67
nazorati o‘rnatilganligini his etishadi. Bu oxir-oqibat, jamiyatda ijtimoiy taraqqiyot
va boshqaruvda adolat qaror topishiga olib keladi. Ammo bu masalaning bir tomoni
bo‘lib, biz tomondan ko‘tarilayotgan masala, muammoning boshqa jihatiga
qaratilgan. Aniqroq aytganda, jamoatchilik nazoratini olib borishda
(mahalla,
ommaviy axborot vositalari, partiya va boshqa fuqarolik institutlari)
“bir tan va jon”
bo‘lib, aniq rejali faoliyatlar muvofiqligiga erishmas ekan[104], kutilgan natija
bermaydi.
Bizning taklif, mahalla maskanida OAV, shu hudud deputati va jamoatchilik
fikrini o‘rganuvchi tashkilotlarning doimiy ish joyini tashkil etish kerak. Bu nima
beradi? Javob:
birinchisi,
mahalla xalq muammosini aniqlash, davlat organlari faoliyati
yuzasidan “mahalladagi jamoatchilik fikrini” yuqoridagi institutlarga taqdim etish
vazifasini bajaradi;
ikkinchisi,
OAV muammoning real holati, uni haqiqatga qay darajada mosligi
va bu masala bo‘yicha bildirilayotgan jamoatchilik fikrini yoritish bilan
shug‘ullanadi;
uchinchisi,
deputat esa, mavjud muammolar bo‘yicha qonuniy vakolatidan
kelib chiqqan holda, uning davlat organlariga yetkazish va bajarilishini nazorat
qiluvchi huquqiy mexanizmni bajaradi;
to‘rtinchisi,
jamoatchilik fikrini o‘rganuvchi tashkilotlar – olib borilayotgan
amaliy ishlar bo‘yicha xalq fikrini, qarashlarini hamda nuqtayi nazarini o‘rganib,
ko‘rilayotgan masala bo‘yicha keyingi bosqichni belgilab beruvchi drayver
funksiyasini o‘taydi.
Yuqoridagi to‘rtlikdan iborat tizim faoliyatidagi funksionallashuv asosida
qanday natijalarni qo‘lga kiritish mumkin? Javob:
birinchidan,
har qanday davlat organi vakili
Dostları ilə paylaş: