Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi ds



Yüklə 1,45 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/82
tarix11.10.2023
ölçüsü1,45 Mb.
#129960
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   82
Babajanov.S Dissertatsiya. 10.01

(jamoatchilik nazoratini ta’minlamaguncha) 
davlat 
ishlarida siljish 
(rivojlanish)
bo‘lmasligini uqtirib o‘tadi.
Antik yunon mutafakkirlaridan Aristotel’ (miloddan avvalgi 384-322 yillar) 
o‘z qarashlarida davlat boshqaruvini demokratlashtirishda xalq fikrini inobatga 
olishga, 
ularga 
katta 
vakolatlarni 
berish 
orqali 
davlat 
boshqaruvini 
tashkillashtirishga alohida urg‘u beradi. Bu aynan bugungi jamoatchilik nazorati 


40 
fenomenining retrospektiv asoslarini ko‘rsatadi. Arastu konsepsiyasining asosiy 
g‘oyasida “xalq yig‘ini – ekklesiya”

yotadi, ya’ni xalq yig‘inining vakolat doirasi 
juda keng bo‘lib, xalq yig‘ini orqali mansabdor shaxslarni saylash, ular faoliyatini 
tekshirish, shuningdek, mansabdor shaxslarni ayblash va boshqa masalalarga 
alohida to‘xtaladi. Bu yig‘inda Afinalik har bir fuqaro istagan masalasini xalq 
yig‘iniga qo‘yishga[65; 214-218-b.], unda so‘zga chiqishga haqli hisoblangan. 
Arastu “haqiqatni izlash ham oson, ham mushkul”, deydi. Chunki, hech kim 
unga to‘liq erisholmaydi. Shuning barobarida, hech kim uni umuman payqamasligi 
ham mumkin emas. Ammo har bir odam tabiatni anglashimiz uchun ozgina bo‘lsa-
da, o‘z hissasini qo‘shadi, ushbu hissalar yig‘indisi natijasida esa ulug‘vor manzara 
paydo bo‘ladi”[24; 55-b.] − deb, jamoatchilik nazoratini olib boruvchi subyektiv 
organlarning huquqiy maqomini belgilab beruvchi “Jamoatchilik nazorati 
to‘g‘risida”gi qonunni yaratilishi, bu tizimni samarali ishlashi uchun qay darajada 
muhim ekanligini isbotlashga harakat qiladi. 
Sharq uyg‘onish davri mutafakkirlarining jamiyat, davlat, xalq, jamoatchilik 
fikri, boshqaruvi, nazorati borasidagi qarashlari ham diqqatga sazovor hisoblanadi. 
Xususan, Abu Nasr Forobiy (870-960) siyosiy-huquqiy ta’limoti asosida − 
mukammal (fazilatli) jamiyat va shahar, davlat barpo etish borasidagi qarashlar 
yotadi.
Forobiy jamoatchilik fikri, boshqaruvi hamda nazorati ustuvor bo‘lgan 
jamiyatga erishish uchun boshqaruvchi ham, boshqariluvchi ham jamiyat 
manfaatlari yo‘lida harakat qilishi kerakligini aytib, fuqarolar huquqi ustuvor 
bo‘lgan davlatni qurish uchun jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlarda quyidagi 
tamoyillar ustuvor bo‘lishi kerakligini ta’kidlaydi: 
− xushbichimlik; 
− fahm- farosatlilik; 
− o‘tkir xotira; 
− idroklilik; 
*
Ҳар бир халқ йиғинининг кун тартиби олдиндан белгиланган. Ҳар ойдаги йиғинлардан биттаси асосий йиғин 
ҳисобланган. Унда мансабдор шахслар фаалияти текширилган, уларга қўллаш керак бўлган чоралар муҳокама 
этилган. 


41 
− so‘zga chechanlik; 
− ilmga chanqoqlik; 
− har bir ishda me’yorni saqlay bilish; 
− halollikka muhabbat va yolg‘onga nafrat; 
− olijanoblik; 
− boylikka nafrat; 
− adolatparvarlik; 
− qat’iylik. 
Abu Ali Hasan ibn Ali Tusiy Nizomulmulk (1018-1092) tomonidan yaratilgan 
“Siyosatnoma” asarida keltirilishicha, “Odil podshohlar hamisha zaiflar haqida 
o‘ylaydi va mamlakat zarurati uchun har ikki-uch yilda muqatte’larning ishlarini 
taftish qiladi, toki muqatte’lar raiyat haqiga ko‘z olaytirmasin, viloyat obod va 
ma’mur bo‘lsin”[30; 44-b.]. Darhaqiqat, davlat siyosatiga nisbatan shakllangan 
jamoatchilik fikrini, uning tendensiyalarini doimiy o‘rganish – boshqaruv organlari 
o‘z vazifasini qay darajada bajarayotganini nazorat qilib borish, davlat va xalq 
o‘rtasidagi munosabatlar barqarorligini ta’minlashga xizmat qiladi[104]. Zero, har 
qanday tarixiy davrda xalq mehri-muruvvatini qozonishda muhim qoida bo‘lgan 
mezonlar borki, ular keng jamoatchilik ongida davlatga nisbatan pozitiv fikrlar 
shakllanishida namoyon bo‘ladi. 
Buyuk sarkarda Amir Temur (1336-1405) faoliyati va davlatni boshqarish 
siyosatida jamoatchilik fikriga tayanish masalasi alohida ahamiyat kasb etadi. 
Tarixchi olim B.Ahmedov “Amir Temur o‘gitlari” nomli asarida Amir Temurning 
jamoatchilik fikri asosida davlat boshqaruvi va jamiyat barqaror ijtimoiy 
muvozanatini saqlash borasida jamoatchilik nazoratining zarurati borasidagi amaliy 
ishlarini quyidagicha tasniflaydi: 
− garchi ishning qanday yakunlanishi taqdir pardasi ortida yashirin bo‘lsa 
ham, aqli raso va hushyor kishilardan kengashu tadbir istab, fikrlarini bilmoq lozim; 
− podsho saltanat ishlarida har kimning so‘zini eshitsin, har kimdan fikr olsin. 
Qaysi biri foydaliroq bo‘lsa, uni ko‘ngil xazinasida saqlab vaqtida ishlatsin[50; 3-
15-b.]. 


42 
Temur saltanatini boshqarishda jamoatchilik fikri va nazoratiga alohida 
e’tibor bilan qaragan. Masalan, muntazam tarzda saltanatning viloyat va uluslarida, 
zabt etilgan mamlakatlarda qurultoy, yig‘in va kengashlar o‘tkazib turilgan. Bu 
tadbirlar amir, hokim va beklar tomonidan jamoatchilik fikri asosidagi davlat 
boshqaruvi silsilasida muhim rol o‘ynagan. Shuningdek, jamoatchilik fikrini 
o‘rganishda hozir ilmiy taomilga kirgan usul, ya’ni induktiv metod asosida fikrni 
o‘rganish uchun jamiyatni bir necha soha guruh va tabaqalarga bo‘lgan holda 
ijtimoiy, adolatli va huquqiy asoslarda boshqarish tizimini yo‘lga qo‘ygan[21; 111-
b.]. 

Yüklə 1,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin