Shaxs va jamiyat



Yüklə 1,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə107/215
tarix01.03.2023
ölçüsü1,97 Mb.
#123698
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   215
Shaxs va jamiyat (Shodmonqul Azizov)

ma’naviy o‘zgarishlar 
va geografik 
kashfiyotlar
vi bob. Jamiyat va sivilizatsiya
www.ziyouz.com kutubxonasi


116
ma’rifatchilik va 
Yevropada yangi 
sivilizatsiyaning 
boshlanishi
zaminida boshlangan kapitalistik munosabatlarning rivojlanishiga 
doir imkoniyatlar kengaydi.
tug‘ilib kelayotgan burjuaziya uchun o‘qimishli kishilar 
maxsus tayyorlanishi lozim edi. tayyorgarlik o‘z ichiga kishilarning 
tabiatga qiziqishini, o‘tmishini o‘rganishni, feodal tartiblar va dinga 
tanqidiy munosabat va hokazolarni keltirib chiqarmasligi mumkin 
edi. bu jarayon markazida inson fenomeni turgan. shunga ko‘ra
insonparvarlik (gumanizm) g‘oyasi alohida mavqe egallagan.
gumanistlar o‘tmish, xususan, arab-islom sivilizatsiyasi orqali 
saqlab qolingan va rivojlantirilgan antik dunyo madaniyatini kashf 
qildilar va buni Uyg‘onish (Renessans) deb atadilar. O‘z navbatida, 
renessans fan va madaniyatda katta o‘zgarishlar qildi. lekin bu 
jarayonlar g‘arbiy yevropa hayotida belgilovchi ta’sirga ega bo‘lgan 
katolik cherkovining islohoti (Reformatsiya)siz poyoniga yetmagan 
bo‘lur edi.
inson ratsional tafakkuri Renessans 
va reformatsiya ta’sirida O‘rta asrlarni 
tanqid ostiga olib undan chiqish yo‘lini 
izlay boshladi.
ma’lumki, xiv asr o‘rtalariga qa-
dar yevropa rivojlanishi ko‘p jihatlardan sharq sivilizatsiyasi 
ta’sirida bo‘ldi. yevropaliklarning arab-musulmon sivilizatsiyasidan 
o‘zlashtirgan jihatlari sezilarli bo‘lgan.
so‘nggi o‘rta asrchilikda yevropada mutlaqlik (absolyutizm) 
maqomida qaror topgan milliy davlatlar mavjud feodal tarqoqliklarga, 
mayda-mayda mulklarning kuch huquqiga tayanuvchi egalari jilovini 
xiyla tortgan. absolyutizm hukmdorlari Rim papasi bilan raqobatda 
dunyoviylikka moyil edi va bu o‘z natijalarini ko‘rsatdi. ularni 
aholining uchinchi tabaqasi, byurgerlar va klerikalizmga qarshi 
kuchlar qo‘llab-quvvatladilar.
Reformatsiya ana shular bilan kengayib, yangi ijtimoiy 
harakatchilikning – ma’rifatchilikning maydonga kelishiga turtki 
bo‘ldi. ma’rifatchilar aql-idrokning tantanasi uchun kurashdilar. ular 
dunyoni bilishning, kishilar hayotini takomillashtirishning vositasi 
sifatida diniy fatalizmdan xoli bo‘lgan «aqlning tabiiy nuri»ni ko‘rdilar. 
erkin va faol insonning davlat va cherkov tomonidan bo‘ladigan
majbur etish shakllari bilan hech qanday cheklanmagan barcha 

Yüklə 1,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   215




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin