117
intilishlarni va ehtiyojlarni aql-idrokka muvofiq deb hisobladilar.
tabiat tomonidan berilgan haq-huquqlari uchun kurashayotgan insonni
«tabiiy inson» deb tushunganlar. «erkinlik», «tenglik», «birodarlik»
shiorlari «tabiiy inson huquqlari» o‘rtasidagi belbog‘ bo‘lishi lozim
deb hisoblangan.
Angliyada ma’rifatparvarlik xvii asrda boshlanib, asosan
diniy va siyosiy xarakterda bo‘lgan.
uning yirik vakili ingliz
fayla sufi, ruhshunosi va pedagogi
Jon Lokk (1632–1704) xalq
suvereniteti asosida tuzilgan konstitutsiyaviy hukumat tarafdori
bo‘lib, davlat faoliyatini zaruriy cheklanish deb yoqlagan. xudo
haqida cherkovga emas, balki aql-idrokka quloq tutish zarurligini
ta’kidlagan lokk tabiiy huquqni insonning
mohiyatida namoyon
bo‘ladi, deb hisoblagan.
Fransiyada ma’rifatchilik qat’iy ma’noda mumtoz va barkamol
tarzda namoyon bo‘ldi. u xviii asr boshlarida vujudga kelib,
absolyut siyosiy hokimiyatning inqirozi sharoitida rivojlandi. 1789-
yil gi inqilob, qirollikning yiqilishi va yakobinchilar diktaturasi dav-
ri gacha davom etdi. uning yirik vakillari
faylasuf va yozuvchilar
F. Volter (1694–1778),
J. Russo (1712–1778), faylasuf, tarixchi va
hu quq shunos
Sh. Monteskye (1689–1755) va boshqalar bo‘lgan.
Russo ning
«Ijtimoiy shartnoma to‘g‘risida» (1762) asari «inson
erkin bo‘lib tug‘ilsa-da, u hamma joyda arosatdadir», degan so‘zlar
bilan boshlanadi. bu so‘zlar keyingi
yuz yilliklar davomida aks
sado berdi.
germaniyada
G. Lessing (1729–1791),
L. Gyote (1749–1832),
F. Shiller (1759–1805),
L. Gerder (1744–1803) va boshqalarning
yozuvchilik va faylasuflik ijodida namoyon bo‘lgan ma’rifatchilik
bu mamlakatda
Immanuel Kant (1724–1804)dan
boshlab rivoj-
langan, mumtoz falsafa ravnaqiga jiddiy turtki bo‘lgan edi.
nemis ma’rifatchiligida radikal siymolardan tortib, eng mo‘tadil
siymolargacha bo‘lishgan. ularga xoslik dastavval shunda ko‘ringanki,
bu ma’rifatchilarning barchasi uchun nemis xalqining milliy birligi
g‘oyasi, uning o‘z madaniyati erkin rivojlanishi huquqi masalalari
edi. bular keyinroq yagona german davlatlarining tashkil topishiga
ko‘mak berdi.
ma’rifatchilikning alohida iz qoldirgan ko‘rinishlaridan biri –
bu shimoliy amerikalik
olim va davlat arbobi,
AQSH mustaqilligi
deklaratsiyasi va konstitutsiyasi mualliflaridan biri
B. Franklin
Dostları ilə paylaş: