Maqsad: Bolalarga Vatan”, “O’zbek xalqi, uning farzandlari” she’rlarini o’qib berib bolalar qalbida ona yurtiga, farzandlariga mehr – muhabbat, mehr – shafqat tuyg’usini kuchaytirishga harakat qiladi.
Maqsad: Ona Vatanga mehr – muhabbat, uning farzandlariga mehr – shafqatni tarbiyalash maqsad Ona Vatanga qiziqish bolalarda mustaqil O’zbekiston davlati haqidagi tushunchalarni kengaytirish, O’zbekistonning gerb, bayrog’i, madhiyasi bilan kengaytirish, shular orqali bolalarda mehr – shafqat tuyg’usini tarbiyalash.
– Mavzu: Ona mamlakatimiz shifobaxsh o’simliklari haqidagi bilimlarni kengaytirish ularni asrab – avaylash, ehtiyotlash, bolalarni tevarak atrof, ular mehrli, ehtiyotkorlik tasavvurlarini kengaytirish, bilimlarni mustahkamlash, chaqqonlik, topqirlik, sezgirlikni shakllantirish.
– Mavzu:“Ma’naviyatdavrasi”.
Maqsad: Davra suhbati orqali O’zbekiston haqida, unda yashab o’tgan allomalar haqida bilgan bilimlarni aniqlash va ularning qilgan ishlari yozgan asarlari, she’rlari, odob – axloq haqidagi so’zlari orqali o’z Vataniga, ota – onasiga, do’stlariga mehr – muhabbatni, mehr – shafqatni va o’zbeklarga xos bo’lgan qoidalarni bolalarda shakllantirish.
5-6 yoshdagi bolalarda mиллий туйғу hislarini tarbiyalash bo’yicha bayram rejasi namunasi.
Mavzu: “Vatanni (sevmoq) mardlar qo’rqlaydi”.
Maqsad: Bolalarda fidoiylik, vatanparvarlik, mehr shafqat, jasurlik hislarini tarbiyalash va shakllantirish.
Har bir mashg’ulot, suhbatlari va bayram kechalari bolalarga chuqur ta’sir ko’rsatdi va ularda mehr –shafqat hislarini chuqurroq shakllantirishga yordam berdi.
Quyida va ilovada tajriba sinov ishi davomida olib borilgan mashg’ulotlar suhbatlar va bayram rejalaridan namunalar keltiramiz.
Mashg’ulotlar nomi “Kindik qonim to’kilgan yer”.
Maqsad: Bolalarga “Vatan”, “O’zbek xalqi” she’rlarini o’qib berib, bolalar qalbida ona yurtiga muhabbat, mehr – shafqat hissini kuchaytirishga harakat qiladi. O’lkamiz tabiati go’zal manzaralar tasvirlangan san’at asarlaridan bahra olib, nafosat tuyg’usini rivojlantirish.
Mashg’ulotga tayyorlik:
“O’bekiston” manzarasi aks etgan asarlar, “Vatan”, “Ona yurt” mavzusida rassomlarning ishlari har bir bola uchun 30 & 40 formatli oq qog’oz, rangli qalam, mo’yqalam akvarel.
Mashg’ulotning borishi:
Aziz bolajonlar bugun sizlar bilan Vatan haqida suhbatlashamiz. Qani bolalar Vatan deganda kim nimani anglaydi ?
Rashid: ( 1 ) – “Vatan – bu biz tug’ilgan joy”. Malika: ( 2 ) – “Vatan – bu, O’zbekiston”.
Tarbiyachi barakalla qo’zichoqlarim, menga javoblaringiz ma’qul. Vatan – bu biz tug’ilgan, kindik qonimiz to’kilgan joy, ota – bobolarimiz, ajdodlarimizdan meros qolgan zamin, bizlarni oq yuvib oq tarab voyaga yetkazgan yurtdir. Vatan avvalo oilamiz, mahallamiz, ko’chamiz, shahrimiz, qarindosh urug’larimiz, ularning har biri Vatanimizning uzviy parchasidir. Qani aytinglarchi biz yashab turgan joyning nomi nima ?
Diyor: ( 3 ) – O’zbekiston
Tarbiyachi: Balli bizning vatanimiz O’zbekiston. Bu go’zal yurtimizning tabiati ajoyib manzaralari, dilimizga huzur bag’ishlaydi. Bizning yurtimiz vodiylarga, vohalarga, go’zal bog’u – rog’larga, purviqor tog’larga, serhosil va unumdor zamin kengliklariga boydir. O’zbekistonimizning go’zal tabiatini juda ko’p rassomlarimiz go’zal qilib tasvirlashgan. Xassos shoirimiz Hamid Olimjon, O’zbekiston she’rida Vatan g’oyasini ko’tarinki ruhda madh etadi.
Bolajonlar, biz hammamiz o’zbek millatiga mansubmiz. Biz bu bilan doim faxrlanishimiz zarur, unga mehr – shafqatli bo’lishimiz kerak. O’zbek xalqi mehnatkashligi, jafokashligi, g’oyat sabrli, bardoshli, keng fe’lli, mehr – shafqatli, mehmondo’st, bolajon, rahmdil va vatanparvarligi bilan obro’ qozongan. Kishi o’z vatanida yayrab – yashnab yashaydi, Vatanni asrab avaylaydi, odamlarga mehr – shafqat ko’rsatadi. Vatanning mehrli fidoiy kishisi bo’lib yashaydi.
Bizning o’lkamizda 150 dan ziyod millat va elatlar yashaydi. Bu millat va elatlar bir – birlariga mehr – muruvvatli, mehr – shafqatlidirlar. Ular O’zbekistonning yanada gullab yashnashi uchun kamarbasta bo’lmoqdalar.
Bolajonlar endi oldingizdagi oppoq qog’ozga o’z Vatanimiz, mehrimiz, ko’chamiz, bog’chamiz, mahallamiz rasmini tasvirlab berasizlar.
Mashg’ulotning yakuni.
Tarbiyachi mashg’ulot so’ngida bolalarning ishlarini kuzatib, yaxshi chiqqan rasmlarni bolalarga ko’rsatadi, bolalarni rag’batlantiradi.
Mashg’ulotning tahlili.
Kuzatish shuni ko’rsatadiki, bolalarda mashg’ulot orqali ona yurtga muhabbat hissi kuchaydi. Bolalarda mehr – muhabbat, mehr – muruvvat hissi shakllandi. Mustaqillik sharofati bilan qayta tiklangan, xaq – huquqlarimiz, ozodlik, erkinlik, o’z davlat tiliga ega bo’lish tabiat boyliklaridan xalq baxt saodati, manfaati yo’lida foydalanish haqida bilimga ega bo’ldilar. Vatan “O’zbek xalqi” she’ri orqali bolalarda Vatan bilan faxrlanish, fidoiylik, mehr – shafqat tuyg’ularini o’stirishga imkon yaratildi.
Mshg’ulotlarda bolalardan Ona yurtni sevish, uning boyliklarini qadrlash, ota – onalariga, do’st – o’rtoqlariga, mehr – shafqat ko’rsatish, o’z ona tuprog’ini har bir qarich yerini asrab avaylash, uning uchun jonini fido qilish kabi his – tuyg’ularni shakllantirildi.
Katta maktabgacha yoshdagi bolalarda mehr – shafqat hislarini tarbiyalashda tarbiyachilarning yana bir vazifasi materialni jonli va qiziqarli qilib bayon qilib bolalarda mehr – shafqat hislarini jonlantirish, uyg’otish va shakllantirishdir. Ana shu hislatni maktabgacha yoshdagi bolalarda tarbiyalay olsak, bu bola katta
bo’lganda albatta o’z Vataniga, uning xalqiga, katta – yu kichigiga albatta mehr – oqibatli, mehr – shafqatli inson bo’lib kamol topadi.
Mehr – shafqat g’oyalari, inson sahovati, muruvvati haqidagi fikrlar, “Avesto” kitobida qadimgi bitiklarda va boshqa yozma manbalarda o’z ifodasini topgan. Bulardan tashqari o’zbek xalqi orasida keng tarqalgan pandnomalar, o’gitlar va odobnomalarda diniy falsafiy risolalarda ayniqsa hodisalarda komil inson, insonparvarlik, mehr – shafqat kabi insoniy hislatlarga keng o’rin berilgan.
Maktabgacha yoshdagi bolalarda bu xislatlarni shakllantirish avvalo oilaga, qolaversa atrof muhit, do’stlar, maktabgacha tarbiya muassasasi tarbiyachilariga bog’liq, ular orasidagi munosabatga bog’liq, ular orasidagi munosabatga bog’liq. Chunki, maktabgacha yoshdagi bolalar taqlidchan bo’ladilar. Kattalar tomonidan berilayotgan mehr – shafqat albatta kichiklarda o’z aksini topadi.
Bundan tashqari mahoratli tarbiyachi katta maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalarda mehr – shafqat hislarini shakllantirishda o’yin faoliyatidan foydalanish mumkin.
O’yinlar asrlar davomida Maktabgacha pedagogikada tarbiya vositasi bo’lib hisoblanadi. Chunki o’yin har bir sog’lom bolaga quvonch bag’ishlaydi, uning ruhiyatini ko’taradi, tafakkurini o’stiradi, tevarak – atrof bilan tanishuvda yaqindan yordam beradi, uni yashashga o’rgatadi, unga mehr – muruvvatli bo’lish hislarini uyg’otadi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar rang barang harakatli, didaktik, syujetli – rolli o’yinlarni o’ynaydilar. Chunki syujetli – rolli o’yinlarda bolalar o’zlarini xuddi o’sha muhitda his qiladilar. Masalan, “Ona – qiz”, “Xola – xola” , “Doktor – doktor” , “Maktab – maktab” , “Bog’cha – bog’cha” va hokazolar.
Tanlangan rolli o’yin bolani butunlay chulg’ab oladi, uning aqlli hissiyotlariga ta’sir ko’rsatadi.
Agar bola rollardan qaysi birini tanlasa, u o’shaning mag’zini chaqib va obrazga kirishib uni chuqur his qilgan holda, shunga muvofiq o’zini tutadi. O’yin jarayonida bolalar o’zaro munosabatda bir – birlarini tushunishga, hurmat qilishga, mehr – shafqat ko’rsatishga harakat qiladilar. Aks holda o’yin buziladi. Qonun –
qoidalar o’yinni saqlab qolishiga yordam beradi. Uning barcha qatnashchilarini uyushgan holda harakat qilishga majbur etadi. Shu tariqa bola ham o’zi sezmagan holda tengdoshlari, jamoasi orasida o’zini qanday tutish lozimligini o’rganib oladi. Sheriklari bilan birgalikda harakat qilishda uyushqoqlik talab etadigan individual va hamkorlikdagi o’yinlar jarayonida bola uyushqoq intizomli bo’lishni o’rganadi.
XULOSA Yosh avlodga milliy g’urur va milliy qadriyatlarni singdirish borasida qilayotgan ishlarimiz o’z samarasini berdi. Maktabgacha yoshdagi bolalarda xalqimizning qadriyatlari urf-odatlarini ardoqlashga, ularga amal qilishga, millatimiz fidoiylari kabi jasur, vatanparvar bo’lish, Vatanimizning gerbi, bayrog’i, madhiyasi bizning faxrimiz, g’ururimiz ekanligi, Konstitutsiyamizga hurmat, Vatanni ardoqlash to’g’risidagi tushunchalari hosil bo’ldi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarda buyuk siymolar bilan tanishtirish orqali bobolarimiz ibratini o’zlariga singdirib oladilar. Bobolarimiz qanchalar xalq, manfaatini ko’zlab tutishganliklari, ularga o’xshash inson bo’lishga harakat qilishlari kerakligini anglab yetadilar.
Mashg’ulotlar bolalarni qiziqishlaridan kelib chiqqan holda ekskursiyalar, sayohatlar, suhbatlar, bahs-munozaralar, tarbiyaviy-tadbirlar uyushtirish orqali olib boriladi.
Biz maxsus shakl va metodlardan foydalanib, “Bolajon” tayanch dasturiga asoslanib, maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarida milliy туйғуni shakllantirish bevosita tarbiyachi-pedagoglarga va ota-onalarga bog’liq, ikki tomonlama harakat ekani tadqiqotlarimiz davomida ko’rindi. SHuning uchun ham tarbiyachi-pedagoglar va ota-onalar uchun quyidagi tavsiyalarni beramiz.
Tarbiyachi–pedagoglar muomala odobi, pedagogik bilimlari, hamda doimo o’z mahoratlarini oshirib borishlari muhimdir;
Maktabgacha yoshdagi bolalarda milliy tuyg’ularni shakllantirish jarayoniga jiddiy yondashib, tarbiyalanuvchilarning o’z qobiliyatini namoyish qilishiga e’tiborni qaratish kerak;
Maktabgacha yoshdagi bolalarda milliy tuyg’ularni shakllantirish, ularni baholashni o’tkazish jarayonda bolalar o’zini erkin tutishi va noqulay his qilmasligiga imkoniyat yaratish kerak;