10.1. Issiqlik almashinuv apparatlar Issiqlik eltuvchi modda (suv, bug’, havo, antifriz, moylar va sh.k.) ni isitish yoki sovitishda turli xil qurilma (moslamalar) dan foydalaniladi. Bunday qurilmaga radiator (lat. Radio – nur tarqataman), kondensator (lat. Condenso – zichlayman, suyuqlantiraman), har xil trubalar to’plami va sh. k. lar misol bo’la oladi. Issiqlik tashuvchi moddaning issiqligi Issiqlik almashinuv asboblari devori yoki issiq moddaning sovuq moddaga aralashishi bilan ikkinchi modda (sovutkich)ga uzatiladi. Bunda Issiqlik tashuvchining tamperaturasi pasayadi, Issiqlik qabul qiluvchi (sovutkich)ning temperaturasi esa ortadi.
Moddalar orasida Issiqlik almashinuv usuliga qarab Issiqlik almashinuv asboblari quyidagi turlarga bo’linadi: aralashtirgichli, rekuperativli, (lat. Rekuperator-qayta olinadigan), regenerativli (lat. Regeneratio-tiklanish) va oraliq Issiqlik tashuvchili. Aralashtirgichli Issiqlik almashinuv jarayonida Issiqlik tashuvchi (eltuvchi) modda temperaturasi pastroq modda bilan aralashtiriladi. Masalan, qozon qurilmadan chiqadigan yuqori temperaturali bug’ yo suv sovuq yoki iliq suv bilan aralashtiriladi, so’ngra iste’molchilarga uzatiladi. Aralashtirgichli Issiqlik almashinuvida asosiy agent (Issiqlik tashuvchi) sifatida bir – biriga aralashmaydigan modda va materiallar ishlatiladi: bug’ – suv, gaz – qattiq material, suv – moy va x.k.
Rekuperativ Issiqlik almashtirgichda atmosferaga chiqib ketadigan gazlar issiqligidan foydalaniladi. Bunda Issiqlik miqdori sovutkich ga oraliq qattiq devor orqali uzatiladi. Issiqlik tashuvchi va sovutkich yo’nalishiga qarab to’g’ri, teskari, kesishgan, aralash oqimli va sirtlarning geometrik shakliga ko’ra yassi, yumaloq, qovurg’ali rekuperatorlar bo’ladi.
Regenerativ Issiqlik almashinuvida atmosferaga (siklga qaytarilayotgan bug’) chiqarilib yuboriladigan gaz (Yonish mahsuloti) tarkibidagi Issiqlik miqdoridan yangitdan kiritilayotgan gaz, bug’, suv, Yoqilg’i, yonilg’i va havo aralashmasini isitishda qo’llaniladi. Bu asbob r e g e n e r a t o r deyiladi.