Shaxs va jamiyat


uchinchi bo‘lim. Sivilizatsiyalar – ijtimoiy-madaniy jarayon



Yüklə 1,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə104/215
tarix01.03.2023
ölçüsü1,97 Mb.
#123698
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   215
Shaxs va jamiyat (Shodmonqul Azizov)

uchinchi bo‘lim. Sivilizatsiyalar – ijtimoiy-madaniy jarayon
www.ziyouz.com kutubxonasi


113
jamoaning barcha mulkini qayta taqsimlaydi, shu bilan jamoa 
mulkining ham egasi ekanligini ko‘rsatadi.
dehqonchilik bilan shug‘ullanish sharoitida boshliq jamoani jins, 
yosh, avlod, oiladagi mavqega ko‘ra boshqargan. Odatda asta-sekin 
bir nechta qo‘shni jamoalarning nufuzlisi atrofida birlashish hodisasi 
yuz berishi ham mumkin. nufuzli jamoa markazidagi ilk shaharlarda 
ibodatxona, saroy, xazina, omborlar qurilgan. natijada oqsoqollarning 
eng kuchlisi yuqoridagi tarzda shakllanayotgan ilk davlatning sardori 
bo‘lgan.
sharqda dastlab nomajburiy ijtimoiy hokimiyat, so‘ngra 
majburiylikka asoslangan davlat hokimiyati vujudga kelgan. bunda 
boshqaruvchilarning o‘rni va ahamiyati tobora oshib borgan.
buning natijasi o‘laroq kim hokimiyatga aloqador bo‘lsa, uning 
boshqa sohalarda ham ahvoli tegishli tarzda belgilangan. hokimiyat 
egasi qo‘lida boylik va mulk bo‘lgan. shunga ko‘ra kim hokimiyatga 
ega bo‘lsa, barcha narsalarga, jumladan, mulkka ham ega bo‘lgan. 
qadimgi sharq mamlakatlari sivilizatsiyalarida hokimiyat-mulk 
tamoyili amalda bo‘lgan. Oddiyroq qilib aytilsa, bunday tamoyilda 
hokimiyat mulkni tug‘dirgan, hokimiyatdan mahrum bo‘lish esa 
barcha mulkdan ajralishgacha olib borgan.
«G‘arb» atamasi dastlab yevropada 
xv–xvii asrlarda qaror topgan sivili-
zatsiyaviy va madaniy rivojlanishni ifo da -
lash uchun qo‘llangan bo‘lsa, hozir gi vaqtda ratsionalizm nasroniylik 
an’analari, ma’rifatchilik, vakolatli demokratiya, individuallikning 
jamoaviylikdan ustunligi, ilmiy-texnikaviy ravnaq va hokazo 
ma’naviy qadriyatlar ma’nosida tushuniladi. «G‘arbchilik»ning ildizi 
antik davrga borib taqaladi. 
«Antik» so‘zi lotinchada «qadimgi» degan ma’noni anglatsa-da, 
bu atamada qadimgi yunoniston va qadimgi Rimni tushunish qabul 
qilingan.
yunonlardagi ravnaqda tashqi omilning o‘rni katta bo‘lgan. ular 
finikiyaliklardan yozuvni, suryoniylardan qumdan oyna tayyorlashni, 
dengiz hayvonlaridan bo‘yoq olishni o‘rganganlar, misrliklar va 
bobilliklardan aniq bilimlar yutuqlarini o‘zlashtirganlar. O‘rtayer 
dengizida kemachilikning rivojlanishi va savdo aloqalarining 
kengayishi bularning eng samarali natijalaridan edi.

Yüklə 1,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   215




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin