Issiqlik energetikasi vazifasi va maqsadi nimadan iborat?
GES, IES, AES stansiyalarning vazifalari nimadan iborat?
Issiqlik energiyasini mexanik energiyasiga aylantirish jarayoni qanday?
Energetik zaxiralari ekalogik muvozanatga qanday aloo’asi bor?
Atom energetikasi, gelio, gidro, shamol va boshqalar energiyalar qanday ishlatilmoqda?
Issiqlik energetikasi qanday bo’limlarga bo’linadi?
TES stansiyaning asosiy ish prinsipi?
AES va IES stansiyaning farqi nima?
Issiqlik energiya TES da qanday hosil bo’ladi?
AES stansiyada Issiqlik qanday hosil bo’ladi?
2 - Ma’ruza Termodinamikaning I-qonuni. Energiyaning saqlanish va aylanish qonuni.
Reja: Termodinamik sistema.
Termodinamikaning 1-qonuni.
Termodinamikaning asosiy parametrlari.
Tayanch so’z va iboralar: Termodinamika, termodinamik sistemasi, ish jism, Issiqlik, etalьpiya, entropiya, termodinamika 1 qonuni, bosim, hajm, temperatura.
2.1. Termodinamik sistema. Termodinamik sistema sifatidassilindrda joylashgan gaz bo’lib, unga elementar dq Issiqlik miqdori uzatiladi. Uzatilgan dq Issiqlik ta’siridan bu gaz molekulalari harakati jadallashib R bosim hosil qiladi va bu bosim kuchi bilan S yuzali porshenь kallagiga ta’sir ko’rsatib, o’z hajmini o’zgartirishi davrida porshenni biror dl masofaga siljitadi hamda tashqi kuchlarga qarshi elementar ish bajaradi:
(3.1)
Gazning V1 hajmidan to V2 gacha kengayishida bajarilgan to’la ishni quyidagicha ifodalash mumkin;
(3.2) YUqoridagi ifodadan ko’rinib turibdiki,yopiq termodinamik sistemada gazning kengayishi hisobiga bajarilgan ish bosim bilan hajm o’zgarishining ko’paytmasiga teng.
Sistemaning ichki energiyasi. Moddaning ichki energiyasini quyidagicha ta’riflash mumkin: ichki energiya bevosita modda holatining funksiyasidir:
Uqf(P,V); Uqf(P,T); Uqf(V,T) (3.3)
Moddaning tashkil etadigan zarralarning (atom, ion, molekula va x.h ilgarilanma, aylanma, tebranma, harakatdagi kinetik va potensial energiyalarning algebraik yig’indisi sistema (modda)ning ichki energiyasi hisoblanadi. U moddaning termodinamik holatini xarakterlaydi.
Ichki energiyaning o’zgarishi termodinamik sistemada kechadigan jarayonlar turiga bog’lik bo’lmasdan, shu sistemaning boshlang’ich va oxirgi holatlaridagi energiyalariga bog’liq.
(3.4)
Sistemada kechayotgan termodinamik jarayon aylanma bo’lsa,uning to’la ichki energiyasining o’zgarishi nolga teng,ya’ni
duq0 chunki u2qu1 (3.5)
Modda bir termodinamik holatdan,ikkinchisiga o’tganida uning ichki energiyasi o’zgaradi.Buni solishtirma hajm va temperatura funksiyasi ko’rinishida yozish mumkin:
(3.6)