mas’uliyatli vazifa yuklaydi.
YAngi jamiyat fuqarolarini tarbiyalashda odob-axloq va huquqiy madaniyat muhim o‘rin tutadi. Uning asosini Prezident I.Karimov tomonidan asoslab berilgan milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillari tashkil etadi.
YAngi jamiyat bunyodkori eng avvalo milliy g‘oya va istiqlol mafkurasiga sodiq O‘zbekiston fuqarosidir. YAngi jamiyat bunyodkori Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq faravonligi kabi tushunchalarning mohiyatini chuqur anglashi lozim. Ana shu buyuk g‘oyalar zamirida yangi jamiyat bunyodkorining odob-axloqi va huquqiy madaniyati o‘zining mujassam ifodasini topishi lozim.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti e’tirof etganidek, jahon xo‘jalik aloqalariga qo‘shilishning asosiy sharti sifatida umum qabul qilingan norma va qoidalarga ko‘proq yaqinlashishga intilgan holda, respublikaning o‘z huquqiy asoslarini ishlab chiqishda uning ijtimoiy-iqtisodiy va milliy o‘ziga xos xususiyatlari iloji boricha to‘la hisobga olinishi kerak. SHu bilan birga yangi qabul qilinayotgan qonun hujjatlarida aholining kundalik turmushiga singib ketgan xalq an’analari, urf-odatlari, shaxslararo va millatlararo muomala hamda diniy e’tiqodlarning asriy tarixidan meros qilib olingan, umuminsoniy qadriyatlarga, odamlarning huquq va erkinliklariga zid bo‘lmagan axloqiy normalar albatta aks ettirilishi kerak.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 14-moddasiga ko‘ra, davlat o‘z faoliyatini inson va jamiyat faravonligini ko‘zlab, ijtimoiy adolat va qonuniylik prinsiplari asosida amalga oshiradi. Ushbu konstitutsiyaviy normada odob-axloq va huquqiy madaniyat qoidasi sifatida ijtimoiy adolatni ham o‘z ichiga qamrab olgan. Ijtimoiy adolat — xulqning keng doirasini o‘zida qamrab oladi va uning yaxlit mazmunini o‘zida aks ettiradi. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksida axloqiy tushunchalar va normalar ifoda etilgan, xususan, Kodeksning 9-moddasiga ko‘ra, fuqarolik huquqiy munosabatlari ishtirokchilarining halol, oqilona va adolat bilan harakat qilishi nazarda tutiladi. Fuqarolar va yuridik shaxslar o‘z huquqlarini amalga oshirishda jamiyatning ma’naviy tamoyillari va axloqiy normalarini hurmat qilishlari kerak. SHuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 3-moddasida uning prinsiplari ifoda etilib, “insonparvarlik”, “odillik” kabilar belgilab berilgan. SHuningdek, ushbu Kodeksning 6-moddasida jamoat birlashmalari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari yoki jamoalar jinoyat sodir etgan shaxslar axloqini tuzatish ishiga qonunda nazarda tutilgan hollarda jalb qilinishi mumkinligi nazarda tutilgan. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksi 4-moddasida fuqarolik sud ishlarini yuritishning prinsipi sifatida “ijtimoiy adolat”, “fuqarolar o‘rtasida tinchlik va milliy totuvlik” kabi qadriyatlar o‘zining mujassam ifodasini topgan.
Dostları ilə paylaş: |