Shaxs va jamiyat


uchinchi bo‘lim. Sivilizatsiyalar – ijtimoiy-madaniy jarayon



Yüklə 1,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə106/215
tarix01.03.2023
ölçüsü1,97 Mb.
#123698
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   215
Shaxs va jamiyat (Shodmonqul Azizov)

uchinchi bo‘lim. Sivilizatsiyalar – ijtimoiy-madaniy jarayon
www.ziyouz.com kutubxonasi


115
sharqiy Rimda – Vizantiyada esa o‘tmish sivilizatsiyasining asosiy 
jihatlari saqlanib qolgan bo‘lsa-da, kishilar hayotini tashkil etishning 
feodal shakli asta-sekin belgilovchi mavqega ega bo‘la bordi.
sivilizatsiyaviy tasodifga ko‘ra bu o‘zgarishlarning ma’naviy 
asosi nasora dini hisoblandi. uning jamiyat hayotiga ta’sirini, ayniqsa, 
sakkiz marta amalga oshirilgan «salb yurishlari»da ko‘rish mumkin. 
shuningdek, mavjud davlat tuzilmalari ham din instituti qo‘llab-
quvvatlanishi bilan amalda bo‘lgan. natijada garchi papa va shoh bir 
davlat doirasida farqlansa-da, ammo, diniy hokimiyat bilan dunyoviy 
hokimiyat o‘rtasidagi farqni ko‘rish qiyin bo‘lgan.
bunday sharoitda antik davr sivilizatsiyasidan farqli holda fan 
bilimlariga katta zaruriyat vujudga kelmagan, mavjud bilimlar ham 
cherkov ta’sirida bo‘lgan. dunyoviy fan olimlari tevarak-atrofni 
obyektiv o‘rganishga intilishgan. diniy ulamolar esa ruh va axloq, 
e’tiqod va Xudo yagonaligi atrofida fikr yuritishgan.
yevropaliklar ancha vaqt davomida yer 
yuzining ko‘pgina qismlari to‘g‘risida 
hech qanday obyektiv-haqqoniy tasav-
vurga ega bo‘lmagan. Faqat keyinroq 
hunarmandchilik, savdo hamda dengiz sayohatlari ehtiyojlari fanga 
bo‘lgan talabni oshirgan.
yevropada birinchi universitetlar paydo bo‘la boshladi. xv asrda 
bu yerda 60 tacha universitet bor edi. ular orasida Parij, Bolone, 
Oksford, Pragadagi oliy o‘quv yurtlari mashhur bo‘lgan.
yevropa sivilizatsiyasi doirasida xi asrdanoq hukmron doiralar 
qadimgi Rim me’morchiligi yo‘lida, ya’ni, «roman» usulida binolar 
barpo eta boshlagan. keyinroq «gotik» usulda imoratlar paydo bo‘lgan. 
binolar haykallar va turli rasmlar bilan bezatilgan. shuningdek, bu 
davrda ritsarlik, shaharlar badiiy adabiyoti ham rivojlanib, kitob 
bosish ixtirosini tezlashtirdi. moddiy texnika taraqqiyotiga ehtiyoj 
tug‘ilib suv dvigatellari, metallurgiya alohida soha sifatida maydonga 
keldi.
amerika va avstraliyaning kashf etilishi, Osiyo sharq-u Janubi-
ning o‘rganilishi, o‘zlashtirilishi mamlakatlar va xalqlar taqdirida 
chuqur iz qoldirdi: qit’alararo savdo aloqalari paydo bo‘ldi. 
ikkinchidan, yangi hududlarni o‘zlashtirishda foydalanish uchun 
qulchilik muayyan ma’noda yana yo‘lga qo‘yildi. yevropa jamiyati 

Yüklə 1,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   215




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin