Щзбекистон республикаси олий



Yüklə 1,9 Mb.
səhifə26/58
tarix21.02.2023
ölçüsü1,9 Mb.
#123558
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   58
Щзбекистон республикаси олий

Nazorat uchun savollar:



  1. Regenerativ Issiqlik almashinuv apparatlarning sxemasi nimadan iborat?

  2. Rekuperativ Issiqlik almashinuv apparatlarning sxemasi nimadan iborat?

  3. Aralashma Issiqlik almashinuv apparatlarning sxemasi nimadan iborat?

  4. Issiliq berish koeffitsientning formulasini aniqlang.

  5. Issiqlik yuklamasining formulasini yozib bering.

  6. Issiqlik yuzasi formulasini yozib bering.

  7. Issiqlik balans tenglamasi nimadan iborat?

  8. Issiqlik uzatish tenglamasi nimadan iborat?

  9. Issiqlik almashinuv apparatining konstruktiv hisoblash metodikasini tushuntirib o’ting?

  10. Issiqlik almashinuv apparatlar qaysi sanoatlarda ishlatilmoqda?



11 - Ma’ruza
Yoqilg’i va uning xossalari


Reja:

  1. Yoqilg’ilarning turlari.

  2. Yoqilg’ilarning tarkibi.

  3. Moddiy va Issiqlik balansi.



Tayanch so’z va iboralar:
qattiq, suyuq va gazli Yoqilg’ilarning turlari, Yoqilg’ilarning tarkibi, moddiy va Issiqlik balansi, havo koeffitsienti, qattiq Yoqilg’ining tarkibi, suyuq Yoqilg’ining tarkibi, gaz Yoqilg’ining tarkibi, moddiy balans, Issiqlik balans.


11.1. Yoqilg’ilarning turlari
Asosiy tarkibiy qismi ugleroddan iborat yonuvchi moddaga Yoqilg’i deyiladi. Kimyoviy reaksiyaning jadal borishi natijasida Yoqilg’i o’zidan Issiqlik chiqaradi. Yoqilg’iga quyidagi talablar qo’yiladi: Yonish vaqtida ko’p miqdorda Issiqlik chiqarish: Yonish mahsulotlarida tabiatga zarar etkazadigan moddalar miqdorining kam bo’lishi: tez va to’la Yonishi: kazib olish arzon bo’lishi va qayta ishlash hamda transportda bir joydan ikkinchi joyga kuchirishning oson bo’lishi. Yoqilg’i kazib olinishi yoki tayyorlanishiga ko’ra tabiy va sun’iy bo’ladi. Tabiatda ishlatishga tayyor holda mavjud bo’lgan Yoqilg’ilar tabiy Yoqilg’ilar deyiladi. Qazib olinadigan toshko’mir, yonuvchi slanutslar, torf nuft, gaz, o’tin, qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi chiqindilari tabiy Yoqilg’i hisoblanadi. Tabiatdagi Yoqilg’ilarni yoki umuman moddalarni qayta ishlash natijasida olinadigan Yoqilg’ilar sun’iy Yoqilg’ilar deyiladi. Bo’larga koks, kukun holatigacha maydalangan qattiq Yoqilg’i, briketlar, yog’och ko’miri, benzin, kerosin, solyar moyi, gazoylь, motor, mazut, vomna va koks batareyasi gazlari va tabiiy gazni qayta ishlashda olinadigan gazlar kiradi.
Yoqilg’i qattiq, suyuq va gaz holatida bo’ladi. qattiq Yoqilg’iga toshko’mir, torf, yonuvchi slanetslar, koks, yog’och ko’miri va sh.k. kiradi. Suyuq Yoqilg’iga neftь va neftь mahsulotlari (benzin, kerosin, solyar va motor moylari, gazoilp, mazut, qozon qurilmasi) Yoqilg’ilarini kiritish mumkin. Gaz Yoqilg’isiga – koks va domna, generator, neftni qayta ishlash zavodlari gazlari, propan, atsetilin, toshko’mir qazib olishda olinadigan gazlar va sh.k. misol bo’la oladi.
Yoqilg’i tarkibi organik va miniral moddalardan iborat bo’ladi. Organik moddalarga uglerod (S), vodorod (N2), kislorod (O2), azot (N2) va oltingugurt (S) kiradi. Bu kimyoviy elementlar va ular birlamchilarining miqdori turli xil Yoqilg’ida turlicha bo’ladi. Masalan, neftь va uning mahsulotlari tarkibi asosan uglerod va vodoroddan tashkil topgan.
Yoqilg’ining agregat holatidan qat’iy nazar, uning tarkibidagi uglerod va vodorod asosiy bo’lib, suyuq Yoqilg’ida ularning miqdori 85 – 87%, qattiq Yoqilg’ida esa 50 – 90% ni tashkil etadi. Kislorod elementining miqdori qattiq Yoqilg’ida 6,5% gacha, suyuq Yoqilg’ida esa 25% gacha etadi.
Gazdagi vodorod va uglerodning umumiy miqdori 0,3, dan 95% gacha. S va N2 birikma holida, ya’ni metan (SN2) gazi ko’rinishida ko’proq uchraydi.
Yoqilg’ining tabiatda hosil bo’lish davrida uning tarkibiy qismidagi kimyoviy elementlar miqdori ham o’zgarib boradi. Ayrim kimyoviy elementlar miqdori kamaysa, ayrim kimyoviy elementlar miqdori kamaysa, ayrimlariniki ortadi. Masalan, antratsit tarkibida 93% uglerod bo’lsa, yog’ochda 49% ni tashkil etadi.



Yüklə 1,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin