Uchinchidan,
samarali jamoatchilik nazoratini tashkillashtirish, uni amalga
oshiruvchi ijtimoiy mexanizmlarning huquqiy maqomini mustahkamlash, bu
yo‘nalishda faoliyat olib boruvchi institutsional tizim rivojiga ko‘maklashish
maqsadida 2018 yil 4 iyulda “Davlat organlari huzurida jamoatchilik kengashlari
faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi (PQ-3837-son) O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti qarori tasdiqlandi. Ushbu qarorni qabul qilishdan maqsad:
− mamlakatimizda mustaqil fuqarolik institutlarini rivojlantirish va
mustahkamlash, ularning erkin faoliyati kafolatlarini ta’minlash, davlat
organlarining fuqarolar bilan yaqin hamkorligini yo‘lga qo‘yish, ularning ochiq,
shaffof va oshkora faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash, davlat organlari faoliyati
ustidan ta’sirchan jamoatchilik nazoratini o‘rnatishda;
129
− davlat organlarining nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik
jamiyatining boshqa institutlari bilan ijtimoiy sherikligini amalga oshirishning
huquqiy mexanizmlari yaratishda;
− davlat organlari faoliyati ochiqligini ta’minlashning huquqiy asoslari
shakllantirishda;
− jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini ko‘rib chiqish tizimi tubdan
isloh qilish, korrupsiyaga qarshi kurashish mexanizmlarining qonunchilik asoslari
yaratishda[101] jamoatchilik kengashlari faoliyatidan samarali foydalangan holda
ta’sircha jamoatchilik nazorati mexanizmini joriy etishga qaratildi.
Jamoatchilik kengashlari jamoatchilik nazorati ta’sirchanligini oshirish
bo‘yicha katta imkoniyatlarga ega hisoblanadi. Xususan, vakolatli uyushma sifatida
quyidagi funksiyalarga egadir:
− davlat organining faoliyatiga doir masalalar yuzasidan fuqarolar, nodavlat
notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining tashabbuslari
hamda murojaatlarini ko‘rib chiqishda ishtirok etadi, shuningdek, ularni ko‘rib
chiqish natijalari bo‘yicha davlat organiga tegishli takliflar kiritadi;
− davlat organining fuqarolar, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik
jamiyatining boshqa institutlari bilan o‘zaro hamkorligini tahlil qiladi, shuningdek,
hamkorlikni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;
− davlat organi faoliyatiga taalluqli uning normativ-huquqiy hujjatlari va
qarorlarini takomillashtirish, ulardagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha
takliflar ishlab chiqadi;
− davlat dasturlari loyihalarini, tadbirlar rejalarini va davlat organi faoliyatiga
taalluqli, shu jumladan korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi boshqa
hujjatlarni ishlab chiqish yuzasidan takliflar tayyorlaydi, qabul qilingan dasturlarni
amalga oshirishda vakolatlari doirasida ishtirok etadi
[82]
hamda bajarilgan
ishlarning samaradorligini tahlil qiladi.
Jamoatchilik kengashining bu imtiyozlari nafaqat jamoatchilik nazoratini
barqaror rivojlanishiga ta’sir etadi, balki jamiyatda demokratik institutlarning o‘rni
va mavqeini ham oshishiga turtki bo‘ladi. Chunki, har bir davlat idoralari qoshida
130
tashkil etilgan bunday kengashlar faoliyati birinchidan, davlat organlari faoliyati
ustidan samarali jamoatchilik nazoratini o‘rnatishga ko‘mak bersa, ikkinchidan,
davlat organlari ongidan “bizni qilayotgan ishlarimizdan jamoatchilik bexabar”
[104]
degan tushunchani chiqishiga olib keladi.
Bir so‘z bilan aytganda jamoatchilik kengashi – xalq va uning manfaatlarini
qondirilishi uchun xizmat etuvchi jamoatchilik organi hisoblanadi. Ammo, bu
Kengashning ishlash faoliyatini yanada demokratlashtirish, xalq manfaatlari
ustuvorligiga qaratilgan vazifalari ijrosi ustidan ham nazorat o‘rnatish zaruratini
hayotning o‘zi ko‘rsatmoqda
[104]
. Shu sababli, jamoatchilik kengashlarining
quyidagi vazifalarini tizimli, ya’ni vijdonan bajarish mexanizmini ishlab chiqishni
quyidagicha taklif etildi:
1. Davlat xizmatlarini ko‘rsatish, ijtimoiy sheriklik doirasida amalga
oshiriladigan bitimlar, shartnomalar, loyihalar va dasturlarni ro‘yobga chiqarish
bo‘yicha davlat organi va uning mansabdor shaxslarining faoliyati ustidan
jamoatchilik nazoratini amalga oshirish;
2. Davlat organining nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot
vositalari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan samarali hamkorligini
ta’minlash uchun davlat organini fuqarolar bilan bog‘lab turadigan
“
ko‘prik
”
rolini
bajarish;
3. Davlat boshqaruvi organlariga nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik
jamiyatining boshqa institutlaridan kelib tushgan sotsial va ijtimoiy ahamiyatga
molik loyihalarni umumlashtirish va baholash;
4. Fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga daxl
qiluvchi eng muhim masalalar yuzasidan davlat organining faoliyati haqidagi
jamoatchilik fikrini tizimli monitoring qilish va har tomonlama tahlil qilish;
5. Davlat organi faoliyatining ochiqligini ta’minlash bo‘yicha amalga
oshirilayotgan tadbirlarni monitoring qilish, uning faoliyati to‘g‘risida batafsil
axborot olish imkoniyatlarini tahlil qilish, ularni yanada kengaytirish bo‘yicha
takliflar ishlab chiqish;
131
6. Davlat organi faoliyatini isloh qilishda fuqarolar ishtirok etishi uchun
yaratilgan shart-sharoitlarni o‘rganish va ularni yaxshilash bo‘yicha takliflar ishlab
chiqish
[101]
va hokazolar.
Ushbu paragraf bo‘yicha olingan ilmiy-nazariy natijalar asosida quyidagi
xulosaga kelindi:
Dostları ilə paylaş: |