Shakllantirishning



Yüklə 57,89 Kb.
səhifə1/7
tarix20.06.2023
ölçüsü57,89 Kb.
#128295
  1   2   3   4   5   6   7
Mavzu Maktabgacha yoshdagi bolalarda milliy urf – odatlar va an


M U N D A R I J A KIRISH

  1. BOB. MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA MILLIY

TUYG’ULARNI SHAKLLANTIRISHNING NAZARIY PEDAGOGIK ASOSLARI.



    1. Maktabgacha yoshdagi bolalarda milliy tuyg’ularni shakllantirish pedagogik muammo sifatida.....................................................................................................

    2. Milli тuyg‘ularni maktabgacha yoshdagi bolalar tarbiyasidagi ahamiyati.......



  1. BOB. MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASALARI TARBIYALANUVCHILARIDA MILLIY TUYG‘ULARNI SHAKLLANTIRISHGA YUNALTIRILGAN TAJRIBA-SINOV ISHLARI.


    1. Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarida milliy tuyg‘ularni shakllantirishda tadbirlar texnologiyasi.............................

    2. Milliy tuyg‘u hissini tarbiyalovchi mashg’ulotlarni amalga oshirish texnologiyasi.....................................................................................................

Xulosa..............................................................................................................


KIRISH




Mavzuning dolzarbligi. Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy taraqqiyotini ta’minlovchi ustuvor yo‘nalishlardan biri sifatida ta’lim sohasi e’tirof etildi. Ustuvor soha bo‘lgan ta’limni tubdan yangilash, uni mazmunan boyitish, ta’lim tizimiga ilg‘or pedagogik texnologiyalarni tadbiq etish va rivojlangan ta’lim darajasiga ko‘tarish mamlakatda olib borilayotgan ta’limiy islohotlarning asosiy g‘oyasi sanaladi.
Maktabgacha ta’lim sohasi uzluksiz ta’lim tizimining birlamchi bo‘g‘ini hisoblanib, u har tomonlama sog‘lom va barkamol bola shaxsini tarbiyalash va maktabga tayyorlashda g‘oyat muhim ahamiyat kasb etadi.
Bugungi kunda Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarining ta’lim-tarbiyasi masalasi davlatimiz, hamda yurtboshimiz Sh.M. Mirziyoyev e’tiborida turgan dolzarb masalalaridan biridir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida 2017 yil 16-avgust kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda maktabgacha ta’lim tizimini tarkibiy jihatdan tubdan isloh qilish, mazkur muassasalarga bolalarni to‘la qamrab olish bo‘yicha muhim vazifalar qo‘yilgan edi. Bu boradagi tahlillar natijasida qisqa vaqtda uchta yirik hujjat — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 9-sentabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3261-sonli Qarori, 30-sentabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5198-sonli Farmoni hamda “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi – faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-3305-sonli Qarori imzolangan. Mazkur sohani takomillashtirish maqsadida qabul qilingan dasturda maktabgacha ta’lim sohasi uzluksiz ta’lim tizimining birlamchi bo‘g‘ini sifatida, bu jarayonda maktabgacha ta’lim muassasalarining bolalar huquqiy savodxonligini shakllantirishdagi o‘rni hamda, respublikada ta’lim-tarbiya tizimi va barkamol avlodni tarbiyalash davlat siyosatining asosiy ustuvor yo‘nalishi ekanligi ta’kidlangan. O‘zbekiston Respublikasi Президентининг 2016 йил 29-dekabrdagi
“2017-2021 yillarda maktabgacha ta’lim tiziminiyanada takomillashtirish chora- tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2707-sonli Qarorda belgilangan vazifalarni amalga oshirish jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, bola huquqlariga oid meyoriy-huquqiy hujjatlar asosida ta’lim sohasida bir qator islohotlar amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 30.09.2017-yilda “Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–5198-sonli farmonida ham maktabgacha ta’lim muassasalarida yosh bolalarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar, insonparvarlik va yuksak ma’naviyat ruhida tarbiyalash, ularning qalbi va ongiga mustaqillik, milliy o‘zlikni anglash g‘oyalarni yanada chuqur singdirish, “ommaviy madaniyat” ko‘rinishidagi yot g‘oyalarga qarshi immunitetni mustahkamlashga yo‘naltirilgan tadbirlarni amalga oshirish kabi fikrlar ilgari surilgan.
Markaziy Osiyoda yashab ijod etgan buyuk allomalarning bildirgan fikrlari hozirgi kunda ham ta’lim-tarbiyada ibrat manbaidir. Ularning meros qilib qoldirgan pedagogik qadriyatlarini hozirgi demokratik jamiyat qadriyatlari bilan uyg‘unlashtirish, mustaqillik yillarida ta’limda qo‘llanayotgan metodlar, pedagogik fikr rivojini o‘rganish, tadqiq etish ham davr talabidir. Shu sababli O‘zbekiston Respublikasi mustaqil davlat maqomiga ega bo‘lgandan keyin istiqlol talablari, qurilajak huquqiy demokratik davlat, adolatli, insonparvar jamiyatga mos kadrlar tayyorlashga alohida ahamiyat berilmoqda.
Shu jumladan, birinchi yurtboshimiz ta’biri bilan aytganda: “Yoshlarga milliy vatanparvarlik ruhida ta’lim-tarbiya berish bugungi kunning jiddiy vazifalaridan hisoblanadi”.
Darhaqiqat, yosh avlodlarda ona vatanga muhabbat, milliy g‘ururni shakllantirishda avvalo, maktabgacha ta’lim muassasalari va oila muhim o‘rin egallaydi.
Milliy g‘ururni xususan yosh avlodlar qalbi va ongiga singdirishda jamiyat hayotining barcha sohalarini qamrab olish, ta’lim-tarbiya, targ‘ibot va tashviqotning samarali shakl va vositalaridan oqilona foydalanish taqazo e’tiladi.
Shu bois vatan-tuyg‘usi, vatanparvarlik hislari, milliy g‘urur, mustaqillik g‘oyasi hamda mehr va sadoqatli bolani yoshiga mos ravishda shakllantirish maktabgacha ta’lim muassasalari vazifalarining asosini tashkil etadi. Yuqorida qayd etilayotgan bizning bitiruv malakaviy ishimizda milliy tuyg‘ularni targ‘ib etishning maqsadi, yosh avlodlarni milliy g‘urur ruhida tarbiyalashda maktabgacha ta’lim muassasalari o‘rni, masalasini tadqiqot obyekti qilib o‘rganishdan iborat.

Yüklə 57,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin