Old qo’shimchalar bilan asosan sifat , qisman ot va ravish yasaladi . Har qanday old qo’shimcha(prefiks) so’z yasovchi
sanaladi .
Diqqat!!! O’gil , qiz , chol , kampir , yigit , er , xotin , kasal , bemor , usta kabi so’zlar etimologik jihatdan sifat bo’lib , hozirgi
kunda butunlay
otga ko’chgan .
Diqqat!!! Ot , fe’lning sifatdosh shakli , ravish ham sifat kabi otga bog’lanib , predmetning belgisini ifodalashi mumkin : temir
eshik , kumush bilaguzuk , piyoda askar , ko’p odamlar , mo’l hosil , qizargan gul , yorishgan osmon , unutilgan dard .
Sifatlarning sintaktik vazifalari
1) sifatlovchi aniqlovchi : Har narsaga qiziqish—biz uchun eski odat.
2) ot kesim : Yaxshidur achchiq haqiqat , lek shirin yolg’on yomon .
3) vaziyat(ravish) holi : To’g’ri yur—murodingga oson yetasan .
Sifat otlashsa , otga xos sintaktik vazifalarni ham bajarishi mumkin .
1) ega : Yaxshi topib gapirar , yomon---qopib .
2) qaratqich aniqlovchi : Yaxshining gapi---moy , yomonning gapi---loy .
3) vositasiz to’ldiruvchi : Kattani
hurmat qil , kichikni izzat qil .
4) vositali to’ldiruvchi : Yaxshiga yondash , yomondan qoch .
5) ot kesim : Suygunoy bo’ri bolalarining eng kattasi edi .
6) undalma : Azizim , dunyoga bevaqt kelibmiz !
http://hozir.org