Sharqshunoslik


Popperning falsafa tarixi davrlari va



Yüklə 68,07 Kb.
səhifə5/7
tarix05.11.2022
ölçüsü68,07 Kb.
#119005
1   2   3   4   5   6   7
Karl popperning ijtimoiy-falsafiy

Popperning falsafa tarixi davrlari va


qadimgi faylasuflarning davlat to’g’risidagi fikrlari tahlili
Karl Popper postpozitivizmning yirik namoyondalaridan biri sifatida o‘z diqqat-e‘tiborini ijtimoiy-tarixiy jarayonlarni o‘rganishga jalb qildi. Uning ushbu sohaga tegishli bo‘lgan asosiy asari ―Ochiq jamiyat va uning dushmanlari‖ deb nomlanadi. Mazkur asarda Popper falsafa tarixi davrlarini tahlil qilib chiqadi.
Popper tahlilni qadimgi davr falsafasidan boshlaydi, bunda dastlabki demokratik jamiyatlarning paydo bo‘lishini, xususan, Afina davlat-shaharlari tarixini tahlil qilib beradi.
Shuningdek, Popper Qadimgi davr faylasuflarining davlat to‘g‘risidagi fikrlarini ham tahlil qilib chiqadi. Dastlabki demokratik jamiyat Afinada shakllanadi, u quldorlik demokratiyasi edi. Bu jamiyat qadimgi aristokratik tuzumga qarshi qurol natijasida vujudga keladi. Aristokratik polis davlatlarni oliyzotlar sulolasi boshqarar edi. Aristokratik tuzumni qadimgi faylasuflardan Effeslik Geraklit, Protagor va Aflotun yoqlab chiqqan edi11. Popper bu ikki donishmandning jamiyat, davlat haqidagi qarashlarini tahlil qiladi. U Geraklitni jamiyat taraqqiyotini orqaga qaytish jarayonida deb talqin qilgani uchun tanqid qiladi. Geraklit fikricha, go‘zallik va mutanosiblik dunyosi abadiy dunyodir.
Shuning uchun ham u o‘zgarmasdir. Zaminiy dunyoda esa hamma narsa o‘tkinchidir, o‘zgaruvchandir, nisbiydir. Shunga zaminiy hayot mutanosib va abadiy bo‘la olmaydi. Go‘zallik dunyosi, Geraklit fikricha, ilohiy logos dunyosidir. Bu dunyo oquvchanlikni, o‘zgaruvchanlikni aniqlab beradi. Zaminiy qonunlarda samoviy qonuniyatlar in‘ikos etadi. Bu dunyoda hamma narsa o‘zgaruvchan, oquvchandir. Popper Geraklitni demokratik jamiyatni birinchi dushmani deb biladi, uni ―tanlanganlar‖ nazariyasining tarafdori deb, hisoblaydi. Geraklitning intuitsiya haqidagi ta‘limotini Popper mistika deb ataydi, dunyoqarashini esa ratsionalizmga qarshilikda ayblaydi.





11 Qarang: Jowet W.. The works of Karl Popper. —Nyu York., «Education», 1998. –P 342.
Popper o‘zining ―Ochiq jamiyat va uning dushmanlari‖ asarining 5 – bobida mazkur faylasuflar qatorida sofistlarning ham tabiat, jamiyat, davlat va shartnoma haqidagi fikrlarini tahlil qilib o‘tadi.
Popper bu bobda keltirishicha, ―Aflotun jamiyatni ilmiy analiz qilgan birinchi faylasuf emas. Dastlabki buyuk mutafakkirlar o‘zlarini sofistlar deb ataganlar. Odamning atrof muhitdagi tarkibiy qismi – uning tabbiy va jamiyat muhitidagi farqi ehtiyoj deb tushunishgacha belgilanganidan farq qiladi. Bu farq murakkab barpo etilgan va anglangan dalillardan xulosa chiqarilganidek, hozir biz fikrimizda mavjud bo‘lgan isbotdan farq qilmaydi. Protagor davridan beri har doim savol-javoblar mavjud bo‘lgan. Bizga ko‘proq ma‘qullangan jamiyatimizning hayratomuz kuchli ishtiyoqi tabiiydek tuyuladi. Ibtidoiy qabilaga oid xatti-harakatlar ajoyib xarakterlidir. Yopiq jamiyatda yashash quyosh nur sochganda undan bebahra qolgandekdir12‖.
Qonun – tabiiy qonun ifodasida aniq tasvirlanadi. Agar biz tabiat qonunini to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligini bilmasak va agar yana biz o‘zimizning ishonchsiz qarashlarimizni belgilasak, biz uni keyin gipoteza deb ataymiz. Agar biz tabiat qonunlari o‘zgarmas va bu qonunlarga qarshiliklarni mavjudligini ta‘kidlaydigan bo‘lsak, bu o‘z gipotezamizni yetarlicha darajada rad etish bo‘ladi. Tabiat qonunlari o‘zgarmagandan beri, bular na parchalanadi, na bo‘ysunishga majbur etadi. Bular, ya‘ni tabiat qonunlari inson boshqaruvidan keyin deyarli imkoni boricha texnologik maqsadlar uchun foydalanilgan. Hammasidan farqli o‘laroq, tabiatda yana normativ qonunlar ham mavjud. Bu ehtimol yaxshi yoki yomon, to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri, ma‘qul yoki noma‘qul shaklda ifodalangan bo‘lishi mumkin. Agar normativ qonunga rioya qilinganida, o‘sha paytda bu harakatlar va qarorlar har doim inson boshqaruvi natijasidir. Men mutafakkirlarga, ayniqsa jamiyatdagi ko‘p sonli olimlarga ishonaman. Ammo bu fikrlar anglanmaguncha umuman qabul qilinmaydi. Ko‘plab mutafakkirlar ta‘qiqlar va buyruqlar normasi borligiga ishonadilar va quydagi



12 Popper K.R.. The Open Society and Its Enemies. (―Ochiq jamiyat va uning dushmanlari‖). —London., « Soros Foundation », 1964. –P 238.
fikrni aytib o‘tadilar: mutlaq qonuniy normalar inson tabiati yordamida qabul qilinadi. Men Platonning sotsiyalogiyasini tushunish zaruriy deb bilaman va tabiat hamda normativ qonun o‘rtasidagi tafovut borligiga aminman‖.
Go‘zallik va mutanosiblik dunyosini Aflotun g‘oyalar dunyosi deb ataydi. G‘oyalar dunyosini Aflotun narsalar dunyosiga qarshi qo‘yadi. Abadiy g‘oyalar ilohiy mohiyatlardir13. Popper Aflotunning g‘oyalar dunyosini harakatsizlikda, o‘zgarmaslikda ayblaydi. Lekin bu Aflotun ajodining birinchi davriga xosdir, ikkinchi davrida esa Aflotun g‘oyalar dunyosining evolutsiyasi va mukammallashishi haqida fikr yuritadi. O‘zining ―Pir‖, ―Timey‖, va ―Fedon‖ kabi dialoglarida koinotning pifagorcha tuzilishi haqida fikr yuritadi. Aflotun kosmogoniyasi Geraklitning qarashlariga o‘xshashdir. Har ikki ta‘limotda ham markazda doimiy harakatchan, faol olov turadi. Aflotun ham, Geraklit ham olovni jismoniy jarayon sifatida emas, ruhiy samoviy hodisa sifatida tushunganlar. Shuning uchun ham olov ularda abadiy tiriklik timsolida namoyon bo‘ladi.
Popper Aflotunning ijtimoiy qarashlarini tanqid qiladi. Aflotunning fikricha, ideal davlat boshqaruvi davlat qonunchiligiga asoslangan totalitar rejimdir. Shuningdek, Popper Aflotun dunyoqarashida markaziy o‘rinni egallagan kollektivlik, adolat tushunchalarini ham tanqid qiladi. Kollektivlik, deb yozadi Popper, shaxs rivojiga to‘siq bo‘ladi, unda shaxs o‘zining to‘liq manfaatini kollektiv manfaatga bo‘sundirishga majburdir. Kollektiv individning, shaxsning ijodiy kuchini ro‘yobga chiqarishga to‘sqinlik qiladi.
Lekin Aflotunning ideal davlatida oddiy fuqarolar harakati boshliqlar ko‘rsatmalariga bo‘ysungandir. Boshliqlarning buyruqlariga itoat qilish kerak. Bunday qullik ruhiyati Aflotun tomonidan oqlanadi, chunki insonlar tabiatan boshqaruvchilar va boshqaruvchilarga bo‘linadilar. Insonlar o‘z ruhiy rivojlariga ko‘ra bir xil darajada emaslar. Ana shu ruhiy tengsizlik davlatda tabaqa, toifalarni vujudga keltiradi. Yuqori tabaqalar ruhiy rivoji yuksakligi uchun boshqarishlari kerak, quyi tabaqalar esa itoat qilishlari lozim. Ana shunday

13 Qarang: Лосев А.Ф.. Платон. – Философская энциклопедия, т. 4. – М., «Наука», 1967. –С 351.
davlat tuzumi Aflotun fikricha, ―davlat farovonligi‖ga olib keladi. Agar davlat rivojlansa, pirovard natijada omma ham yuksaladi.
Davlat boshqaruvchilari donishmandligiga ko‘ra saylanadi. Ideal davlat boshqaruvchilari donishmandlar, faylasuflardir14. Aflotun o‘zining davlat haqidagi qarashlarida ikki bir-biriga zid hodisalarni patriarxlar – jamoaviy tuzumni, hamda davlatni qo‘shishga harakat qiladi. Bunday davlat namunasi qadimgi Sparta davlatida namoyon bo‘ladi. Popper bu hodisani tahlil etib, qadimgi jamiyatlar asosida butunlay yangi tipdagi davlatlar vujudga keladi, deydi. Bunday davlatlarni demokratik davlatlar, deb ataydi va ular hozirgi g‘arb demokratik davlatlarining asosidir, deb hisoblaydi Popper. Qadimgi Afina demokratiyaning namunasidir. Ularda Popper, individualizmni, egolitarizmning tug‘ilishini ko‘radi. Popper fikricha, individualizm altruizmni inkor qilmaydi. Individualizm egoizmning sinonimi emas. Shunday qilib individualizm Popperning fikricha, bu gumanizmdir. U aynan Shoh Perikl va Afina demokratiyasining boshqa rahnamolari orqali demokratiya o‘z tabiatiga ko‘ra insonparvarlik asosiga egaligini isbotlashga harakat qiladi15.
Demokratiya qonun oldida hammaning tengligini anglatadi. Demak, jamiyatning har bir azosining teng imkoniyatlarini targ‘ib qiladi. Bu tenglik insonning tabiiy holatidan kelib chiqmaydi, balki qonun oldidagi tenglik nazarda tutiladi. Har bir kimsa boshqaruvchi hukumatni saylash huquqiga ega va o‘zi ham saylanishi mumkin. Mana shu tamoyil Popperning demokratik davlatidan Aflotunning ideal davlatini bir-biridan keskin farqlaydi. Aflotunda saylash huquqi yo‘q. Bir sinf vakili ikkinchi sinfga o‘ta olmaydi. Shuning uchun ham Popper Aflotunning ―ideal davlat‖ini yopiq jamiyat deb ataydi. Popperning demokratik davlatida esa har bir shaxs erkin faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega.

Davlat xususiy mulkni himoya qiladi. Demokratiya inson huquqlarini ham himoya qiladi. Shunday qilib, demokratik davlat o‘zining uzoq tarixiy taraqqiyot
14 Qarang: O‘sha asar. –B 353.
15 Qarang: Popper K.R.. The Open Society and Its Enemies. (―Ochiq jamiyat va uning dushmanlari‖). — London., « Soros Foundation », 1964. –P 241.
yo‘lini bosib o‘tadi, o‘rta asr, yangi davr va hozirgi eng yangi davrgacha evolutsiyani boshdan kechiradi. Demak, Aflotun davlat to‘g‘risidagi fikri orqali biz eng qadimgi tatalitar davlat tuzumi bilan tanishdik. Kommunistik davlat ham totalitar ahamiyatga ega. Lekin Popperda totalitarizm tushunchasi kommunizm tushunchasiga nisbatam kengroq ma‘noda ishlatiladi. Masalan, xristianlik tarixida ham u totalitarizm xususiyatlarini ko‘radi. O‘rta asr xristianlik cherkovi inkvizitsiyasida bu hodisa yaqqol namoyon bo‘ladi. Inkvizitsiya hurfikrlovchilarni ta‘qib ostiga olib, ularni yondirib, azob-uqubatlarga duchor qilar edi. Yana shuni hisobga olish kerakki, hurfikrlik hozirgi demokratik davlatlarning asosiy tamoyillaridan birini tashkil qiladi. Hurfikrlik nima? Hurfikrlik to‘g‘ri aqliy tafakkurdir. Shuning uchun ham Popper Popper mana shuning uchun davlat deganda , birinchi navbatda , aql ustuvorligini nazarda tutadi.
Aql ustuvorligi deganda nima tushuniladi? U mantiqiy tafakkurlash qobiliyatidir. Mantiqiy pozitivizm vakili sifatida Popperga bunday uslub xosdir. Mantiqiy tafakkurning quroli sifatida Popper tanqidni tanlaydi.
Shu pozitsiyada turib, Popper Arastu mantig‘ini tanqid qiladi. Uning uchun e‘tiqod ahamiyat kasb etmaydi, uni tafakkurlash jarayoni qiziqtiradi. Shuning uchun ham u intuitsiyaga tanqidiy yondashadi, uni g‘ayritabiiy hodisa deb tushunadi, mantiqiy aql aql chegarasiga sig‘maydi. Arastu birlamchi intuitsiya asoslarining mavjudligini tan oladi. Bu asoslar bilim orqali isbot talab qilmaydi, ular dastlabki birlamchi, tayyor bilimlardir. Shuning uchun ham bu bilimlar hech qanday tahlilga muhtoj emas. Ularni shubha ostiga olish mumkin emas, aksincha, ularga ishonish kerak. Intuitsiya ilohiy bilim sifatida tushuniladi, unga hech qanday isbot kerak emas, shubha va tanqiddan mustasno ilohiy bilimdir.
Popper intuitiv, irratsional bilimni tanqid qiladi. Aflotunning davlat to‘g‘risidagi nazariyasini irratsional, deb ataydi. U individ manfaatlarini inkor
qiladi, individuallik jamoatchilikka bo‘ysundirilgandir16. Adolat, Aflotun fikricha, davlatning butun talablariga javob berishni anglatadi. Masalan, bir tabaqa vakili ikkinchi tabaqaga o‘tib ketsa, unda davlat talablari buziladi va adolatning barham topishiga olib keladi. ―Davlat‖ ga ma‘qul bo‘lgan narsa adolatli, noma‘qul bo‘lgan narsa esa adolatsizdir. Adolatni bunday tanqid qilishni Popper o‘z navbatida haqli ravishda totalitarizm, deb ataydi. Popper jamoa tushunchasini totalitarizm tushunchasi bilan aynanlashtiradi. Altruizm va gumanizm tushunchalari kollektivizmdan, totalitarizmdan kelib chiqmaydi, balki individualizmga xosdir. Popper Aflotunni kollektivni individga qarama-qarshi qo‘yishda ayblaydi, lekin o‘zi ularni bir-biriga zid qo‘yadi.
Popper o‘zining ―ochiq jamiyat‖ to‘g‘risidagi ta‘limotini ilgari suradi.
―Ochiq jamiyat‖ nima? Ochiq jamiyat, Popper nuqtai-nazaricha, demokratik jamiyatdir. Bunday jamiyat individuallik tamoyillariga asoslangan bo‘ladi. Unga yopiq jamiyat qarshi turadi. Aflotun fikricha, matriarxat tuzumining buzilishi, mazhab munosabatlarini barbod bo‘lishi axloqiy buzilishga, inqirozga olib keladi, bu esa ijtimoiy bo‘hronlarni keltirib chiqaradi. Ularga barham berish maqsadida Aflotun ―ideal davlat‖ nazariyasini ilgari surgan edi. Lekin uning bu ta‘limoti Popper fikricha, yopiq jamiyat ta‘limotiga o‘xshab ketadi.
Bu ta‘limotni Popper tarixiylik tamoyili bilan asoslaydi. Tarixiylik shunday dunyoqarashki, u o‘z ibtidosini tarixiy jarayondan keltirib chiqaradi17. Popper Karl Marksning qiymat nazariyasini chuqur tahlil qilib chiqadi va uni axloq bilan bog‘liqligini ochib beradi.
Popper Marksning ijtimoiy qarashlarini tahlil qilar ekan, jamiyat va shaxs haqida fikr yuritadi. Shaxsning kamol topishi ko‘p jihatdan jamiyatga bog‘liqdir. Jumladan, oilaga, do‘stlarga, atrof muhitga ham bog‘liqdir. Shaxs ijtimoiy va tabiiy atrof-muhitning mahsulidir. Shaxs haqida fikr yuritib, Popper Bethovenni misol qilib keltiradi. U mashhur musiqashunos bo‘lgan, lekin aqli zaif bo‘lgan. Uni mashhur bo‘lishiga oilasi, tabiiy iqtidori, jamiyatning ahvoli hamda musiqiy



16 Qarang: Jowet W.. The works of Karl Popper. —Nyu York., «Education», 1998. –P 329.
17 Qarang: Виппер Р.Ю. Философия нового времени. –M..: Черо, 1999. –С 421.
ma‘lumoti sabab bo‘ldi. Ana shu faktorlarni keltirib, Popper daholikning siri nimada ekanligini ochmoqchi bo‘ladi. Daholik bu yangilikning tug‘ilishidir. Yangilikning o‘zini mantiqiy yo‘l bilan isbot qilib bo‘lmaydi, buni mantiqiy pozitivizm va vakillarining ham o‘zlari tan olishgan. Masalan, Anri Puankare yangilikni intuitsiya orqali tug‘ilishini tan olgan. Hech bir yangi matematik g‘oya eski matematik g‘oyalardan keltirib chiqarilmagan18, deb hisoblaydi Puankare. Uning fikricha, yangilikning tug‘ilishi intuitiv jarayonlardir, u hech qanday mantiqiy chegara chiziqlariga to‘g‘ri kelmaydi. Shundan kelib chiqqan holda aytishimiz mimkinki, Bethovenning daholigi, ilohiy intuitsiyaning namoyon bo‘lishidir. U aqli zaif bo‘lishiga qaramay, samoviy musiqa ohanglarini o‘z qalbida his etib, kosmos garmoniyasini eshitib, o‘z simfoniyalarini yaratadi. Uning daholigining siri ham mana shundadir. Albatta, jamiyatdagi o‘rni, musiqiy ma‘lumoti, oilasining yordami ikkilamchi sabablardir.
Ratsionalizmni insonlarning bir-birlariga bo‘lgan munosabatlarini, yurish- turishlari nuqtai-nazaridan ham baholab, Popper shunday yozadi: ―men adashishim ham mumkin, u ham xato qilishi mumkin, lekin birgalikda biz haqiqatga yaqinlashamiz‖19. Ratsionalizmni bunday holda tushunish, Popper fikricha, insonlarni bir-birini tushunishiga yordam beradi, o‘zaro kelishuv yo‘llarini topishiga turtki bo‘ladi. Kelishuv tafakkurdan tashqarida bo‘lmaydi, masalan, yuksak hissiyot bo‘lgan muhabbat orqali kelishuvga kelib bo‘lmaydi. Har bir sevuvchi tomonlar o‘z manfaatlarini unutib, sevuvchisi manfaatlarini ko‘zlab harakat qiladi, natijada kelishuvga kelinmay, o‘z manfaati amalga oshmaydi. Natijada, deydi Popper, ikkinchisi ham o‘z manfaati yuzasidan kelishuvga kelmaydi. Keyinchalik bunday muhabbat asta-sekin nafratga olib kelishi mumkin. Shunday qilib, Popper xulosa qiladiki, muhabbat nafratni keltirib chiqaradi. Chunki har ikki tomon manfaatidan voz kechib, o‘z qiziqishini amalga oshira olmaydi.



18 Qarang: Альтерматт У. Философия нового времени в Европе. –M.: Российский гос. гуманит. ун-т, 2000.
– 113 с.
19 Popper K.R.. The Open Society and Its Enemies. —London, « Soros Foundation », 1964. –P 273.
Suqrot ta‘limotini tahlil qilganda ham Popper uning mashhur shiorini (ya‘ni ― Inson, o‘zingni bil ‖) mushohadaviy tafakkur ongi sifatida talqin etadi. Suqrotning ruh haqidagi eslatmalarini tan olmay, ularni psixik holatlarga yo‘yadi. Popper irratsionalizmni tafakkurdan mahrum bo‘lgan psixologizmga bog‘laydi. Agar Popper irratsionalizm tarixiga nazar tashlaganda, uning ildizi qadimgi panteistik ta‘limotlarga borib taqalishini sezar edi. Masalan, g‘arbdagi orfik maktablarning ta‘limotida biz irratsionalizm belgilarini ko‘ramiz. Pifagor qarashlarida irratsionalizmning mohiyati ochib berilgan, unda inson tafakkuri intuitsiya orqali dunyoviy aql bilan bog‘lanishi ta‘kidlanadi. Pifagorda ratsionalizm bilan intuitsiyaning bog‘langanligini ko‘ramiz.

  1. Yüklə 68,07 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin