Shaxs va jamiyat


Turonda  sivilizatsiyaning



Yüklə 1,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə122/215
tarix01.03.2023
ölçüsü1,97 Mb.
#123698
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   215
Shaxs va jamiyat (Shodmonqul Azizov)

Turonda 
sivilizatsiyaning 
boshlanishi
uchinchi bo‘lim. Sivilizatsiyalar – ijtimoiy-madaniy jarayon
www.ziyouz.com kutubxonasi


131
ham mumkin edi. lekin barcha jarayonlar yana qaytadan boshlanadi 
va ezgulikning muqobili – zulmat timsoli bo‘lgan axrimanning 
yengilishi bunga olib kelmaydi. 
zardushtiylik faol dunyoviy jamiyat tantanasiga ta’sir qiladigan 
g‘oya sifatida tavsif etiladi.
zardushtiylik dinining yahudiylar dini va nasroniylikka ham 
tegishli ta’sir ko‘rsatganligi mutaxassislar tomonidan tan olingan. 
keyinroq undan moniylik diniy ta’limoti o‘sib chiqqan.
turonda avlodlar merosiga yuksak darajada sodiqlik an’anasi har 
doim ustunligi bilan ajralib turgan. Jamoachilik kishilar o‘rtasidagi 
munosabatlarda muhim hisoblangan.
turonliklar qadimdan qo‘shni xalqlar bilan keng aloqada 
bo‘lganlar, ular migratsiyasi yunoniston va misrgacha borgan. 
turonda ham oromiy yozuvidan foydalanilgan. keyinroq bu yozuvdan 
qadimgi so‘g‘diy, baqtriyaviy, parfiyaviy va xorazmiy yozuvlar kelib 
chiqqan.
bu yerdagi xalqlarning iqtisodiy va ma’naviy-madaniy aloqa-
larni ifodalagan savdo yo‘llari juda qadimdan sharq va g‘arbni 
bog‘lagan. 
turonda ham sharq mintaqalari aksariyat 
qismlarida uchraganidek, dehqonchilik 
va chorvachilik moddiy madaniyat tarz -
lari sifatida yonma-yon mavjud bo‘l-
gan. ya’ni, dehqonchilikka asoslangan hayot tarzi daryolar, ba’zi 
joylarda dengiz bo‘ylarida ham rivojlangan. bu joylar bilan tutash 
kengliklardan katta-katta cho‘llar, sahrolar boshlangan. turkistonda 
bularni kesib o‘tgan sirdaryo va amudaryo hayot kechirishda 
dehqonchilikkagina emas, balki chorvachilik uchun ham muhim 
omillar hisoblangan. boshqa mintaqalardan farq qilib, bu yerda 
hududiy ikkita chegara o‘zaro ajratilmaydi. bu ikki xo‘jalik tarzi 
o‘zaro bir-biriga bog‘liq bo‘lgan. 
sharqqa xos umumiylik – yerga bo‘lgan ijtimoiy mulkchilik 
(yoki davlat mulkchiligi)ning mavjudligidir. xususiy mulkchilikka 
juda cheklangan tarzdagina yo‘l qo‘yilgan. bu yerda ham huquqiy 
institutning qator sohalari (masalan, meros huquqi) amalda bo‘lgan.
bunga ko‘ra ota-ona, oila, urug‘ yoki qabila ixtiyoridagi mulk 
muayyan holatlarda meros huquqiga ko‘ra taqsimlangan.

Yüklə 1,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   215




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin