Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi ds



Yüklə 1,45 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə72/82
tarix11.10.2023
ölçüsü1,45 Mb.
#129960
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   82
Babajanov.S Dissertatsiya. 10.01

Birinchidan,
 
jamoatchilik nazorati samaradorligini ta’minlashda, uning 
ijtimoiy-huquqiy mexanizmlarini ishlab chiqishda, bu yo‘nalishdagi mavjud 
metodologiyaga yangicha yondashuvni olib kirishda − matematik metodlardan 
foydalanish, birinchidan amaliyotda qo‘llanilayotgan metodlarning keraklilik 
darajasiga aniqlik kiritishga imkon bersa, ikkinchidan ishlab chiqilayotgan ijtimoiy-
huquqiy mexanizmlar o‘rtasidagi differensiallashuvni oldini olishda amaliy ko‘mak 
bo‘ladi.
Ikkinchidan,
 
jamoatchilik nazoratini olib borish vakolatiga ega bo‘lgan 
institutsional tizim subyektlari xilma-xil bo‘lganligi bois, uning harakatlanish 
mexanizmlari ham turlicha bo‘lishi tabiiy holdir. Ammo umumiy mezonga, ya’ni 
qolipga solingan mexanizmni joriy qilmasdan turib, bu tizim samaradorligiga 


119 
erishish qiyin kechadi. Shu sababli, “X
2
-mezoni”dan foydalanish nisbatan samarali 
natijalarni qo‘lga kiritishga olib keladi. Masalan, “X
2” 
modellashtirishning boshqa 
usullaridan afzalligi shundaki, u 
birinchidan
jamoatchilik nazoratini tashkillashtirish 
jarayonida qanday muammolar to‘siq bo‘lib kelayotganligini ichki intuitiv 
ta’sirlarigacha aniqlashga imkon bersa, 
ikkinchidan
mavjud muammolarning 
alohidalikdan umumiylik sari harakatlanishini aniqlab, uning xususiylashish 
tendensiyalari o‘rtasidagi dinamik o‘sish jarayonini turkumlashtirishga imkon 
beradi.
Uchinchidan,
“X
2
-mezoni” alohida omillar o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlikni 
topishga, bir mezonni ikkinchisiga ta’sir kuchini aniqlashga, qo‘llanilayotgan 
usullarning bir-biri bilan mantiqan bog‘liqlilik darajasini ko‘rsatish asos bo‘ladi. 
Buni biz yuqorida keltirib o‘tilgan matematik hisoblash amaliyotida ham isbotladik. 
Shuningdek, bu metod ijtimoiy sotsiologiya tadqiqotlarida to‘plangan statistik 
ma’lumotlarni tahliliy taqqoslash, ma’lumotlarda uchrab turuvchi noaniqliklarni 
bartaraf etish va aniq ilmiy gipotezalarni ilgari surishda ijobiy natijalar berishi bilan 
ham ahamiyatlidir. 
To‘rtinchidan,
falsafiy tadqiqotlarda matematik metodlardan foydalanish 
tendensiyasi Gʻarb tadqiqotlarida XIX asrning o‘rtalaridan boshlab ommalashgan 
bo‘lsa, Sharq olimlari tadqiqotlarida XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab asta 
sekinlik bilan kirib kelmoqda. Xususan, ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlardagi 
tadqiqotlarda qo‘llash jarayoni sust kechmoqda. Bu 
birinchidan
, ijtimoiy-gumanitar 
soha vakillari olib borayotgan tadqiqotlarning ilmiy salohiyatini oshirishga to‘siq 
bo‘layotgan bo‘lsa, 
ikkinchidan
dunyo tajribalari globallashayotgan davrda, 
ijtimoiy-gumanitar fan yutuqlarini ilmiy integratsiyalashuv jarayoniga qo‘shilishiga 
salbiy ta’sir etmoqda. 

Yüklə 1,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin